Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.5K subscribers
18.9K photos
5.72K videos
138 files
11.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Ta'lim muassasalarida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilyapti

Respublikamiz bo'ylab maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
___________

Fotolavhalarda Surxondaryo, Xorazm, Qashqadaryoda joylashgan ta‘lim tashkilotlarida o'tkazilgan tadbirlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Singapur

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida suhbat olib borishdi. Xususan:

Singapurning ta'lim sohasidagi tajribasi asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish,
dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish,
maktab ta'limi sohasida sun'iy intellekt bilan ishlash yo‘nalishini o‘rganib chiqish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

❗️Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida kelgusida yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_teatri

📣 “Turon” maktab teatri tanlovida ishtirok eting va xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiriting!

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etiladi.

❗️ Mazkur tanlov maktablarning 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 shart asosida o'tkaziladi.

Tuman (shahar) bosqichi — 1-6-aprel kunlari;
Hududiy bosqichi — 22-apreldan 4-may kunlari;
Respublika bosqichi — 2-5-iyun kunlari.

✈️Respublika bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

👉 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://turonteatri.uz/

Tanlov Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda kun tartibidagi qator masalalar bilan bir qatorda eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qoʻyish uchun 62 milliard soʻm ajratilishi, yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan taʼminlanishi aytib oʻtildi.

Paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib berilishi maʼlum qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazir so‘xlik muallimlarni taqdirladi

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova yaqinda Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qator taʼlim muassasalarida boʻlib, pedagoglar faoliyatini yaxshilash, taʼlim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishgan edi.

⚡️ Vazir hudud oʻqituvchilari bilan oʻtkazgan muloqotlari davomida soʻxlik pedagoglarning ish tajribasi va fidoyiligiga yuksak baho berdi hamda ularning metodik uslublarini ommalashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi. Shuningdek, fidoyi ustozlar vazirlik tomonidan munosib taqdirlanishini aytib oʻtgan edi.

Bugun Soʻx tumani masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan tantanali taqdirlash tadbirida soʻz olgan ishtirokchilar davlatimiz tomonidan sohaga berilayotgan yuksak eʼtibor tufayli oʻqituvchilar mehnati munosib ragʻbatlantirilib kelinayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

👏 Tadbir davomida hududdagi 14-umumta’lim maktabi direktori Sadriddin Abdurahmonovga “Xalq taʼlimi fidoyisi”, 15-umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Muniraxon Atayevaga “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳридаги Жалолиддин Мангуберди номидаги ҳарбий-академик лицейни бориб кўрди.

Шу билан Хоразм вилоятига ташриф якунланди, давлатимиз раҳбари Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил военно-академический лицей имени Джалолиддина Мангуберды в городе Ургенче.

На этом поездка в Хорезмскую область завершилась, глава государства вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #litsey

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👋😊 Hammaga xayrli tong!

☀️ Keling, uncha yaxshi bo‘lmagan bir xabardan boshlaylik: kechagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etganlarning 83% daraxtlarning amaliy foydasini va ular shahar hududlaridagi issiqlikni kamaytirishdagi o‘rnini kam baholashgan.

🌡 Videoda: Xitoyning Nankin shahridagi Vu Tong prospekti. Daraxtlar tufayli, ko‘chadagi havo harorati 12°C ga pasayadi.

🌳 Buni unutmang. Ayniqsa hozir, bahor va daraxt ekish vaqti kelganida.

👋😊 Доброго всем утра!

☀️ Начнём с не очень хорошей новости: по результатам вчерашнего опроса, 83% участвовавших в нём, недооценивают практической пользы деревьев и то значение, которое они могут играть в смягчении жары в городских районах.

🌡 На видео: проспект Ву Тонг в китайском городе Нанкин. Благодаря деревьям, температура воздуха на дороге снижается на 12°C.

🌳 Не забывайте об этом. Особенно сейчас, когда пришла весна, а с ней и время для посадок деревьев.

Zamin | Facebook | Instagram
📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

Xabaringiz bor, joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

⚡️Attestatsiya sinovlarining shaffof va adolatli boʻlishini taʼminlash, turli qonun buzilish holatlarni oldini olish maqsadida vazirlikning korrupsiyaga oid harakatlar haqida xabar beruvchi maxsus bot tashkil etilgan.

Hurmatli pedagoglar! Agar sizdan:

attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz va malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirishayotgan;
sinov testlarini olib berish evaziga pul talab qilishayotgan boʻlsa,
mazkur bot orqali bizga xabar bering!

❗️Unutmang, siz ziyoli qatlam, shu bilan birga kelajak avlod yaratuvchilar vakilisiz. “Xolis” insonlar koʻmagiga ishonib, oʻzingiz va kasbiy obro‘yingizga xavf tugʻdirmang.

Faqatgina oʻz bilim va malakangizga tayaning!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram