Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.3K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

🚦"Yashil chiroq-2025" musobaqasining Respublika bosqichi g’oliblari taqdirlandi

🟢 Kuni kecha Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 14 ta jamoa mazkur musobaqa doirasida o‘zaro bellashishdi.

📍Musobaqa hamda taqdirlash jarayonlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Semurg‘" bolalar oromgohida bo’lib o’tdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:


🥇1-o’rin - Buxoro viloyati jamoasi;
🥈2-o’rin - Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari;
🥉3-o’rin - Andijon, Surxondaryo va Namangan viloyati jamoalari qo’lga kiritishdi.

❗️Barcha g’olib jamoalarni samimiy tabriklaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Олий_таълим

Al-Xorazmiy universitetiga ariza topshirgan abituriyentlar uchun qabul imtihoni o‘tkazilmoqda.

📝 Talabgorlar matematika va mantiqiy fikrlash fanlaridan ingliz tilida test topshirishadi.

#imtihon2025 #exam2025

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 577-sonli DMTTda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida bolajonlarning sog‘lom ovqatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


📝Har kuni tarbiyalanuvchilar vitaminlarga boy, mazali taomlardan bahramand bo‘lishmoqda. Ovqatlanish jarayoni gigiyena qoidalari va sanitariya me’yorlariga to‘liq mos ravishda tashkil etilgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fransiya_taassurotlari

🟢TA’LIM SAYOHATI YANGI O‘QUV YILI OLDIDAN MENGA YANGICHA KUCH-GʻAYRAT BAXSH ETDI!

💎O’zbekistonlik bir guruh fransuz tili fani o’qituvchilari qatorida Vobkent tumanidagi 21-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Zebiniso Davronova ham Fransiyaning Frankafoniya yozgi universitetida tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treninglarida ishtirok etib qaytdi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Янги_ўқув_йилига_тайёргарлик

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova boshchiligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, mas'ullar, tuman hokimlari ishtirok etdi.


Yig‘ilish davomida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilish, ta‘lim tashkilotlaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari haqida so‘z bordi.

🔰 Shuningdek, maktabgacha ta'lim qamrovini oshirish, "Ilk rivojlanish markazlari" ning jihozlash jarayonlarini to‘liq yakunlash, maktablarda xorijiy til mutaxassislarini jalb etish bo‘yicha mas‘ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iste’dodli o‘quvchilarning bayram tuhfasi katta sahnalarda!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab katta madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿 “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirlarida maktab o‘quvchilari ham o‘z iste’dodlarini namoyish etishmoqda.

🎭“Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” tanlovlarining tuman, hududiy hamda respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari o‘zining badiiy chiqishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas lahzalar ulashmoqda.

🎗️Bu ijodiy chiqishlar nafaqat o‘quvchilar mahoratini namoyon etadi, balki yosh avlodda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ijodkorlik ruhini yanada mustahkamlaydi.

📌Eslatib oʻtamiz, tadbirlar 26-27-28-avgust kunlari koʻrsatilgan manzillarda oʻtkaziladi.

🌐 Toshkent shahridagi jarayonlardan fotoreportaj.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM