Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi

Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan Oʻqituvchilar olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Shermatov hamda olimpiada ishtirokchilari qatnashdi.


🔰 Ma’lumot uchun: olimpiada sinov jarayonlari 24-25-sentabr kunlari 2 turda oʻtkaziladi.

📍 Jarayonlar Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Renessans” oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 80-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 80th session of the United Nations General Assembly

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мамлакатимиздаги янгиланишларга алоҳида тўхталди.

"Биз Барқарор ривожланиш мақсадларига ҳамоҳанг ҳолда, демократик, ҳуқуқий, ижтимоий ва дунёвий Янги Ўзбекистонни барпо этиш сиёсатини олиб бормоқдамиз. Бунинг учун ортга қайтмас ислоҳотларимизни изчил давом эттиряпмиз.

Устувор мақсадимиз – мамлакатимизда яшаётган ҳар бир оиланинг, ҳар бир фуқаронинг ҳаётини тубдан ўзгартириш, инсон қадри ва фаровонлигини оширишдир"
,

- деди давлатимиз раҳбари.

Сўнгги йилларда Ўзбекистонда камбағаллик даражасини 35 фоиздан 6,6 фоизгача қисқартиришга эришилгани таъкидланди. Бунга, аввало, таълим ва илм-фан соҳасини ўзгартириш, инновацион тармоқлар ва технологик саноат корхоналарини барпо этиш, “яшил” энергетика ва транспорт инфратузилмасини модернизация қилиш, кичик бизнесни ҳар томонлама ривожлантириш ва натижада миллионлаб иш ўринлари яратиш орқали эришилмоқда.

Мамлакатимизда мактабгача таълим қамрови 27 фоиздан 78 фоизга ошгани, ёшларимизнинг олий таълим билан қамрови эса 9 фоиздан 42 фоизга етгани қайд этилди. Энг асосийси – ўқитувчи ва устозлик касбининг обрўси ва нуфузини кескин оширишга ҳал қилувчи масала сифатида қаралмоқда.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз нутқини давом эттирар экан, педагогларнинг ўзаро тажриба ва билим алмашиши учун ягона халқаро платформани яратиш мақсадида Ўзбекистонда Бутунжаҳон профессионал таълим саммитини ўтказишни таклиф этди.

Шунингдек, мамлакатимизда илғор соғлиқни сақлаш тизими яратилаётгани таъкидланди. Эртага Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг бош қароргоҳида Ўзбекистон ташаббуси билан болалар саратони ва бошқа оғир касалликларга қарши курашга бағишланган юқори даражадаги тадбир ўтказилади. Президентимиз барча хорижий ҳамкорларни ушбу тадбирга таклиф этди.

Яна бир муҳим йўналиш – гендер сиёсати. Мамлакатимизнинг ижтимоий-сиёсий ҳаёти ва тадбиркорлик соҳасида хотин-қизларнинг ролини бундан буён ҳам мустаҳкамлаш мақсад қилинган. Ўзбекистон кенг минтақамиз миқёсида Осиё хотин-қизлар форумини доимий платформага айлантириб, мунтазам ўтказиб бориш тарафдори экани қайд этилди.

"Яна бир бор таъкидламоқчиман: биз Барқарор ривожланиш мақсадларига эришиш йўлида олган мажбуриятларимизга содиқмиз. 2030 йилга бориб “даромади ўртадан юқори” бўлган мамлакатлар қаторига киришни ният қилганмиз.

Шу мақсадда очиқ ва прагматик сиёсатимизни изчил давом эттирамиз
",

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X
Prezident BMTda: “O‘qituvchilarning obro‘sini oshirishga hal qiluvchi masala deb qarayapmiz”

O‘zbekistonda o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, yoshlarimizning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani qayd etildi. Eng asosiysi – o‘qituvchi va ustozlik kasbining obro‘si va nufuzini keskin oshirishga hal qiluvchi masala sifatida qaralmoqda”

— dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozga_ehtirom
#Олий_таълим

Elmurod Nasrullayev — Guliston davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining taqdimotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida, xalqaro ekspertlar ishtirokida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

🔴Amaldagi “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Singapur, Kembridj hamda UNESCOning XXI asr namunaviy ta’lim dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.

📅2025-yil 23-sentabr kuni UNICEF binosida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining xalqaro standartlar asosida kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar taqdimotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🫥Taqdimotda UNICEF vakillari, xalqaro ekspert Kristian Fabbi, vazirlik va tashkilot vakillari, oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislari, malaka oshirish institutlari, pedagogika texnikumi, ijtimoiy himoya milliy agentligi va ta’limni rivojlantirish markazi vakillari, xalqaro hamkor tashkilotlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi MMTV, viloyatlar va Toshkent shahar MMT boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini muvofiqlashtirish sho’basi boshliqlari ishtirok etdilar.


➡️Taqdimot yakunida mutaxassislarning fikrlari eshitilib, dasturni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha vazifalar belgilandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Fotoreportaj

🔴 Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan oʻtkazilayotgan Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi 1-turidan fotoreportaj.


Ishtirokchilar 1-turda fanlar kesimida quyidagi topshiriqlar bo‘yicha bellashmoqda:

Biologiya fanidan - laboratoriya ishi,
Matematika fanidan - yozma ish,
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - dasturlash topshiriqlari.

🔰 Olimpiadaning 2-turi ertaga, 25-sentabr kuni oʻtkaziladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM