ХУК! – янги Ўзбекистон учун ОАВ
97 subscribers
309 photos
7 videos
209 links
Hook Report нашрининг ўзбек таҳририяти.

Веб-саҳифамиз: http://uz.hook.report
Инстаграм: https://instagram.com/uz.hook.report
Ютюб: https://hook.report/yt

Рус тилидаги каналимиз: https://t.me/hook_report

E-mail: editor@hook.report
Download Telegram
O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi birinchi yarim yillikda 15,09 mln kishini tashkil etdi. Iqtisodiyotning turli sohalarida 14,21 mln kishi (94%) band

Rasmiy ravishda faqat 6,8 mln kishi (48%) band. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,5 mln o‘zbekistonlik (38,8%) band. 1,9 mln kishi (13,6%) xorijda ishlaydi

Ishsizlar soni — 876 ming kishi (5,8%). Yil boshidan beri ishsizlar soni 148 ming kishiga kamaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
21🤔1😱1
AQSH bilan JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi

O‘zbekiston AQSH bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan 21-a’zo. Mamlakatlar bozorga kirish bo‘yicha bayonnomani imzolashga tayyorlanmoqda

Sentyabr oyida O‘zbekiston Braziliya va Shri-Lanka bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

May oyida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev O‘zbekiston 2026-yilgi vazirlar konferensiyasigacha JSTga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
2025 yilda tadbirkorlarning huquqiy himoyasi kuchaytiriladi

Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun faqat bitta jazo belgilanadi

Rasmiylar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarimani, raqamli markirovkalash qoidalarini buzish va xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilgan taqdirda, davlat bojining bir qismini qaytarish tartibi joriy etiladi

Barcha davlat tekshiruvlari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida biznes ombudsmanni xabardor qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab tekshiruvlar Hisob palatasi va Biznes ombudsman platformalarini birlashtiruvchi Xavfni tahlil qilish tizimi asosida o‘tkaziladi. Ushbu tekshiruvlar uchun tadbirkorlar 3 ta toifasiga bo‘linadi. Tadbirkorlar qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha bo‘linishi — hozircha aniqlashtirilmagan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍1😱1
5% avtoturargohlar elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanadi

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab avtoturargohlarning 5 foizi zaryadlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak

Kelasi yil yakunigacha O‘zbekistonda 32 400 ta elektr quvvatlash shoxobchalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ularning deyarli to‘rtdan uch qismi turar-joy atrofidagi joylarga o‘rnatiladi

Davlat tasarrufidagi yerlarda elektr quvvatlash shoxobchalarini o‘rnatish uchun joylar 10 yilgacha ijaraga berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bunday joylar yetarli infratuzilmaga ega bo‘lgan «yashil» va stansiyalar uchun qo‘shimcha kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish kerak bo‘ladigan «sariq» joylarga bo‘linadi

Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda stansiyalardan «maqsadsiz» foydalanganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlarni tayyorlaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli bolalar uylariga joylashtirish bekor qilinadi

Oiladagi kambag‘allik tufayli bolalarni endilikda Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish bekor qilinadi. Bu avvalroq Prezident tomonidan qabul qilingan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturining bir qismidir

Kambag‘al oiladagi ota-onalar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning bog‘cha xarajatlari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi

Ixtisoslashgan muassasalar oxirgi chora sifatida ko‘rib chiqiladi. Bolalar vasiylik, homiylik yoki farzandlikka beriladi

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar oilaviy bolalar uylariga vaqtincha joylashtiriladi. Bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi. «Ijtimoiy himoya» tizimi yetim bolalar va ularni tarbiyalashga tayyor bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari hisobini yuritadi

Biroz avvalroq Hook O‘zbekistonda farzand asrab olish qanday amalga oshishi va bunga nimalar zarurligini ko‘rib chiqqandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Xalq tabobati orqali davolash uchun jarima belgilandi

O‘zbekistonda xalq tabobatidan foydalangan holda davolash uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Rasmiylar bunday xizmatlarni reklama va ommaviy targ‘ib qilishni taqiqlagan

Xalq tabobati usullari bilan ruxsatsiz va moddiy manfaat ko‘zlab, ruxsat etilmagan usullar bilan davolaganlik uchun — BHMning 15 dan 20 baravarigacha jarima. Takroriy qoidabuzarlik uchun — BHMning 20 dan 30 gacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanadi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1🤨1
O‘zbekiston va YI Transkaspiy yo‘lagiga investitsiya kiritadi

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Yevropa O‘zbekiston bilan hamkor bo‘lishni xohlashini ma’lum qildi. O‘zbekistondan YIga metallurgiya va to‘qimachilik mahsulotlari eksporti oshib boryapti

YI va O‘zbekiston Transkaspiy yo‘lagi qurilishiga investitsiya kiritmoqda. Yevropadan Sharqiy Osiyoga boradigan bu marshrut eng qisqa va xavfsiz boʻlishi kerak. Loyihaning umumiy qiymati — €10 mlrd atrofida

Tomonlar, shuningdek, o‘zaro investitsiyalar va savdoni oshirishga xizmat qiluvchi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2014 yilda IBelong kampaniyasi boshlandi. Uning maqsadi — 10 yil ichida fuqarolikka ega emaslikka barham berish hisoblanadi. Markaziy Osiyoda 252,2 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs aniqlangan bo‘lib, 2024-yil 30-oktabr holatiga ko‘ra ularning soni 34,2 ming nafarni tashkil etgan

Ayni paytda O‘zbekistonda 22 400 nafar, Qozog‘istonda esa 7 400 nafar shaxslar fuqarolikka ega emas. Qirg‘iziston va Turkmaniston dunyoda birinchilardan bo‘lib fuqaroliksizlikka barham bergan davlatlar

2020-yilda O‘zbekistonda O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risidagi Qonunda 60 ming atrofidagi shaxsga fuqarolikka ega bo‘lish huquqini bergan yangi qoida qabul qilindi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Rasmiylar saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxatini kiritdi

Hukumat jismoniy shaxslar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatini tasdiqladi. Taqiq 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi

Ro‘yxatga yirtqichlar, zaharli va inson salomatligi uchun xavfli boshqa jonivorlar kiradi

Davlat va mobil sirklarda yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanadi

Ro‘yxatdagi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ruxsatnomalari asosida yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘lari va pitomniklarda saqlanishi mumkin. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlarni faqat maxsus pitomniklarda saqlash mumkin

Ro‘yxatdagi yovvoyi hayvonlar mavjud bo‘lgan fuqarolar va sirklar ularni 2026-yil 1-yanvargacha pullik va bepul asosda hayvonot bog‘lari yoki pitomniklarga topshirishlari mumkin. Hayvonlar tabiiy yashash joylariga qaytariladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bilan Mudofaa vazirligi shug‘ullanadi

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligi zimmasiga o‘tmoqda. Ushbu lavozimga zaxiradagi harbiy xizmatchilar qabul qilinadi

Ayni paytda maktablarda 10 000 atrofida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Ularning 27% i mutaxassis emas, 2750 ta maktabda ushbu fanni o‘qitish uchun sharoitlar yo‘q

Jismoniy tarbiya darslarining o‘quv dasturlari ham takomillashtiriladi. Mutasaddilar o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bilim va malakasini baholashning milliy tizimini joriy qilinadi

Yangi o‘quv yilidan maktablarda sport to‘garaklari tashkil etilib, sport bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Ko‘chmas mulk, suv va yer uchun soliq stavkalari oshadi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga oshiriladi. Toshkent shahrida 1 m² uchun minimal qiymat 3,3 mln so‘mgacha, Nukus va viloyat markazlarida 2,2 mln so‘mgacha, boshqa hududlarda 1,3 mln so‘mgacha oshiriladi

Yangi stavkalar:

• O‘zbekiston bo‘ylab 200 m² gacha — 0,34%
• shaharlarda 200 dan 500 m² gacha va boshqa aholi punktlarida 200 m² dan ortiq — 0,45%
• shaharlarda 500 m² dan ortiq — 0,6%

Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 0,65% gacha oshiriladi. Hududda bog‘lar, uzumzorlar va tut plantatsiyalari mavjud bo‘lsa, yuridik shaxs qishloq xo‘jaligi yerlari uchun stavkadan 50% ga kam soliq to‘lashi kerak bo‘ladi

Sanoat korxonalari, elektr stansiyalari va ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 foizga oshiriladi

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari va suv o‘lchash uskunalari foydalanadigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun soliq 0,5 foizni tashkil etadi. Agar faqat bitta texnologiya joriy etilgan bo‘lsa — 0,7%, ushbu texnologiyalarsiz esa bu ko‘rsatkich — 1,1% ni tashkil qiladi

1 m³ uchun foydali qazilmalarni qazib olishda soliq stavkalari:

• qum-shag‘al aralashmasi uchun 5000 so‘m
• marmar uchun 20 000 so'm + narxning 5%
• granit va tabiiy bezaktosh uchun 30 000 so'm + narxning 5%

Oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev soliq ma’murchiligini takomillashtirish biznesga aralashmasdan, balki raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va yashirin iqtisodiyotni qonuniylashtirish orqali amalga oshirilishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍1😱1
Sug‘urta polisini sotib olishda ko‘pchiligimiz: «Sug‘urta o‘zi qanday ishlaydi?» — deya o‘ylanganmiz

Sug‘urta agentlariga nimaga ko‘ra maosh to‘lanadi? Nega men kamroq to‘layman, lekin to‘lovimdan ko‘ra ko‘proq pul olishim mumkin? Sug‘urta kompaniyalari kompensatsiya narxini qanday hisoblaydi?

Hook shu va boshqa savollar bilan ekspertlarga yuzlandi. GROSS kompaniyasi bilan birgalikda biz «Sug‘urta hikoyalari» turkumini boshlamoqdamiz, turkumda O‘zbekistonning sug‘urta sohasidagi barcha mashhur miflar haqida so‘zlashamiz.

Bu yerda o‘qing: https://uz.hook.report/2024/11/sugurta-kompaniyalari/

Sug‘urta haqidagi savollaringizni ushbu post tagida izohlarda qoldirishingizni tavsiya qilamiz. Ehtimol, keyingi matnda aynan sizning savolingizga javob berarmiz

@uzhookreport da #Hamkorlik_materiali
22🔥2😱2
O‘zbekistonda film va musiqalar «ma’naviy ekspertiza»dan o‘tkaziladi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanovning ma’lum qilishicha, ekspertlar guruhi filmlar, teleseriallar, multfilmlar va musiqalarning davlat siyosati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga mos kelishi yoki kelmasligini baholaydi. Ekspertlar guruhiga aynan kimlar kiritilishi hozircha ma’lum emas

Bundan tashqari, ekspertlar kontentning yoshlar tarbiyasiga ta’sirini baholaydilar. Agar guruh axloqsizlik yoki odobsizlik tashviqotini topsa, mahsulot taqiqlanadi

Oktyabr oyida ikki bloger musiqiy klip uchun 15 sutkaga qamalgan edi. Ijtimoiy rezonansdan so‘ng ular 6 kun o‘tib qo‘yib yuborilgan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
O‘zbekiston falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyor — Mirziyoyev

Arab-islom sammiti chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Falastin va Livandagi mislsiz gumanitar inqirozning oldini olish uchun ishtirokchi davlatlar yordam ko‘lamini kengaytirishi kerakligini aytdi

Shu o‘rinda biz urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyorligimizni bildiramiz


Prezident Islom hamkorlik tashkiloti muqaddas Al-Aqso masjidi va Quddusning boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklarining daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolishga katta e’tibor qaratish kerak, deb hisoblaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
Prezident global isish oqibatlari bilan kurashish yo‘llarini taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanayotgani va geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi

Prezidentning global isish oqibatlari bilan kurashish bo'yicha takliflari:

• Rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim xatarlarini aniqlash uchun yetakchi davlatlar va xalqaro institutlarning texnik ko‘magini kengaytirish. Buning uchun Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etish

• Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish

• O‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirish

• Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda tajriba almashish uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tuzish. Prezident birinchi forumni Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi

• Prezident kelasi yili Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global yoshlar festivaliga boshqa davlatlar vakillarini taklif qildi

Iyul oyida ekologiya bo‘yicha olim Metyu Fitspatrik 2084 yilga kelib dunyo iqlimi qanday o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadigan interaktiv xaritani nashr etdi. Toshkentda o‘rtacha havo harorati 6,8 darajaga ko‘tariladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
🔥1😱1
BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini quradi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Masdar kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Shamol stansiyasi yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 800 tagacha ish o‘rni yaratadi

Stansiya atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytiradi va 1 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Energetika vazirligi ma’lum qiladi:

BAAning “Uch baravar ko‘p qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish” tashabbusi bilan birgalikda, biz ham dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarga qo‘shilamiz. O‘zbekiston, o‘z navbatida, Parij shartnomasi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi global hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

Mart oyida prezident matbuot xizmati BAAning yana bir kompaniyasi Tepelen Grup Holding Limited Namangan viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishi haqida xabar bergan edi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2😱1
O‘zbekiston EF English Proficiyency Index 2024 tadqiqotida 98-o‘rinni egalladi, mamlakatdagi o‘rtacha ball 700 balldan 439 ball (CEFR shkalasi bo‘yicha B1 darajasi)

Eng yaxshi natijalar qayd etildi:

Andijonda — 461 ball
Toshkentda — ​​457 ball
Farg‘onada — 456 ball
Buxoroda — 436 ball
Samarqandda — 431 ball

Eng past ko‘rsatkichlar Jizzax (384), Qashqadaryo (404) va Xorazmda (405)

Hisobotga ko‘ra, global ingliz tilini bilish darajasi ham pasaygan, 60% mamlakatlarda natija o‘tgan yilga nisbatan pastroq. Ingliz tilini eng yaxshi Gollandiya, Norvegiya va Singapurda bilishadi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Germaniya O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiyot uchun €3 mln yevro ajratadi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) xususiy sektorni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga €3 mln ajratadi. Loyiha davlat va xususiy sektorning yashil iqtisodiyotdagi imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi

Tomonlar issiqxona gazlarini o‘lchash va sertifikatlash bo‘yicha tajriba almashishni rejalashtirmoqda. Xususiy sektor ekologik toza yechimlarni amalga oshirish va yashil sanoat parklarini yaratishda ko‘mak oladi

Loyiha bo‘yicha kelishuv o‘tgan yili BMTning Dubaydagi konferensiyasida imzolangan edi. O‘shanda GIZ O‘zbekistonga «yashil» iqtisodiy yechimlar va sanoat texnologiyalarini joriy qilish uchun 9 million yevro ajratgandi

Avgust oyida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston uchun 5 yillik hamkorlikning yangi strategiyasini ishga tushirdi. OTB O‘zbekiston hukumati bilan yashil iqtisodiyotga o‘tish, xususiy sektorni rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
🔥2😱1
Rivojlangan mamlakatlarda migratsiya bo‘yicha rekord daraja qayd etildi

Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda tarixiy maksimumiga yetdi. Migrantlar oqimi ushbu mamlakatlarga COVID pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli yuzaga kelgan inflyatsiya inqirozidan so‘ng tiklanishga yordam berdi

O‘tgan yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi 38 davlatga 6,5 ​​millionga yaqin odam ko‘chib o‘tdi. AQSH ulardan 1,2 millionini qabul qildi

Goldman Sachs ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil boshidan buyon Kanada, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada bandlikning deyarli barcha o‘sishi immigratsiya ta’minlagan

Ko‘pchilik saylovchilar immigratsiyaning ko‘payishidan norozi. AQSHda noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni va’da qilgan Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Kanada, Avstraliya va Britaniya migratsiyani cheklash choralarini kiritdi. Britaniyada endilikda magistratura talabalariga o‘zlari bilan oila a’zolarini olib kelish taqiqlandi, Avstraliya va Kanadada esa o‘qish to‘lovlari oshirilgan va talabalar soniga cheklov kiritilgan

OECD xalqaro migratsiya bo‘yicha rahbari Jan-Kristof Dyumonning ta’kidlashicha, migratsiya 2025-yilda qisqaradi, bu «keskinlikning oshishi»ga olib kelishi mumkin

OECD — rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy tashkiloti bo‘lib, vakillik demokratiyasi va erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tan oladi. Tashkilotga 38 ta davlat a’zo, jumladan: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Kolumbiya, Meksika, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqalar

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
2😱1
Saylangan senatorlar ichida 68% — parlamentning avvalgi tarkibi a’zolari

MSK hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular 7-12 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahri kengashlari deputatlarining qo‘shma majlislarida saylangan. Oliy Majlis Senatining birinchi majlisi 19 noyabrga belgilangan

Hududlardan 56 ta o‘rniga 51 ta senator saylandi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng har bir hududdan 6 senator o‘rniga 4 senator bo‘lishi kerak edi, shu bois Senat a’zolarining umumiy soni 100 tadan 65 taga qisqargan

Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha ravishda 9 nafar senatorni tayinladi. Ulardan 6 nafari 2020 yilda ham tayinlangan

Saylangan senatorlarning 35 nafari (68%) bungacha ham Senat tarkibida bo‘lgan

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis va xalq deputatlari kengashlariga saylovlarda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72%i ovoz berdi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Probatsiya nazoratini buzganlarni hibsga olishga ruxsat etildi

Prezident ma’muriy va probatsiya nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qonunni imzoladi. O‘zgartirishlar rejimni buzish holatlari ko‘payganligi sababli kiritildi

Ma’muriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun BHMning 1 dan 3 baravarigacha jarima va 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazolari kiritilmoqda. Endilikda probatsiya xodimlari huquqni muhofaza qilish organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jazo choralarini, shu jumladan hibsga olish chorasini qo‘llash huquqiga ega bo‘lmoqda

Probatsiya — mahkumning xulq-atvorini va sud tomonidan unga yuklatilgan vazifalarni bajarishini, uning xulq-atvorining to‘g‘irlanishi, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va uni jamiyatdan ajratib qo‘ymagan holda takroran jinoyat sodir etishining oldini olish ustidan maxsus organlar tomonidan majburiy nazorat qilishdir

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1