Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram

#Shu_kunlarda

🔴 Yangi o‘quv yili oldidan Respublikamiz bo‘ylab qator ta'lim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniga yetib, foydalanishga topshirilmoqda.


Xususan:

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida 49-umumta’lim maktabining qo‘shimcha 520 o‘rinli yangi o‘quv binosi fqad rostladi.

🔰 Shuningdek, Farg‘ona shahrining “Madadkor” mahallasi hududida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi 500 o‘rinli nodavlat maktab va 280 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasining ochilishi katta shodiyonaga aylandi.

Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Vobkent hamda Jondor tumanlarida ham “Ilk rivojlanish markazlari” tashkil etildi.

Mazkur markazlarda dastlab 720 nafar bolalar qamrab olinib, ta’lim jarayonlari 2 smenada 4 soatdan olib boriladi.

📍 Sirdaryo viloyati, Yangi avlod MFYda “Bambi” nomli davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan 300 o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi.

🌐 Nukus tumani "Taqirko‘l" ovul fuqarolar yig‘ini hududida yangi, zamonaviy 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bolajonlar uchun oz eshiklarini ochdi.

120 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu muassasa zamonaviy talablar asosida barpo etilgan va barcha qulayliklarga ega.

📍 Toshkent viloyati, Angren shahridagi "G‘afur G‘ulom", " Yangi bog‘i surh" mahallalarida yuz o‘rinli yangi DXSH asosida barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari ish boshladi.

Shuningdek, hududda “Jadidlar avlodi” DMTT ham foydalanishga topshirildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#2_kun

Tarbiyaviy ishlar uchun mas’ullar ishtirokidagi o‘quvlar davom etmoqda

Bugun treninglar doirasida seminar ishtirokchilari bilan ochiq muloqot bo‘lib o’tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va Narkotiklarni nazorat qilish Milliy markazi direktori Ravshan Mamatov qatnashib, yoshlarni yot g’oyalar va tahdidlardan asrash yo’nalishida bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifalar haqida so‘z yuritishdi.


🔰 Seminar davomida,shuningdek quyidagi masalalar muhokama qilindi:

➡️Yangi metodikalar va hujjatlarni amaliyotga joriy etish;
➡️Tarbiyaviy ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish;
➡️O‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ota-onalar bilan hamkorlik, jinoiy holatlarning oldini olishni kuchaytirish;
➡️Bog‘chadan oliy ta’limgacha yagona uzluksiz tarbiyaviy tizimi.

🔴 Trening ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bugun kunning ikkinchi qismida bo‘lib o‘tadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fransiya_taassurotlari

"Har bir fransuz tili o‘qituvchisi Fransiyani ko‘rishni istaydi..."

Bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaning Frankafoniya markazida malaka oshirgani haqida xabar bergan edik.


Mazkur universitetda tashkil etilgan treninglar ishtirokchisi, Samarqand shahridagi 43-umumta’lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi Abdushukur Ubaydullayev o‘z taassurotlari bilan bo'lishdi.


🌐 Batafsil videolavhada.

Samarqand viloyati MMTB Axborot xizmati            

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Seul

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Global fuqarolik ta’limi bo‘yicha X xalqaro konferensiyada

👍 Respublika ta’lim markazi vakillari 27–30-avgust kunlari Seul shahrida o‘tayotgan "Global fuqarolik ta’limi" bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.

❗️ Konferensiyada 300 dan ortiq ta’lim xodimlari, siyosatchilar va olimlar tinchlik va birdamlikni rivojlantirishda global fuqarolik ta’limining o‘rnini muhokama qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida so‘z bordi.


Muloqot yakunida tomonlar kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_shukuhi

🔴 “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlaridа g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari ishtirokida tadbirlar davom etmoqda.


Ushbu badiiy chiqishlar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan.

📍 Toshkent shahridagi tadbirda “Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli o’quvchilari ham qatnashdi.
_________

Fotolavhalarda poytaxtimiz va Surxondaryo, Buxoro, Xorazm hamda Jizzax viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM