Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.1K subscribers
27.3K photos
6.89K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov UNESCO tomonidan o‘tkazilayotgan "Digital Learning Week 2025" doirasidagi navbatdagi plenariya sessiyada ishtirok etdi.

Mazkur sessiyada ta'limda sun’iy intellektdan foydalanishdagi etik tamoyillar, uning shaffofligi va buning o‘quv jarayonidagi ta’siri muhokama etildi.

Xususan, GenAI vositalari orqali yozish, tadqiqot, dars rejalashtirish va baholash jarayonlarida vujudga kelayotgan yangi vaziyatlar hamda o‘quvchi va o‘qituvchilarning farovonligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


📍 Eslatib o‘tamiz, tadbir Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


✈️Vazir Qoraqalpog’istonda — ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari o’rganilmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

📍 O‘rganishlar davomida vazir Nukus shahrida barpo etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

📊 Mazkur ta’lim maskani “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, 870 o‘quvchiga mo‘ljallangan.


🔴 Hozirda maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Vazir E’zoza Karimova shu kuni Gimnastika maktabi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

🔰
Jarayonlarni o’rganib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Sirdaryo viloyatida “Ilk rivojlanish markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

🏫Sirdaryo tumani Yoshlik mahallasida joylashgan Pedagogika texnikumi binosida 305 o‘rinli “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etildi. Markazda quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim va tarbiya yo‘lga qo‘yilgan:

🟢O‘yin guruhi (muqobil model): kuniga 2 smenada, 3,5–4 soat davomida 100 nafar bolalarga qisqa muddatli ta’lim beriladi.

Maxsus guruh: 20 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolaga tarbiyachilar uyiga tashrif buyurib, inklyuziv ta’lim beradi.


🖥 Bolalarni ro‘yxatdan o‘tkazish BBIT.uz platformasi orqali amalga oshirilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_dars

Bugun Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ochiq dars tashkil etildi.


🔰 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, o‘quvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda qatagʻon qurbonlari va jadidchilik harakati namoyandalari jasorati, shonli tariximiz, buyuk bobolarimizning hayot yo‘lari haqida so‘z yuritildi.


🌐 Muloqot chog‘ida, shuningdek yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish hamda ajdodlar merosi va tarixini o‘rganishning ahamiyati ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tarix fanidan ochiq dars mashgʻulotlari Qatagʻon qurbonlari davlat muzeyi hamda hududlardagi OTMlarda tashkil etilgan xotira muzeylarida oʻtkazilishi ko'zda tutilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM