Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
18.9K photos
5.72K videos
138 files
11.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
“KITOBXONLIK FESTIVALI” SAMARQANDDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyda viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

🪩Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan bugungi festivalda Respublika bolalar kutubxonasi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari hamda kitobsevar o‘quvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi.

👏Festival doirasida “Kitobxonlar bellashuvi”, “Eng  faol kitobxon oʻquvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari taqdirlandilar.

📈“KITOBXONLIK FESTIVALI”ning barcha yo‘nalish bosqichlari yuqori saviyada tashkil etilib, ushbu kitobxonlik ko‘rik-tanlovida jami 94000 ga yaqin o‘quvchilar qamrab olindi.

🎧Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
⚡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⚡️

📚“KITOBXON BITIRUVCHILAR!”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan2️⃣4️⃣- may kuni soat 14:00 da “G‘afur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘ida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “Kitobxon bitiruvchilar” festivali o‘tkaziladi.

🎹Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

⚡️Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, bitiruvchi kitobxon yoshlarni yangi hayot yo‘liga qadam qo‘yishlarida kitob doimo eng ajoyib do‘st va hamroh bo‘lishini eslatish va o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Ma’lumot uchun:
Joriy yil respublikadagi 10 ming 118 ta maktablarni 392 ming nafardan ortiq 11-sinf o‘quvchilari bitiradi. Ulardan 14 ming nafardan ortig‘i namunali xulqi va a’lo baholari uchun oltin va kumush medallar bilan bitirmoqda.

💫 Barcha bitiruvchi kitobxon yoshlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz! Biz sizni kutamiz!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OILAMIZ EDI, KETISH OG‘IR BO‘LYAPTI

Maktabga kelib, darslarga kirmaganimiz, vaqtimizni zoye ketkazganimiz, maktab davrini qadriga yetmaganimiz...

Ustozlarimizdan kechirim so‘raymiz, bergan bilimlaringizga rahmat, biz sizlarni sog‘inamiz...

Bitiruvchilar iqrori
#Tanlov_natijasi
#Fransiya

📣📣 “ENG YAXSHI FRANSUZ TILI O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi maktablarning fransuz tili o‘qituvchilari uchun "Eng yaxshi fransuz tili o‘qituvchisi" tanlovini tashkil etganligi haqida xabar bergandik.

✔️Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi va yakuniy natijalarga ko‘ra:

✔️ Dilrabo Yusupjonova – Izboskan tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Umriniso Muhiddinova – G'ijduvon tumanidagi 62-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Aza Olimjonova – Farg'ona shahridagi 3-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Munisa Elmurodova – Ishtixon tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Oysanam Abdurahmonova – Toshkent shahridagi 51-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Maftuna Abdug‘aniyeva – Yuqori Chirchiq tumanidagi 31-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Mehri Ibadullayeva – Shovot tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Nafosat Karimboyeva – Shovot tumanidagi 8-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Mahbuba Xadjiyeva – Qo'shko'pir tumanidagi 30-maktab o‘qituvchisi,
✔️ Asadbek Sapayev – Yangiariq tumanidagi 4-maktab o‘qituvchisi g‘olib bo‘lishdi.

❗️G'olib o'qituvchilar iyul oyida 2 hafta davomida Fransiya davlatining Grenobl shahrida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi.

Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.

***

Министерство дошкольного и школьного образования сообщает, что распространяемые в социальных сетях запреты, связанные с последним звонком в школах Узбекистана, не имеют никаких оснований.

Ранее министерство разработало необходимые рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в школах.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O'zbekiston” universiteti tomonidan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti “International Conference on Information, System and Convergence Applications” (ICISCA 2023) nomli xalqaro ilmiy konferensiyaga mezbonlik qiladi. Konferensiya 3-6-iyul kunlari offlayn tarzda universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🪩 E’tiborga molik jihati shundaki, ushbu konferensiyada dunyo bo‘ylab axborot texnologiyalariga qiziquvchi yoshlar, tadqiqotchilar hamda barcha ilm ahli bir joyga jamlanib, o‘zaro tajriba almashishlari mumkin.

👉 Batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://icisca.newuu.uz/

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Tanlov_natijasi

“Yosh gvardiyachi” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi, shuningdek boshqa bir qator hamkor vazirlik va idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

❗️Musobaqada jami 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida joylashgan 18- maktab jamoasi 1-o‘rinni,
🥈 Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan 1-maktab jamoasi 2-o‘rinni,
🥉 Namangan viloyati, Chortoq tumanida joylashgan 5-maktab jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

✔️ Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#KITOB_OQSHOMI

📚“KITOB OQSHOMI” FESTIVALI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan2️⃣4️⃣- may kuni soat 19:00 da “MAGIC CITY”da “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “KITOB OQSHOMI” festivali o‘tkaziladi.

📖Festival doirasida kitob ko‘rgazmalari, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, konsertlar va sayrtomoshalar bo‘lib o‘tadi.

🧡Ushbu festivalni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga mutolaa uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlarni tavsiya etishdan iborat.

🎼Oldinda sizni estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar va "Kitoblar sovg‘asi" hamda "Muzqaymoq party" kutmoqda. Biz sizni kutamiz!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sovrin jamg‘armasi 1 million AQSH dollari bo‘lgan “President Tech Award” eng yaxshi startaplar tanloviga start berildi

O‘zbekistonda ilk marotaba sovrin jamg‘armasi 1 million AQSH dollari bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi.

President Tech Award – bu 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi dasturiy mahsulotlar uchun tanlovdir.

Tanlovning asosiy maqsadi: yoshlar e'tiborini IT-texnologiyalari sohasiga jalb qilish va ularni jahon bozorida raqobatlasha oladigan innovatsion yechimlar va ishlanmalarni yaratishga undashdan iborat.

Tanlovda kimlar qatnashishi mumkin?

Tanlovda faqat ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2023-yil 1-iyulga qadar.

Tanlovda ishtirok etish bepul bo‘lib, unga foydalanuvchilar va sotuvga ega bo‘lgan startaplar ariza topshirishi mumkin. G‘oya bosqichidagi startaplar asosiy tanlovdan o‘ta olmaydi.

Arizani to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan materiallar:

• Ro‘yxatdan o‘tish uchun “OneID”da akkaunt;
• Loyihani tavsiflovchi video (3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan);
• Loyiha taqdimoti (PDF formati) - faylni yoki faylga havolani yuklash;
• Loyiha prototipiga havola (MVP);
• GitHub-da loyiha havolasi.

Tanlov haqidagi batafsil ma’lumotlarni https://awards.gov.uz rasmiy saytidan olish mumkin.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Siz ham 1 million AQSH dollarlik "President Tech Award" tanlovida qatnashing!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#KITOB_OQSHOMI

📚“KITOB OQSHOMI” FESTIVALI

Bugun, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “MAGIC CITY”da “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “KITOB OQSHOMI” festivali o‘tkazildi.

😁Festival doirasida estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar va "Kitoblar sovg‘asi" hamda "Muzqaymoq party" tashkillashtirildi.

🤩📘Kitobxonlik festivali tom ma'noda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM