ХУК! – янги Ўзбекистон учун ОАВ
97 subscribers
309 photos
7 videos
209 links
Hook Report нашрининг ўзбек таҳририяти.

Веб-саҳифамиз: http://uz.hook.report
Инстаграм: https://instagram.com/uz.hook.report
Ютюб: https://hook.report/yt

Рус тилидаги каналимиз: https://t.me/hook_report

E-mail: editor@hook.report
Download Telegram
Ombudsmanning vakolatlari kengaytiriladi

Senat Ombudsmanning inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Endilikda Ombudsmanning Oliy Majlis quyi palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lishi joriy etilmoqda

Ombudsman va uning o‘rinbosariga «yuklatilgan vazifalarning muammosiz va samarali bajarilishi qonunda mustahkamlanmoqda». Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida mahkumlarning murojaatlari uchun «ombudsman qutisi» tashkil etiladi

Ombudsman Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan takliflar bilan maxsus ma’ruzalar taqdim etishi mumkin bo‘ladi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Prezident davlat mulkini «nol» qiymatda sotish amaliyotini bekor qildi

Shavkat Mirziyoyev davlat mulkini «nol» qiymatda sotishni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Davlat mulkini garovga qo‘yish to‘g‘risida qaror endi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Xususiylashtirishga oid bo‘lmagan mol-mulkni garovga qo‘yish mumkin emas

Shuningdek, qonun «Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi, «Homiylik to‘g‘risida»gi va «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi qonunlar tahrirlariga aniqliklar kiritmoqda

O‘tgan hafta prezident davlat mulkini xususiylashtirish qoidalarini takomillashtirish haqida farmonni imzolagandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
O‘zbekiston aholisi 1 oktabr holatiga ko‘ra 37,355 million kishiga yetdi. Ko'rsatkich yil davomida 2,1% ga o'sdi

Mamlakatda 18,5 million ayol va 18,8 million erkak istiqomat qiladi. Erkaklarning o'rtacha yoshi — 28,5 yosh, ayollar — 30 yosh
😱3
Prezident Migratsiya agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatini tugatuvchi farmonni imzoladi. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etiladi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi


Migratsiya agentligi davlat organlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. 2025 yil 1 yanvardan boshlab agentlik xususiy bandlik agentliklari faoliyati bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi. Tekshirishlarda aniqlangan natijalar va qonunbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar 5 kun ichida e’lon qilib borilishi shart

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Oliy Majlisga saylovning ilk natijalari

Oliy Majlis deputatlari va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi ovoz berdi

Saylovda boshqaruvdagi partiya O‘zLiDeP yetakchilik qilmoqda:

• O‘zLiDeP — parlament ro‘yxatlari bo‘yicha 34,75% ovoz va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylangan 38 nafar deputat
• «Milliy tiklanish» — 18,82% va 15 deputat
• O‘zXDP — 17,11% va 7 deputat
• Ekopartiya — 13,12% va 6 deputat
• «Adolat» — 16,20% va 9 deputat

Qonunchilik palatasidagi o‘rinlarning taqsimlanishi:

• O‘zLiDeP — 64 o‘rin
• «Milliy tiklanish» — 29 o‘rin
• «Adolat» — 21 o‘rin
• O‘zXDP — 20 o‘rin
• Ekopartiya — 16 o‘rin

YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) missiyasi rahbari Duglas Veykning aytishicha, saylovlarni butun mamlakat bo‘ylab 14 xalqaro ekspert, 26 uzoq muddatli va 200 dan ortiq qisqa muddatli kuzatuvchilar kuzatgan. Missiya ovoz berish, ovozlarni hisoblash va natijalarni chiqarish jarayonini baholaydi. YXHT dastlabki xulosalari haqida bugungi matbuot anjumanida aytiladi

O‘quvchilarimiz bizga nimalarni xabar qilishdi:

• Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti talabalari majburan saylovga olib borilgan: yotoqxonada talabalarning uylariga qaytishlari taqiqlangan, kuratorlar guruhlarni yig‘ib, saylov uchastkasiga olib borgan
• 517-saylov uchastkasida (Toshkent moliya instituti) «saylovchilar ommaviyligi uchun yig‘ilgan» yoshlar ko‘p bo‘lgan
• Shu saylov uchastkasida komissiya a’zosi ID-kartaning telefondagi suratini qabul qilib, saylovchiga byulleten bergan
• O‘quvchimizga boshqa shaxs ismi tagiga imzo qo‘yishni taklif qilishgan va u ro‘yxatda bo‘lmagan fuqaro qanday ovoz berganiga guvoh bo‘lgan
• Uyda ovoz berishda ba’zi saylovchilar byulleten yetishmasligiga duch keldi: komissiya a’zolari to‘rtta o‘rniga bitta byulleten bergan

Agar siz qoidabuzarlikka guvoh bo‘lgan va uni suratga yoki videoga qayd etgan bo‘lsangiz, @hook_infobot ga yuboring. Biz sizning xabaringizni anonim tarzda qayta ishlaymiz va tekshiramiz

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱3🎉1
YXHT saylov bo‘yicha kuzatuv natijalarini sarhisob qildi

YXHT vakillari matbuot anjumanida kecha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari kuzatuvlari bo‘yicha dastlabki natijalarini taqdim qildi

YXHT Doimiy Assambleyasi maxsus muvofiqlashtiruvchisi va rahbari Asad Kadirning ma’lum qilishicha, missiya tarkibida butun saylov kampaniyasi va ovoz berish kunida ham mamlakatda bo‘lib turgan 300 ga yaqin kuzatuvchi qatnashdi

Saylov islohotlar, jumladan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar fonida o‘tdi, biroq siyosiy vaziyat saylovchilarga to‘laqonli tanlov imkoniyatini ta’minlamadi

Saylovdagi asosiy muammolar moliyalashtirishning shaffofligi, fuqarolar kuzatuvi va uchastkalarda natijalarni e’lon qilish bilan bog‘liq bo‘ldi. Yig‘ilishlar, uyushmalar va fikrni ifoda etish erkinligi sezilarli darajada cheklanganligicha qolyapti

Shuningdek, Asad Kadir ayollar nomzodlar orasida ham, saylov ma’muriyati tarkibida ham keng namoyon bo‘lganini ta’kidladi

Armaniston parlamenti a’zosi, YXHT Parlament Assambleyasi delegatsiyasi rahbari Arif Iskander ro‘yxatdan o‘tgan besh partiya umumiy siyosiy pozitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaganini qo‘shimcha qildi — bu saylovdagi raqobatlilikni cheklab qo'ydi

YXHT Aloqalarni optimallashtirish komissiyasi rahbari Duglas Ueykning aytishicha, missiya partiyalar kampaniyalari, ommaviy axborot vositalari ishi va texnik tayyorgarlikni kuzatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dekabrdagi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar saylovga tayyorgarlikni murakkablashtirgan, biroq bunga qaramasdan saylov munosib darajada o‘tdi

Kuzatuvchilar qoidabuzarliklarni qayd qildilar:

12% saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonida muammolar kuzatilgan, 43% holatda ovozlarni sanab chiqish jarayoni salbiy baholar olgan. [...] Ayrim saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatlarida bir xil imzolar va natijalarni uzatishda qoidabuzarliklar kuzatilgan

YXHT vakillarining ma’lum qilishicha, jiddiy shikoyat va baxslar kuzatilmadi. Mutaxassislar uyda ovoz berish jarayonini kuzatdilar, biroq kuzatuvchilarning imkoniyatlari cheklangan edi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Avtomobil importi uchun bojxona to‘lovlari 70% gacha yetishi mumkin — KMPG

KPMG Uzbekistan konsalting kompaniyasi O‘zbekistondagi avtomobil bozori holati haqidagi hisobotini e’lon qildi. Bozor iqtisodiy o‘sish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tufayli rivojlanmoqda, ammo unga importga yuqori soliqlar va avtokreditlarning yetishmasligi to‘sqinlik qilmoqda. Avtomobil bozoriga, shuningdek, fuqarolarni shaxsiy avtoulovlarni sotib olishga undaydigan «yuqori rivojlanmagan» jamoat transporti ham yordam beryapti

Bank stavkalari va davlat bojlari avtomobillarni qimmatroq qilyapti. Bojxona to‘lovlarining umumiy miqdori avtomobil narxining 70% gacha yetishi mumkin. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bo‘lib to‘lash avtomobil narxini 10-15 foizga oshiradi, dilerlarning umumiy foydasi 15 foizga yetadi

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi eksport hajmini 7,3-9,2 foizga oshirishi va import bojlarini 10,8 foizga tushirishi mumkin, biroq import avtomobillari bilan raqobat mahalliy kompaniyalarning ish unumdorligini 4,7 foizga kamaytirishi mumkin

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍1😱1
Elektr samokat haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortiladi

Prezident skuterlar, elektr skuterlar, elektr skeytbordlar, segveylar unisikllar va bir g‘ildirakli transport vositalarida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holatlari uchun tuzatishlar kirituvchi qonunni imzoladi

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun BHMning 1/3 qismi (125 ming so‘m) miqdorida jarima belginadi. Avtotransport vositalarida reflektor va chiroqlar bo‘lishi shart, qoidabuzarlik uchun — jarima 0,5 BHM (187,5 ming so‘m). Ikki kishi bo‘lib harakatlanish uchun ham xuddi shunday jarima

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun — BHM 3 baravari (1,125 million so‘m) miqdorida jarima solinadi. Xuddi shunday jarima mastlik tekshiruvidan bosh tortish uchun ham qo‘llaniladi

Barcha yo‘l harakati qoidalari buzilish holatlari bo'yicha ma’muriy bayonnomalar tuzila boshlaydi. Ilgari mazkur kodeks harakat vaqtida salondan tana qismlari chiqib turishi hamda mast holatda velosiped yoki moped haydash uchun bayonnoma tuzmaslik imkonini berar edi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2👏1
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilgi budjet loyihasini e’lon qildi. Prognoz qilinayotgan davlat daromadlari miqdori – 308,5 trillion so‘m, xarajatlari – 344,6 trillion so‘m

Rasmiylar sanoatda ishlab chiqarishning — 6,1 foizga, qishloq xo‘jaligida — 4,1 foizga o‘sishi hisobiga YAIM 6 foizga o‘sishini kutmoqda. Bozor xizmatlari sohasi 14,5 foizga o‘sishi mumkin

Soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari:

• soliq bazasini kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish
• soliq va budjet siyosatini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirish
• davlat qarzini yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan darajada ushlab turish
• inflyatsiya bilan kurashish uchun ish haqi va pensiyalarni oshirish

2024-yilning birinchi olti oyida O‘zbekistonning davlat qarzi 37 milliard dollarni (yalpi ichki mahsulotga nisbatan 33,2 foiz) tashkil etdi

Maqsadli jamg‘armalarning kutilayotgan daromadlari — 66,5 trln so‘m, xarajatlari — 117,2 trln so‘m. Budjetdan qo‘shimcha ravishda 54,4 trln so‘m ajratiladi

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 58,9 trln so‘m, xarajatlari 74,9 trln. Budjetdan qo‘shimcha ravishda 18,5 trln so‘m ajratiladi

Davlat dasturlari bo‘yicha xarajatlar — 18,8 trln. Kelgusi yil uchun budjet taqchilligining maksimal miqdori — YAIMning 3 foizini (49,3 trln. so‘m) tashkil etadi. Davlat budjeti va maqsadli jamg‘armalarning taqchilligi ichki va tashqi qarzlar, davlat aktivlarini xususiylashtirish va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Rossiya Federatsiyasida noqonuniy migratsiyani tashkil etish o‘ta og‘ir jinoyatga aylandi

Rossiya Federatsiyasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga 4 ta yangi qonun kiritildi. Ular noqonuniy migratsiya uchun jazoni kuchaytirmoqda

Noqonuniy migratsiyani tashkil etish endilikda o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadi. Jazo — 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 3 million rubldan 5 million rublgacha jarima ($30 800 dan $51 300 gacha), 10 yilgacha muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilish

Hujjatlarni soxtalashtirish yoki soxta hujjatlar aylanishi, soxta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 2 yildan 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

Jinoyat sodir etilgan taqdirda, migrantning noqonuniy maqomi og‘irlashtiruvchi holat deb hisoblanadi

Mehnat muhojirlari uchun imtihon topshirish vositachilar ishtirokisiz amalga oshiriladi — Rossiya hukumati imtihon narxini belgilaydi, shunda uning o‘tkazilishi yashirin bozor uchun foydasiz bo‘ladi

Migrantlar uchun noqonuniy xizmatlarni va soxta hujjatlarni taklif qiluvchi internet resurslari suddan tashqari tartibda ham bloklanishi mumkin

«Endi nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli vazirliklar xorijiy fuqarolarning noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi samarali kurashish uchun barcha imkoniyatlarga ega», — Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin


Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍21😱1
Davlat tashkilotlarida xodimlar 5,2% ga qisqartiriladi

Prezident vazirlik va idoralardagi xodimlarni 5,2% ga (2845 nafar) qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Hujjatga ko‘ra, davlat organlari xodimlarining maksimal soni — 53 560 nafarni tashkil etadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligida — 580 nafar, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida — 336 nafar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida — 1416 nafar xodim qisqartirishga tushgan

Bojxona qo‘mitasida xodimlar soni — 693 nafarga, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida — 433 nafarga oshgan

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatilishi munosabati bilan hokimliklarda xodimlar soni kamayadi

2023-yil boshida vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 taga qisqartirildi. Shu bilan birga, davlat xizmatchilari soni 30% ga kamaytirilgan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
AQSh ikki o‘zbek kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar 275 nafar jismoniy va yuridik shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular orasida O‘zbekistondan ikki kompaniya — Uzstanex va The Elite Investment Group ham bor. Amerika rasmiylari bu kompaniyalar Rossiya mudofaa majmuasiga aloqador deb hisoblaydi

Uzstanex 2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan va stanoklar sotadi. The Elite Investment Group 2024 yil yanvar oyida tashkil etilgan bo‘lib, ulgurji noixtisoslashgan savdo bilan shug‘ullanadi

Uzstanex, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropadan stanoklar olib, keyinchalik Rossiya hududiga yetkazib berish uchun Shanxayga jo‘natgan

Davlat departamenti The Elite Investment Group joriy yilning bahorida $190 minglik elektr transformatorlarini yetkazib berganini ma’lum qildi. Bunday texnika Rossiya qurol tizimlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan G‘arbda ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxati — Yuqori ustuvorlikdagi tovarlarning umumiy ro‘yxatiga (CHPL) kiritilgan

Kompaniyalar va ularning egalarining Qo‘shma Shtatlardagi barcha mulklari bloklanib, tranzaksiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Bunday kompaniyalar bilan ishlaydigan xorijiy moliyaviy tashkilotlar sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi uchdan birdan ko‘proqqa oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan sentyabrgacha xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi — 11,3 milliard dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning 9 oyidagi ko‘rsatkichdan 34,8 foizga ko‘proq

O‘tkazmalarning aksariyati Rossiyadan — ulush 77% dan yuqori ($8,75 mlrd). Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan boshqa davlatlar:

• Qozog‘iston — $625 mln
• Janubiy Koreya — $420 mln
• AQSh — $415 mln
• Turkiya — $291 mln
• Buyuk Britaniya — $93 mln
• Polsha — $48 mln

Dastlabki 6 oyda O‘zbekistonga $6,5 ​​mlrd o‘tkazilgandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
🥰2😱1
O‘zbekistonning iqtisodiy faol aholisi birinchi yarim yillikda 15,09 mln kishini tashkil etdi. Iqtisodiyotning turli sohalarida 14,21 mln kishi (94%) band

Rasmiy ravishda faqat 6,8 mln kishi (48%) band. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,5 mln o‘zbekistonlik (38,8%) band. 1,9 mln kishi (13,6%) xorijda ishlaydi

Ishsizlar soni — 876 ming kishi (5,8%). Yil boshidan beri ishsizlar soni 148 ming kishiga kamaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
21🤔1😱1
AQSH bilan JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi

O‘zbekiston AQSH bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan 21-a’zo. Mamlakatlar bozorga kirish bo‘yicha bayonnomani imzolashga tayyorlanmoqda

Sentyabr oyida O‘zbekiston Braziliya va Shri-Lanka bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

May oyida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev O‘zbekiston 2026-yilgi vazirlar konferensiyasigacha JSTga a’zo bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
2025 yilda tadbirkorlarning huquqiy himoyasi kuchaytiriladi

Prezidentga tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun faqat bitta jazo belgilanadi

Rasmiylar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarimani, raqamli markirovkalash qoidalarini buzish va xodimlar sonini yashirish uchun javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda

2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilgan taqdirda, davlat bojining bir qismini qaytarish tartibi joriy etiladi

Barcha davlat tekshiruvlari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida biznes ombudsmanni xabardor qilingan holda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab tekshiruvlar Hisob palatasi va Biznes ombudsman platformalarini birlashtiruvchi Xavfni tahlil qilish tizimi asosida o‘tkaziladi. Ushbu tekshiruvlar uchun tadbirkorlar 3 ta toifasiga bo‘linadi. Tadbirkorlar qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha bo‘linishi — hozircha aniqlashtirilmagan

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
👍1😱1
5% avtoturargohlar elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanadi

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab avtoturargohlarning 5 foizi zaryadlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak

Kelasi yil yakunigacha O‘zbekistonda 32 400 ta elektr quvvatlash shoxobchalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ularning deyarli to‘rtdan uch qismi turar-joy atrofidagi joylarga o‘rnatiladi

Davlat tasarrufidagi yerlarda elektr quvvatlash shoxobchalarini o‘rnatish uchun joylar 10 yilgacha ijaraga berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bunday joylar yetarli infratuzilmaga ega bo‘lgan «yashil» va stansiyalar uchun qo‘shimcha kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish kerak bo‘ladigan «sariq» joylarga bo‘linadi

Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda stansiyalardan «maqsadsiz» foydalanganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlarni tayyorlaydi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱1
Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli bolalar uylariga joylashtirish bekor qilinadi

Oiladagi kambag‘allik tufayli bolalarni endilikda Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish bekor qilinadi. Bu avvalroq Prezident tomonidan qabul qilingan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturining bir qismidir

Kambag‘al oiladagi ota-onalar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning bog‘cha xarajatlari Ijtimoiy himoya jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi

Ixtisoslashgan muassasalar oxirgi chora sifatida ko‘rib chiqiladi. Bolalar vasiylik, homiylik yoki farzandlikka beriladi

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar oilaviy bolalar uylariga vaqtincha joylashtiriladi. Bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi. «Ijtimoiy himoya» tizimi yetim bolalar va ularni tarbiyalashga tayyor bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari hisobini yuritadi

Biroz avvalroq Hook O‘zbekistonda farzand asrab olish qanday amalga oshishi va bunga nimalar zarurligini ko‘rib chiqqandi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
😱2
Xalq tabobati orqali davolash uchun jarima belgilandi

O‘zbekistonda xalq tabobatidan foydalangan holda davolash uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Rasmiylar bunday xizmatlarni reklama va ommaviy targ‘ib qilishni taqiqlagan

Xalq tabobati usullari bilan ruxsatsiz va moddiy manfaat ko‘zlab, ruxsat etilmagan usullar bilan davolaganlik uchun — BHMning 15 dan 20 baravarigacha jarima. Takroriy qoidabuzarlik uchun — BHMning 20 dan 30 gacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanadi

Bizni qo‘llab-quvvatlang | Bizning Instagram sahifamiz

@uzhookreport
1😱1🤨1