Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.1K subscribers
27.3K photos
6.89K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xorijiy_tillar
#Toshkent_tajribasi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Toshkent tajribasi asosida "English for the future" — "Kelajak uchun ingliz tili" loyihasiga start berildi.

Bugun "Yil sarhisobi"ga bag‘ishlangan ota-onalar yig'ilishlari doirasida loyihaning taqdimoti ham tashkil etildi.

🌐 Ma'lumot o‘rnida: xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan mazkur loyiha tajriba-sinov tariqasida dastlab Toshkent shahrida yo‘lga qo‘yildi.


Bunda yurtimizdagi umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘quvchilar uchun bepul til o‘rganish kurslari tashkil etiladi.

🔰 Loyiha doirasida, shuningdek maktablarning 10- va 11-sinf o‘quvchilarining xorijiy til bilimlarini baholash va natijalar asosida o‘quvchilar bilimidan kelib chiqib qo’shimcha darslar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

📍Shayxontohur tumanidagi jarayonlar
📍Mirzo Ulug'bek tumanidagi jarayonlar
📍Mirobod tumanidagi jarayonlar
📍Yashnobod tumanidagi jarayonlar
📍 Yangihayot tumanidagi jarayonlar

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Reggio Emilia yondashuvi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish mavzusida seminar-treninglarga start berildi.

Bugun Farg’ona va Sirdaryo viloyatlarida o’quv jarayonlari bo‘lib o’tdi.

🟢Ma’lumot o‘rnida: Reggio Emilia metodi — bolani ta’lim jarayonining markaziga qo‘yuvchi, uning fikrlashi, ijodkorligi va mustaqil o‘rganishini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvdir.

Seminar davomida:
➡️bolani ta’lim jarayonining markaziga qo‘yish,
➡️o‘yin va ijod orqali o‘rganishni tashkil etish,
➡️mustaqil fikrlovchi, faol va izlanuvchan shaxsni tarbiyalash,
➡️pedagogning yo‘naltiruvchi va hamkor sifatidagi roli kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur seminar-trening pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va zamonaviy metodlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar
#Toshkent_tajribasi

Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak uchun ingliz tili" loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🔰 Jarayonlar davomida xorijlik ustozlar, ota-onalar va o‘quvchilarning ham fikrlariga quloq tutdik.


🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡“Energiya sarfi savodxonligi” — energiya tejamkorligi bo‘yicha tizimli ta’lim tashabbusi

🌱 Mazkur tashabbus yosh avlodda resurslardan oqilona foydalanish, energiyani tejash madaniyati va ekologik mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan.

📘 Dastur doirasida mashg‘ulotlar “Energiya sarfi savodxonligi” amaliy ish daftari asosida olib borilib, o‘quvchilar:

🔌 oiladagi elektr energiyasi sarfini kuzatadi;
📊 ma’lumotlarni jadval asosida qayd etadi;
📈 tahlil qiladi va tejash bo‘yicha amaliy xulosalar chiqaradi.


🏫 Jarayon o‘quvchi, oila va maktab hamkorligida amalga oshiriladi hamda barqaror turmush ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

📆 Ushbu tashabbus ta’lim muassasalarida 2025-2026-o‘quv yilining oktabr–mart oylari davomida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Toshkent_tajribasi

Bugun poytaxtimizda xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan test sinovlariga start berildi


🌐 Mazkur jarayonlar "Kelajak uchun ingliz tili" loyihasi doirasida poytaxtimizda joylashgan maktablarda tashkil etilgan.

O‘quvchilarga MOCK test sinovlarini ishlash uchun 90 daqiqa vaqt beriladi, bunda Tinglab tushunish (Listening), Grammatika va O'qib tushunish (Reading) asosida ishtirokchilarning natijalari baholanadi.


🔰 Sinovlar yakunida natijalar tahlil qilinib, o‘quvchilarni turli darajalardagi guruhlarga ajratish va bepul togarak mashgulotlarini otkazish rejalashtirilmoqda. To‘garak mashg‘ulotlari umumta‘lim maktablarida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar tomonidan tashkil etiladi.

🔴 Test jarayonlari davom etmoqda.

#English_for_the_future

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ислоҳотлар_янги_йилда

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-tarbiyachilar va maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

yangi raqamli platforma ishga tushiriladi hamda texnikum bitiruvchilarining kasbiy koʻnikmalari haqidagi barcha maʼlumotlar joylashtiriladi.

👉 2026-yil 1-avgustdan boshlab:

umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga dars soatlari belgilangan yangi tartib asosida taqsimlanadi:

👉 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:

menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab maslahatchilariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

muhandislik maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialida taʼlim faoliyati boshlanadi;

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Nizomiy nomidagi Oʼzbekiston milliy pedagogika universiteti boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi, xususan “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM