Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.2K subscribers
20.1K photos
5.84K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🖊 Давлат мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларида ҳафтанинг ҳар чоршанба куни болаларга йод препаратини умумий ичириш куни деб белгиланди

АОКАда ўтказилган брифингда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Дилфуза Собирова йод препаратини бепул тарқатиш бўйича амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берди:

Таълим ташкилотлари раҳбарлари таълим масканларида болаларнинг препаратни ичишлари учун сув ва бошқа зарур шароитларни яратади.

Йод препаратларини сақлаш ва ҳисоботини юритиш давлат мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ҳамшираси ёки масъул ходими томонидан юритилади.

Болаларда йод танқислигининг мавжудлиги уларда қуйидаги нохуш ҳолатларни келтириб чиқариши мумкин:

ақлий қобилиятнинг бузилиши;

ақл-идрокнинг пасайиши;

бўқоқнинг ривожланиши ва қалқонсимон безнинг дисфункцияси;

болаларнинг жисмоний ва ақлий ривожланишини секинлашиши;

кретинизм, яъни қалқонсимон безнинг етарли даражада ишламаслиги туфайли боланинг ривожланишидаги кечикиш.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#10_fakt

SUV HAQIDA QIZIQARLI 10 TA FAKT

Chanqoqni his qildingizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu organizmingizning biroz suvsizlanganidan darak.

Bilasizmi, inson tanasining taxminan 60% qismi suvdan iborat. Bu shuni anglatadiki, tananing me'yorida ishlashiga suvsizlanish salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Keling, nima uchun suv ichish kerakligini bilib olaylik?

1️⃣ Inson suvsiz bir necha kun yashay oladi.

2️⃣ Suv saraton kasalligining oldini oladi.

3️⃣ Ko‘plab ilmiy izlanishlar suvning kayfiyatga ta’sir qilishi, g‘azab va hayajonni kamaytirishi mumkinligini isbotlagan.

4️⃣ Suv mushak to‘qimalarining 75% ini tashkil qiladi.

5️⃣ Suvsizlanish zaiflik, charchoq va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣ Suv bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi.

7️⃣ Suv tanadan bakteriyalarni tozalashga ko‘mak beradi.

8️⃣ Suv bosh og‘rig‘ining oldini oladi. Ba’zida bosh og‘rig‘iga oddiy suvsizlanish sabab bo‘lishi mumkin.

9️⃣ Ba’zida inson chanqagan bo‘lsa ham ochman, deb o‘ylaydi.

🔟 Suv tanadagi ozuqa moddalarining to‘g‘ri so‘rilishi uchun juda zarurdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
“Тараққиёт стратегияси” маркази томонидан «ЎЗБЕКИСТОН – 2030» Стратегияси бўйича тайёрланган навбатдаги инфографик тўплам орқали  ҳужжатнинг биринчи йўналишининг  мазмуни билан қисқача танишиб чиқишингиз мумкин.

Каналимизга обуна бўлинг 👉🏻
https://t.me/dscuzbekistan

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Внимание_конкурс!

📣📣Дорогие ученики!

Хотите необычным образом порадовать своего учителя по случаю 1 октября-Дня учителя и наставника?

Тогда мы предоставим Вам такую ​​возможность!

Министерство дошкольного и школьного образования сегодня призывает старшеклассников получать стимулы в обмен на этот навык, учитывая, что активность старшеклассников в социальных сетях высокая, ролики, над которыми они работают, набирают обороты.

❗️ Снимите креативный ролик про своего учителя и выиграйте подарок для своего любимого учителя!

⚠️ Итак, каковы условия для этого?

Продолжительность ролика не должна превышать 2 минут;

Поделитесь этим постом на своей странице (ваша страница должна быть открытой во время публикации);

Поделитесь своей творческой работой с хэштегом #Моему_учителю как на своей странице, так и на странице министерства в Facebook под постом, в котором объявлен этот конкурс.

✔️ Творческая работа, получившая наибольшее количество лайков от общественности, признается победителем конкурса и награждается Министерством дошкольного и школьного образования.

🥇1 место - моноблок
🥈2 место - компьютер
🥉3 место - ноутбук

Приветствуется креативный подход к изготовлению роликов.

❗️ Право на участие в конкурсе имеют только те участники, которые выполнили все условия.

⚡️Победители конкурса будут объявлены 28 сентября в 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣.

Время началось!

Подписаться на официальные страницы Министерства
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI
ANGLIYADAGI MAKTABLARDA
DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Farzandim maktabni oltin medalga tamomlashi uchun barcha fanlardan choraklik va yillik baholari aʼlo bo‘lishi yetarlimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tacdiqlangan.

⚡️Unga ko‘ra oltin medal umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

🔹Kumush medal umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari aʼlo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

❗️Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Natijalar_gapirsin

To'garak a'zolarimizdan mashhur qo‘shiq ijrosi!

↪️Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Folklor" tarmoq to‘garak a'zosi Gulzoda Sa'dullaevadan "Bu mening onam" qo‘shiq ijrosi.

📌Batafsil videolavhada ko'rishingiz mumkin.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUXORO VA NAMANGANDAGI MAKTABLARGA KOMPYUTER JAMLANMALARI YETKAZILMOQDA

Bugun zamonaviy kompyuter to‘plamlari va texnik vositalar ortilgan karvon Buxoroga yo‘l oldi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tarqatilayotgan mazkur to‘plamlarda hududdagi 54 maktab uchun xarid qilingan kompyuter jamlanmalari mavjud.

⚡️Ma'lumot o'rnida, 2023-2024-o‘quv yilida viloyatda joylashgan jami 198 ta umumta’lim maktablari uchun so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter va texnik vositalar xarid qilingan.

❗️Bugunga qadar mazkur maktablarning 117 tasiga zamonaviy monobloklar, 27 tasiga kompyuter to‘plamlari yetkazib berildi.
_______________
✔️Shuningdek, mazkur loyiha doirasida Namangan viloyatidagi 72 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 1152 dona kompyuter, 72 dona interaktiv doska, 72 dona proyektor, 72 dona konditsioner, 72 dona printer jihozlari topshirildi.

O‘quv kompyuter sinflari to‘plamlaridan maktablarida chet tili va informatika fanlarini mukammal o‘rgatish uchun doimiy foydalanish ko’zda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar

"TIL EGALARI" UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA: O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR NIMA DEYDI?

Avval xabar berilganidek, yurtimizda xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish maqsadida chet eldan "til egalari" bo‘lgan mutaxassislar yetib kelishgan.

⚡️ Ushbu loyiha doirasida Toshkentdagi maktablarda dars berayotgan fransiyalik Ravey Anne-Lise, misrlik Mahmoud Mohammed Helmy va myanmalik Thular Siram hamda o'quvchilar taаssurotlari bilan qiziqdik.

✔️ Mahmoud Mohammed Helmy, Bektemir tumanidagi 337-maktab:
"Mening yagona maqsadim o'zbek o'quvchilarining ingliz tilida o'z ona tilidagidek yaxshi gaplasha olishlariga erishishdan iborat".

✔️ Thular Siram, Yunusobod tumani 5-maktab:
"Men o'quvchilarimning o'qitish jarayonlariga faolroq qatnashishlarini ta'minlashga harakat qilaman"

✔️ Ravey Anne-Lise, Yunusobod tumani 51-maktab:
"Mazkur ta'lim maskanidagi quvnoq pedagogik jamoada ishlash menda katta taassurot qoldirdi".

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM