Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;

oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi;

muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;

muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi;

👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi;

tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi;

tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Почему важно беречь воду?

С раннего возраста необходимо прививать детям навыки экономного и рационального использования воды.

Ведь вода — один из самых ценных ресурсов, который необходимо сохранить для будущих поколений
и не допускать её расточительного использования.


Для расширения экологических знаний учащихся в этом направлении были подготовлены анимационные ролики.


🌐Подробнее — в видеоролике.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Poytaxtimizda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali hamda mazkur filialning Vasiylik kengashi tashkil etiladi;

Filialda taʼlim faoliyati 2026-2027-oʻquv yilidan boshlanadi;

Taʼlim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida olib boriladi;

abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;

Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➡️ Shuningdek, qaror bilan:

Filial uchun Yangi Toshkent shahri hududida 2 000 oʻrinli oʻquv-laboratoriya binosi va 800 oʻrinli talabalar turarjoyi qurish hamda uni oʻquv, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash belgilandi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi;

Institut Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

"Olmaliq KMK" AJ Institutga asosiy sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etiladi;

maktabda taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi.

👉Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Toshkent shahrida yana bir “Ilk rivojlantirish markazi” ochildi


Mirobod tumanida bo’lib o’tgan ochilish marosimida ishtirokchilar markazdagi zamonaviy o‘quv xonalari, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

➡️Ilk rivojlantirish markazlari 3–6 yoshli bolalarni qamrab olib, xususan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga ham sifatli ta’lim-tarbiya xizmatlarini taqdim etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Islom taraqqiyot banki Prezidenti doktor Muhammad Al-Jassir bilan uchrashdi.

Tadbir davomida xorijiy hamkorlar Maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati bilan tanishdi.

🔰Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekistondagi UNICEF vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio ham ishtirok etib, tashkilotning maktabgacha taʼlimni rivojlantirish borasidagi qoʻshma tashabbus va hamkorlik loyihalarini yanada kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

🌐Muloqot chogʻida IsDB tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib,“Jalinga” multimedia studiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔰 Maʼlumot uchun: Loyiha doirasida mazkur Institutda Vazirlik tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda birinchi marotaba sunʼiy intellekt asoslangan “Jalinga” multimedia studiyasi ishga tushirildi.

Shuningdek, hududlardagi Pedagogik mahorat markazlari faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.


Mehmonlar, shuningdek, institutdagi malaka oshirish kurslari va amaliy mashgʻulotlar jarayonini kuzatib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#dastur

👍Kembrij tashkilotining xalqaro ekspertlari va mahalliy mutaxassislar ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Ishchi yig’ilishlar fizika, tasviriy san‘at va chizmachilik, xorijiy tillar hamda texnologiya fanlari o’quv dasturlarini takomillashtirish bo’yicha tashkil etildi.

Bizni kuzating!
🌐 Veb-sayt ✈️ Telegram 👥 Facebook 📺 Youtube 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Temur Komilov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Mazkur muloqot tadbiri “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablari infratuzilmasini kengaytirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Bundan ko’zlangan maqsad — yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va mavjud maktab infratuzilmasi holatini o‘rganish hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat.

📊 Maʼlumot o‘rnida: ayni vaqtda vazirlik tomonidan OIIB bilan hamkorlikdagi loyihaning birinchi bosqichida qamrov koeffitsienti yuqori bo‘lgan hududlarda 95 ta yangi o‘quv binosi, ikkinchi bosqichda esa aholisi zich hududlarda 70 ta yangi maktab qurilishi ko‘zda tutilgan.


🔰 Shuningdek, uchrashuvda OIIB delegatsiyasining Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridagi maktablarda tashkil etilgan o’rganishlari tahlil qilinib, loyihaning keyingi bosqichlariga oid rejalar muhokama qilindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM