Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.4K subscribers
28.2K photos
7.05K videos
147 files
15K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi yakuniga yetdi.

Unda 300 nafardan ortiq trener (mentor)lar ishtirokida:

zamonaviy taʼlim dasturlariga kirish (Marshall Cavendish Education (MCE) dasturlari asosida);

“Kinder Thinkers” dasturi mazmuni va metodik yondashuvlari;

“Bigee Tots” dasturining mazmuni va amaliy qoʻllanilishi;

Primary Mathematics Grade K (Kindergarten) dasturi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tafakkur va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish metodikasi;

maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida STEAM yondashuvining metodik asoslari va amaliy qoʻllanilishi;

bolalarga kashf qilish, tajriba oʻtkazish va muammolarni ijobiy hal qilishni oʻyinlar orqali oʻrgatish;

maktabgacha taʼlimda kuzatuv va baholash, bolani har tomonlama rivojlantirishda zamonaviy yondashuv boʻyicha mahorat darslari va MTTlarda amaliyotlar tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#bogʻcha #MTT

Bugun poytaxtimizdagi 567-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ta’mirdan chiqqan yangi binosi
foydalanishga topshirildi.

Marosimda ishtirok etib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdik, bolajonlar bilan suhbatlashdik.

420 nafar tarbiyalanuvchi quvvatiga ega bo‘lgan mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti 1990-yilda ish faoliyatini boshlagan, ancha ta’mirtalab holatda edi. Endi esa bino bolajonlar foydalanishi uchun barcha qulayliklarga ega.

To‘liq ta'mirdan chiqarilgan yangi binoda zamonaviy faollar zali, logoped xonasi, futbol maydonchasi, bolalar yozgi ayvoni kabilar mavjud.

@hilola_umarova
#Vakansiya

🌟Ta'lim sohasida yangi yutuqlarga erishishni istaysizmi!
Bu-aynan siz uchun imkoniyat!


Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, Sizni o‘zining professionallar jamoasiga taklif etadi.

🔎 Biz - Xorijda ta'lim olgan va amaliy tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali va fidoyi pedagoglarni ishga taklif qilamiz.
Maktabda quyidagi fanlardan darslar ingliz tilida o’tiladi:
* Fizika
* Kimyo
* Biologiya
* Matematika
* Kompyuter texnologiyalari
* Xalqaro siyosat
* Biznes boshqaruvi
* Iqtisod
* San’at va madaniyat
* Tadqiqot
* Ingliz tili

Quyidagi fanlardan darslar o’zbek tilida o’tiladi:
* Ona-tili va adabiyoti
* O‘zbekiston va jahon tarixi

Ikkinchi xorijiy til sifatida o'tiladigan Fransuz va Nemis tili o'qituvchilari uchun ham bo'sh ish o'rinlari mavjud

🎓 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega bo'lishi
✔️ Kamida magistr darajasi (tegishli mutaxassislik bo'yicha)
✔️ 2 yildan ortiq pedagoglik tajribasi
✔️ 9–11-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda yondashuv va murabbiylik mahorati
✔️ O‘quvchilarni xalqaro imtihonlar va dunyoning TOP-10 talik universitetlariga tayyorlash bo'yicha tajribasi
✔️Xorijning nufuzli TOP-300 talik Universitetlarida tahsil olgan bo’lishi ✔️IB dasturi asosida ta'lim bera olish malakasi

💼 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?
🔹 Yuqori va barqaror maosh
🔹 Mamlakatdagi eng iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati
🔹 Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar
🔹 Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturi asosida dars berish imkoniyati
🔹 Ijodkorlik, tashabbus va erkin pedagogik metodikalarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit
🔹 Kasbiy o‘sish, xalqaro tajriba almashuvi va doimiy malaka oshirish imkoniyatlari

📨 Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.
📎 Hujjatlar ro‘yxati:

* Ingliz tilidagi yangilangan CV
* Ma'lumotnoma (obyektivka) oxirgi 3 oyda tushilgan rasm bilan
* Ingliz tili sertifikati (IELTS 7.5+, TOEFL iBT 109+) yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlar)
* Bakalavr va Magistratura diplomlarining nusxasi
* GRE (75+), GMAT (75+), SAT (1300+), TESOL, CELTA kabi sertifikati borlarga ustunlik beriladi
📥 https://job.piima.uz/send-cv manziliga hujjatlaringizni yuboring

📲Savollaringizni esa quyidagi Telegram botga yuboring: @BeruniyHireBot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston milliy pedagogika universitetidan yangi avlod ta’limi

📣O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzurida, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab chuqur bilimga ega o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan Aniq fanlar oliy maktabi (School of Exact Sciences) tashkil etilmoqda.

🎓 Oliy maktab quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini taklif etadi:

• 60540100 — Matematika
• 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
• 60610500 — Sun’iy intellekt va robototexnika

O’quv dastrulari Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda , “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

Darslar ingliz va o’zbek tillarida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.


📌 QABUL: 2025-yilgi qabul jarayoning 2-bosqichida O'MPU ni tanlang va kelajak ta’limining bir qismiga aylaning.

📍Toshkent sh., Bunyodkor k, 27-uy.
🌐https://uznpu.uz/
📞: +998712024421
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Dolzarb_90_kun

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Bundan ko'zlangan maqsad — bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tabiatga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat.


📊 Tanlovning maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichida 30 352 nafar, tuman (shahar) bosqichida 7 375 nafar, viloyat bosqichida esa 416 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi.

Joriy yilning avgust oyida mazkur tanlovning Respublika bosqichi va eng yaxshi ijodiy ishlar koʻrgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📖10 yoshli Shodiya o‘z bilimini boshqalarga ham ulashmoqda

🫥Termiz tumanidagi 16-AFCHO‘Mning 4-sinf o‘quvchisi Shodiya Xushbakova atigi 10 yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz tilidan B2 darajadagi milliy multilevel sertifikat egasiga aylandi. Bu yutuq — mehnatsevar o‘quvchi, fidoyi ustoz va qo‘llab-quvvatlovchi oilaning hamjihatlikdagi natijasidir.

Shodiya 7 yoshidanoq ingliz tilini chuqur o‘rganishga qiziqib, bu yo‘lda ustozlari rahbarligida o‘z bilimini mustahkamlab bordi. Ayni paytda u maktabdagi ingliz tili to‘garagida ham faol qatnashib, bilimini yanada oshirmoqda.

E'tiborlisi shundaki, Shodiya nafaqat o‘rganmoqda, balki boshqalarga ham o‘rgatmoqda. Hozirda u 6 yoshli singlisiga ingliz tilini o‘rgatadi va hattoki mahallasidagi kichkintoylarga ham ingliz tili darslari o‘tadi.

🫥Bu kichik yoshdagi katta yutuqlar — zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, ustoz e’tibori va ota-onaning mehrli yondashuvi natijasidir. Biz Shodiyani oldinda yana ko‘plab yutuqlar kutib turganiga ishonamiz!

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ma’muriy ish hujjatlarini elektron rasmiylashtirish va “E-ma’muriy ish” axborot tizimidan maxsus planshetlar orqali foydalanish tartiblari yuzasidan seminar bo’lib o‘tdi.

Unda vazir o'rinbosari Sardor Radjabov, Ichki ishlar vazirligi mas'uli, hududiy bo'linmalarning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish mutaxassislari ishtirok etdi.


🌐 Seminar-treningda Vazirlik tomonidan mas'ullarga maxsus planshetlar taqdim qilindi.

📍 Shuningdek, planshetlardan foydalanishda axborot xavfsizligi, huquqiy javobgarlik, va ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq masalalar, nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatida tekshiruvlar o'tkazish tartibi to'g'risida alohida tushuntirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullanish davlatimizning tegishli qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM