Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Taqdirlash_marosimi

Bugun ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarga mas’ul rahbar hamda pedagoglar ishtirokidagi treninglar o‘z yakuniga yetdi.

📊 Unda 300 nafardan ortiq mas’ullar qatnashib, mahorat darslarida bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashdi.

🔰 Tadbir doirasida O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva va O’zbekiston Respublikasi Xalq artisti Zuhra Ashurovaning ishtirokchilar bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansamblini yangi mavsumda samarali tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni qo’llab-quvvatlash va kelgusi rejalar haqida so’z bordi.


Shuningdek, pedagoglar bu boradagi fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

🌐 Tadbir yakunida seminar ishtirokchilariga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chinoz tumanida yangi 5 ta bogʻcha oʻz faoliyatini boshladi

Bayram arafasida Toshkent viloyati Chinoz tumanida qoʻshimcha 5 ta nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi.


Natijada 200 nafar bolajon ilk bor bogʻcha ostonasiga qadam qoʻyadigan boʻldi, 35 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Chinoz tumani
Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Олий_таълим

Yangi o‘quv yiliga katta sovg‘a!

JDPU “Bog‘ishamol” hududida 600 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.


Xonalarda barcha qulayliklar, yuvinish xonalari va sanuzellar, shuningdek, yoshlar uchun samarali ta’lim olish hamda mazmunli hordiq chiqarish imkoniyatlari yaratilgan.

Tantanali marosimda faxriylar, ustozlar va talabalar ishtirok etib, yangi turar joyni mustaqillikning 34 yilligi hamda 2025–2026 o‘quv yili uchun katta tuhfa sifatida e’tirof etdilar.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab “Bog‘ishamol” hududida 2500 o‘rinli ulkan o‘quv binosi ham ishga tushiriladi. Unda Filologiya hamda Aniq fanlar fakultetlari talabalari o‘qishni boshlaydilar.

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
💬 O‘zbekistonda ilk bor BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi сheklangan konvensiyasi huzuridagi Bolalar va yoshlar masalalari bo‘yicha global rasmiy guruh shafeligida Yoshlarning mahalliy konferensiyasi (LCOY) o‘tkazilmoqda.

📣 LCOY "yashil" madaniyat va yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi harakatlarini targ‘ib qilish borasida muhim platforma hisoblanadi. Platforma yoshlarga iqlim muammolari bo‘yicha g‘oyalar va yechimlar almashish, tengdoshlari va ekspertlar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Konferensiya yoshlar va bolalarni iqlim, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari fanidan xabardor qilish, shuningdek, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yoshlarning sa’y-harakatlarini kuchaytirishga qaratilgan.

📩 Konferensiyada ishtirok etish uchun minglab arizalar orasidan O‘zbekistonning barcha hududlaridan bo‘lgan 100 nafardan ortiq yoshlar tanlov asosida saralab olindi.

🏆 O‘zbekistondagi LCOY "Yosh ekochempionlar" milliy hamjamiyati a’zolari bo‘lgan yoshlar tomonidan tashabbus ko‘rsatilgan va tashkil etilgan organik jarayonning natijasi bo‘ldi.

~~~

💬 Впервые в Узбекистане проходит Локальная конференция молодёжи (LCOY) под эгидой Глобальной официальной группы по делам детей и молодёжи при Рамочной конвенции ООН об изменении климата.

📣 LCOY является важной площадкой для продвижения «зелёной» культуры и действий молодёжи для борьбы с изменением климата. Платформа позволит молодёжи обменяться идеями и решениями климатических проблем, пообщаться со сверстниками и экспертами. Конференция направлена на просвещение молодёжи и детей в области науки о климате, изменения климата и его последствий, а также на усиление действий молодёжи в борьбе с изменением климата для устойчивого развития Узбекистана.

📩 Для участия в конференции на конкурсной основе из тысяч заявок были отобраны более 100 молодых ребят со всех регионов Узбекистана.

🏆 LCOY в Узбекистане — следствие органичного процесса, инициированного и организованного молодыми людьми — членами Национального сообщества «Молодые экочемпионы».

#LCOY #YoungClimateChampions #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM