Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
103K subscribers
22.8K photos
6.24K videos
141 files
13K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Касбга_ўқитиш
#Oqdaryo_tajribasi

Bugun “Samarqand viloyatining o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish tajribasini ommalashtirish va pedagogika oliygohlari o‘quv reja va dasturlarini Prezident maktablari dasturlariga moslashtirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, vazir Hilola Umarova hamda videoselektor orqali hokim o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Odil Abdurahmonov:

Yangi o’quv yilida e’tiboran 500 ta maktabda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o’qitish va baholash tizimini joriy etmoqchimiz. Prezident maktablariga bu yilgi qabul jarayonlarida 1 ta o‘ringa 200 ta nomzodning to'g'ri kelgani ham bu tizimning naqadar samarali berayotganini ko‘rsatdi.

Yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida hokim, ota-ona va maktab o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolash joriy etish ko’zda tutilmoqda.

Hilola Umarova
:

Kasbga o'qitishni joriy qilishda katta-katta korxona rahbarlari bilan tizimni integratsiya qilish, hozirgi bozorda qanday mutaxassislarga talab mavjudligini o'rganish kerak.

❗️Endi malaka oshirish markazlari Respublika bo'ylab bir xil standart asosida tashkil etiladi.

🔴
Ma'lumot uchun, bugun Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahri va hududiy Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari rahbarlari Oqdaryo tumani 32-sonli maktab tajribasini o'rganish uchun yig'ilishdi.

👉
Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1234
O‘quv yili boshlangani munosabati bilan sizlar uchun "Eco-schools Uzbekistan" dasturi bo‘yicha yorqin, foydalanishda qulay bo‘lgan A4 formatida, eng muhimi, foydali ishchi daftar tayyorlandi.

Bu bir vaqtning o‘zida ham darslik, ham mashg‘ulotlar to‘plamidir. Unda nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilar uchun ham topshiriqlar va amaliy misollar mavjud.
Shuningdek, daftar harakat yo‘nalishining to‘g‘riligini tekshirish imkonini beradigan kompas va xarita vazifasini bajaradi.

Daftar foydalanishingiz uchun qulay bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Darvoqe, o‘quv yilingiz qanday boshlandi? Qanday rejalaringiz bor? Taassurotlaringiz bilan bo‘lishing!

Ishchi daftarni bu yerdan yuklab olish mumkin.

__

К началу нового учебного года для вас подготовлена рабочая тетрадь по программе Eco-schools Uzbekistan — красочная, удобного формата А4, а главное — полезная.

Это одновременно и учебник, и шпаргалка. Здесь есть задания и практические примеры как для учеников, так и для… учителей.
Это одновременно и компас, по которому вы сверяете правильность движения, и карта местности.

Очень надеемся, что она будет удобна в использовании для вас.
И, кстати, как начался учебный год? Какие планы? Делитесь впечатлениями!

Скачать рабочую тетрадь можно здесь.

Zamin | Facebook | Instagram
#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals

“Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.

Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 25 nafar universitet Prezidentlari, olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning ilk marta mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, konferensiya 3 kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari Italiyada o‘tgan Xalqaro festival g‘olibi bo‘ldi

Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari Italiya davlatining Pezaro shahrida bo‘lib o‘tgan "Sun of Italy" festivalida ishtirok etdi.

3-6-sentabr kunlari bo'lib o'tgan festivalda Ispaniya, Andorra, Marokash, Fransiya, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Belgiya, Gruziya, Latviya, Ukraina kabi 10 dan ortiq davlatlardan jami 500 nafarga yaqin iqtidorli bolalar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Bugun Xalqaro festivalning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival yakunlariga ko'ra, o‘quvchilarimiz 2 ta yo‘nalish bo‘yicha sovrindor bo'ldilar.

"Tasviriy va amaliy sanʼat" yo‘nalishida:

🥇- 3 ta
🥈- 2 ta

🎤 "Estrada vokal" yo‘nalishida

🥇-2 ta
🥈-1 ta o‘rinni  qo‘lga kiritdi.

Barcha to‘garak aʼzolarimizni g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi inklyuziv ijod studiyalariga uchinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish bir nechta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha olib boriladi.

"Zamin Creative"da 20 sentyabrga qadar shu yerda ro‘yxatdan o‘tgan yoshi 15 dan 18 gacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida ishtirok etishlari mumkin.
__

В рамках проекта Zamin Creative проводится третий набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. Обучение будет проводиться по нескольким направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет, зарегистрировавшись до 20 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
“Ulug‘bek” jamg‘armasida maktab taʼlimi rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Bugun Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan “Maktablarda taʼlim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektorda berilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

“Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov boshchiligida tashkil etilgan davra suhbatida yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, sifatli ta’limni amalga oshirish va yuqori natijalarga erishishda soha mutaxassislari oldidagi vazifalar muhokama etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bugungi kunda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, o‘qituvchilar nufuzini ko‘tarish hamda o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berib o'tdi.

Tadbirda yig‘ilgan maktab direktorlari va taʼlim tashkiloti rahbarlari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram