Hydromet.uz
5.38K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 2-6 YANVARGA
OB-HAVO PROGNOZI

Bugun respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, shuningdek ayrim tog‘li hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Front o‘tishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi.

O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 2-7o iliq bo‘ladi.
Ertaga antisiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-22 m/s gacha kuchaygan shamol ba’zi joylarda hali ham esadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 0-5o iliq bo‘ladi.

4 yanvarda antisiklon chekina boshlaydi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.

Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliq, kunduzi 3-8o iliq bo‘ladi.

5 yanvarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 7-12o iliqgacha, mamlakatimizning janubida 15o iliqgacha ko‘tariladi, kechalari 3o sovuq-2o iliq bo‘ladi.
Haftaning oxiriga kelib, mamlakatimizga Turkmaniston hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 6 yanvarda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari 4-7o iliqgacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 5-10o iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

2-4 yanvarda rsepublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

#uzgidromet #prognoz #yanvar #harorat #antisiklon #yomgir #shamol #tuman
📌 DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

🌥🌥🌥 DAM OLISH KUNLARI SOVUQ ASTA-SEKIN
KUCHSIZLASHA BOSHLAYDI

#uzgidromet #prognoz #yanvar #tuman #harorat #antisiklon #qor #shamol


📌 ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА ВЫХОДНЫЕ

🌥🌥🌥 НА ВЫХОДНЫЕ МОРОЗЫ
НАЧНУТ ПОСТЕПЕННО ОСЛАБЕВАТЬ

#узгидромет #прогноз #январь #туман#температура #антициклон #снег #ветер
‼️ “Meteorologik atamalar” rubrikasi

🌫Tuman
Туман
Fog

Bevosita Yer yuzasi ustidagi havoda muallaq turadigan kondensatsiya mahsuloti (tomchi, kristall, ularning aralashmasi)ning to‘planishi. Uni frontal va ichki tumanlarga ajratadilar. Bundan tashqari, tumanni sovish va bug‘lanish, shuningdek advektiv va raditsion turlari mavjud. Bularning ichida eng muhimi sovish natijasida hosil bo‘ladigan ichki tuman hisoblanadi. Tumanda gorizontal ko‘rinuvchanlik 1,0 kmdan oshmaydi.

#meteorologiya #ob #havo #tuman #fog

Telegram  | Facebook  | Instagram  |  Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tuman

🌫️ 18-yanvar soat 10:20 holatiga ko'ra Toshkent osmoni ustidagi qalin tuman hodisasi.

Telegram 💬| Facebook💬| Instagram 📷  Youtube 📺
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM