Uz Finance | Com πŸ’₯
2 subscribers
1 file
Moliya haqida gaplashyapmiz, bizga qo'shiling!

πŸ“Œ Bilim = daromad.
Download Telegram
Channel name was changed to Β«Uz Finance | Com πŸ’₯Β»
Assalomu alaykum, hurmatli do'stlar Mister Otabek Tv....


Eee yoq, @uzfincom ga hush kelibsiz. Mendan bu kanalda chiroyli, bejirim postlar kutmang.

Hamma narsa minimal bo'ladi lekin ma'lumot va insaytlarni maksimal berishga harakat qilaman.

Agarda ushbu loyiham reja qilganimdek rivojlansa kanalga alohida brending qildirib beraman hozircha hamma narsa minimalistik bo'ladi. Bo'lmasa samimiylik yo'qoladi, rasmiyatchilikni yoqtirmayman.

#1
UzFinCom nima degani?

@uzfincom username qisqa, aytilishga qulay, mano jihatdan yaxshi.

Uzbekistan Financial Company - O'zbekiston moliyaviy kompaniyasi degan ma'noni bildiradi.

Oddiy telegram kanaldan Black Rock, Berkshire Hathaway kabi gigant moliyaviy kompaniya bo'lib yetishishni plan qilganman.

Asosiy prinsp "berasan-olasan" odamlarga foydali bo'lsam albatta loyiha rivoji uchun odamlardan ham qaytadi.

#2
Kanalda nimalar berib boriladi?

- Shaxsiy moliyaga oid bilimlar
- Investitsiya va daromadni oshirish yo'llari
- Moliyaga oid yangiliklar
- Bizneslar, milliarderlar haqida
- Daromadni oshirish ilmini o'rganish uchun ingliz, rus manbaalari
- Moliya va biznesga oid kitoblar
- Shaxsiy rivojlanish va odatlarni shakllantirishga oid bilimlar
- Crypto haqida yozib turaman
- Shaxsiy daromadim va uni ko'paytirayotgan yo'llarim haqida realitiylar qilib turaman

Hozircha shular, qolgani ham asta-asta bo'laveradi, ilmni kuchaytirib sizga ham ulashaveraman.

#3
Uz Finance | Com πŸ’₯
Kanalda nimalar berib boriladi? - Shaxsiy moliyaga oid bilimlar - Investitsiya va daromadni oshirish yo'llari - Moliyaga oid yangiliklar - Bizneslar, milliarderlar haqida - Daromadni oshirish ilmini o'rganish uchun ingliz, rus manbaalari - Moliya va biznesga…
Ha aytgancha 2026-yil yanvardan kunlik valyuta kurslari haqida har kuni ma'lumot tashlovchi botni kanalga ulab qo'yaman

Masalan bunaqa:

#valyuta_kursi
πŸ“Œ 2025-yil 20-noyabr holatiga ko’ra bir nechta xalqaro valyutalarning so’mdagi qiymati:

πŸ‡ΊπŸ‡Έ USD - xx xxx UZS
πŸ‡ͺπŸ‡Ί EUR - xx xxx UZS
πŸ‡·πŸ‡Ί RUB - xx xxx UZS
πŸ‡¬πŸ‡§ GBP - xx xxx UZS
πŸ‡°πŸ‡· KRW - xx xxx UZS
πŸ‡―πŸ‡΅ JPY - xx xxx UZS
πŸ‡°πŸ‡Ώ KHT - xx xxx UZS
πŸ‡ΉπŸ‡·
πŸ‡¦πŸ‡ͺ

πŸ”Š Ushbu valyutalar haqidagi ma’lumot O’zbekiston Markaziy bankining rasmiy saytidan olindi!

πŸ“Š Bizga qo’shiling!
πŸ”—@uzfincom

#4
Channel photo removed
Channel photo updated
pexels-media-31827772.jpeg
298.8 KB
Yo'lizdan mana shu belgi chiqqan bo'lsa demak to'g'ri ketayotgan bo'lasiz.

Yo'nalish ko'rsatkichi bu yo'lning to'g'riligi.

Eshik ortida esa erkinlik, xavfsizlik. Men bu eshikni moliyaviy erkinlik eshigi deb oldim, tashqari esa moliyaviy xavfsizlik va barqarorlik.

#5
Live stream started
#shaxsiy_moliya
Shaxsiy moliya nima?

Shaxsiy moliya bu - odam o'z pullarini boshqarishi. Nafaqat pul balki o'z hisobidagi qiymatli aktivlari ham bo'lishi mumkin.

Aktivlar yoki pulni boshqarish - bu daromadni ko'paytirish uni saqlab qolish, jamg'arish, sarmoya kiritish va pul yo'qotmaslikdir. Bularni umumiy pulni boshqarish desak bo'ladi.

Bu esa shaxsiy moliyaning aniq ko'rinishi ya'ni:

- pul topish
- pulni jamg'arish
- pulni saqlab qolish
- sarmoya kiritish
- daromadni oshirish
- xarajatlarni boshqarish

Shaxsiy moliya pul yo'qotmaslikka, qarzdan himoyalanishga, moliyaviy erkinlikka erishishga yordam beradi.

Men o'zim bilganlarimni sizlar uchun ulashib boraman, shaxsiy moliyaviy bilimlarim va rejalarim bilan ham bo'lishaman, kuzatib boring.

#6