Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
95.2K subscribers
27.2K photos
6.88K videos
147 files
14.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Jasorat_maktablari

👍 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun maxsus malaka oshirish kurslari boshlandi.


Jasorat maktablarida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu kurslarda Respublika umumtaʼlim maktablarida matematika, fizika, tarix, ingliz tili hamda jismoniy tarbiya fanlaridan dars berayotgan pedagoglar ishtirok etmoqda.

Seminarning asosiy yo‘nalishlari:

O‘qituvchilarning ilmiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish;
5E va 4K modellari asosida darslarni loyihalash;
Raqamli ta‘lim texnologiyalari va elektron platformalardan samarali foydalanish;
Interfaol metodlar va muammoli o‘quvchilar bilan ishlash;
Baholashning zamonaviy yondashuvlari — formativ va summativ usullar;
Kasbiy motivatsiya va muloqot madaniyatini mustahkamlash.

👍 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

Bizni kuzating:

Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tmoqda


➡️Xabaringiz bor, davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan. Ushbu qarorga muvofiq, ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.

19-21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur sinovlarda Toshkent shahridan 611nafar, Toshkent viloyatidan 1436 nafar pedagog o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Nazorat sinovlarida Kasbiy sertifikat olishga daʼvogar bo‘lgan davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotidagi stajor-o‘qituvchilar yoki attestatsiyadan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ishtirok etadi.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda:

Ta’limda xususiy sektor uchun keng yo‘l ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bog‘chalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi.

Endilikda bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi bog‘cha va maktablarni bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi.

Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bog‘chasida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.

Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi — dedi Prezident.

Bizni kuzating:

Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Maktabgacha_taʼlim

Janubiy Koreya mutaxassislari Toshkentda

Bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTTda Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Dong-Eui universiteti mutaxassislari ishtirokida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan muloqat bo’lib o’tdi.

🗣Ota-onalarga sentabrdan dekabrgacha sinov sifatida amalga oshiriladigan o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim dasturining mohiyati, nazariy asoslari va amaliy tatbiqi to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.

➡️Shuningdek, ota-onalar uchrashuv davomida bola miyasi tana orqali – his qilish, ushlab ko‘rish va bevosita tajriba qilish orqali samaraliroq rivojlanishi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🔰 Rivojlangan davlatlar tajribasi, yosh psixologlar uchun ilmiy adabiyotlar va attestatsiya jarayonlariga oid taklif — Vazir psixologlar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi v.v.b direktori Yuliya Risyukova maktab psixologlari bilan ochiq muloqot qildi.

📊 Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, o’z savol va takliflarini bildirishdi.

Muloqot davomida jumladan:

psixologlar uchun kasbiy rivojlanish treninglarini muntazam yo‘lga qo’yish,
attestatsiya sinovlarida amaliyotga bog‘langan savollar sonini ko‘paytirish,
“Yil psixologi” tanlovini joriy etish kabi ko‘plab taklif hamda sohaga oid fikr-mulohazalar tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu muloqot “Oʻquvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemotsional holatdagi muammolar va ularni oldini olish” mavzusidagi treninglar doirasida bo‘lib o’tdi.


🌐 JONLI EFIR

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram       🌐 Facebook
🌐 Youtube            🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM