Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.5K subscribers
27.6K photos
6.96K videos
147 files
14.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
‼️‼️‼️
#Jonli_efir

Hurmatli ustozlar!

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi boshlanishi oldidan onlayn JONLI MULOQOT tashkil etilmoqda!

Unda mazkur jarayonlarning muhim jihatlari va nomzodlarni baholash mezonlari haqida so‘z yuritiladi.

Sanasi: 4-FEVRAL, 2026-yil
Vaqti: 16:00 da

👉 Muloqot vazirlikning rasmiy FACEBOOK sahifasida boʻlib oʻtadi.

Savollaringizni Facebookdagi mazkur xabar izohida qoldirishingiz mumkin.


🔰 Mas’ullar tomonidan mavzu yuzasidan savollarga batafsil javob beriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida “Reggio Emilia yondashuvi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

🗄Tadbir davomida Reggio Emilia yondashuvining mazmun-mohiyati, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘llari hamda bolalarning ijodiy va kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilg‘or tajribalar amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyish etildi.

🔹Yondashuvning asosiy tamoyillari:
➡️bolani markazga qo‘yish;
➡️o‘yin va faol tajriba orqali o‘rganish;
➡️muhitning ahamiyati;
➡️ota-onalar bilan hamkorlik;
➡️pedagogning faol roli;
➡️hujjatlashtirish va kuzatuv.


Sirdaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#Йил_ўқитувчиси

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining birinchi bosqich natijalari hamda ikkinchi bosqichning muhim jihatlari yuzasidan BRIFING

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan «Yil o‘qituvchisi» tanlovining birinchi bosqich sinovlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlari natijalariga integratsiya qilingan holda tashkil etildi.


📊 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlarida umumiy hisobda 175 738 nafar pedagog ishtirok etdi. Ularning 46 703 nafari «Yil o‘qituvchisi» tanlovi Nizomi talablariga to‘g‘ri kelganligi sababli, tanlovning birinchi bosqich jarayonlarida qatnashdi.

🔹Birinchi bosqichda har bir tuman (shahar)dan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazilishi belgilangan.

Har bir tuman (shahar)dan 3 nafardan — jami 624 nafar pedagog «Yil o‘qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichiga o‘tkazildi.

Tanlovning ikkinchi bosqichi joriy yilning 10-FEVRAL kuni mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan umumta’lim maktablarida boshlanishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda nomzodlarning o‘z fani bo‘yicha dars o‘tish mahorati belgilangan mezonlar, xususan hakamlar hay’ati tomonidan – 60 ballik tizim asosida, tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan (ovoz berish yo‘li orqali) 40 ballik tizim asosida baholanadi.

🔰 Pedagoglarning ovoz berishlari uchun nomzodning 45 daqiqalik dars o‘tish jarayoni uzluksiz, to‘liq videokameraga yozib olinadi hamda montajsiz tarzda belgilangan tartibda pedagog.uzedu.uz maxsus platformasiga joylashtiriladi.

🌐 BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” — Do‘stlik tumanida sport shukuhi!

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada tumandagi 17 ta umumta’lim maktabi jamoalari faol ishtirok etib, g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi.

🏆 Yakuniy natijalar:
🥇 1-o‘rin — 9-maktab jamoasi
🥈 2-o‘rin — 12-maktab jamoasi
🥉 3-o‘rin — 8-maktab jamoasi

➡️G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Ushbu sport tadbirlari kelgusida ham muntazam ravishda davom ettiriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablarda anʼanaviy (qogʻoz) kundaliklar, sinf jurnallari joriy etilayotganligiga doir tarqalayotgan xabarlar huquqiy asosga ega emas.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 5-sentabrdagi 3931-sonli qarori hamda 2019-yil 29-apreldagi 5712-son Farmoniga asosan ayni vaqtda mamlakatimizdagi mavjud barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining davomati va fanlarni oʻzlashtirish baholari eMaktab elektron jurnal tizimi orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Bundan koʻzlangan maqsad, oʻqituvchilardagi ish yuklamasini kamaytirish, oʻquv jarayonini tashkil etishda zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdan iborat. Ushbu jarayon xalqaro tajribada ham oʻzini oqlagan.

Mazkur tizim joriy etilishi natijasida ota-onalarning oʻz farzandlarining darslarni oʻzlashtirish darajasini masofaviy kuzatish imkoniyati yaratilib, oʻquvchilarni baholashda shaffoflik taʼminlanib kelinmoqda. Shuningdek, pedagoglar faoliyatiga doir turli qogʻozbozliklarning kamayishiga erishildi.

Shu oʻrinda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mamlakatimiz maktablariga anʼanaviy kundalik va sinf jurnallariga qaytish boʻyicha topshiriq berilmaganligini maʼlum qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari ortga qaytmas tus olganligini alohida taʼkidlab oʻtamiz.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖Ta'limda teng imkoniyat: olis hududlardagi maktablarga onlayn xorijiy til darslari yo‘lga qo‘yildi

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida ushbu maktablarga 102 nafar mutaxassis biriktirilib, masofaviy darslar yo‘lga qo‘yilishi natijasida 10 ming nafardan ortiq o‘quvchi xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi boshlanishi oldidan tashkil etilayotgan onlayn JONLI MULOQOT boshlandi
.

Unda mazkur jarayonlarning muhim jihatlari va nomzodlarni baholash mezonlari haqida so‘z yuritiladi.


🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Bugun A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi hay‘ati a'zolari uchun trening boshlandi.

🔹 Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev qatnashib, tanlov jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda baholash mezonlari haqida so'z yuritildi.

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqichi hay‘at aʼzolari uchun 2 kunlik trening mashg‘ulotlari davomida:

dars maqsadlarining to‘g‘ri qo‘yilishi va ularga erishishning samarali yo‘llari;
dars tuzilishi, izchilligi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash;
AKT va interaktiv vositalardan foydalanish;
dars tahlili va baholash mezoni kabi mavzularda amaliy mashg'ulotlar va maruzalar tashkil etilgan.

Mashg‘ulotlarda dars tahlili, baholash indikatorlari, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda tanlov jarayonining tashkiliy jihatlari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berilmoqda.

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по дальнейшему совершенствованию системы дошкольного образования и воспитания.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiysoha #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X