Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
97.9K subscribers
28.2K photos
7.04K videos
147 files
15K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
📰📰📰📰📰📰📰

✈️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Germaniya korxonalarida amaliyot o‘tashadi

⚡️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashining ilk yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📍 Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, mazkur universitet faxriy Prezidenti Wolfgang A.Herrmann va kengash a’zolari ishtirok etdi.


💫 Yangi tashabbus O‘zbekiston hamda Germaniyaning yirik sanoat tarmoqlari vakillari o‘rtasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va talabalarimizni nemis kompaniyalariga amaliyotga yuborishni nazarda tutadi.

Shuningdek, tadbir doirasida kengash a’zolari esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Kengashga Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi kabi yirik tashkilotlar vakillari a'zo hisoblanadi.

🔹 Shuningdek, Germaniyaning nufuzli korxonalari – “DaimlerChrysler AG”, “BOSCH”, “STADA Arzneimittel AG”, “TAL Group” va “Siemens Energy” rahbarlari ham kengash qatnashchisi sifatida e'tirof etildi.

💥 Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” universitetida ushbu kompaniyalarning laboratoriya va ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish yuzasidan ham fikr almashildi.

🌐 INGLIZ TILIDA

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni

Kecha – Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda davlatimiz rahbari nufuzli oliygohlarga kirayotgan oʻzbek yoshlari haqida alohida toʻxtaldi.

“Oʻtgan yili yurtimiz yoshlari top 500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top 10 talik oliygohida, 500 nafari top 100 talik va 1,5 ming nafari top 300 talikdan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda”, dedi Prezidentimiz.


Davlatimiz rahbari Jasurbek Umarov (Harvard), Ruxshona Sobirova (Pensilvaniya), Asilbek Ashurov (Chikago) misolida taʼlimdagi islohotlar natijasini alohida e’tirof etdi.

Bu yutuqlar davomli boʻlishiga ishonamiz!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

Xiva tumanida “Barkamol avlod” to‘garaklari orqali iste’dodlar kamol topmoqda

🔹“Barkamol avlod” bolalar maktabida 26 ta to‘garakka 1600 dan ortiq o‘quvchi qamrab olinib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bepul 6 yo‘nalishdagi to‘garaklar yo‘lga qo‘yildi.

🔹Maqsad — bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirishdan iborat.

Xorazm viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


⭐️Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari lavozimlariga nomzodlarni saralash ishlari boshlandi.


➡️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashi azolari “Yangi O‘zbekiston” universitetining Yangi Toshkent shahrida qurilayotgan zamonaviy binosi qurilishi jarayonlari bilan tanishishdi.

🏞 Jarayonlardan fotoreportaj.


Members of the International Industrial Advisory Council visited the construction site of New Uzbekistan University’s modern new campus in New Tashkent.

Photo report from the visit.

#kengash #Germaniya #sanoat

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul
#infografika

Xabaringiz bor, ayni vaqtda 2025-2026-oʻquv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari davom etmoqda.

🔹 Joriy yil 2-iyulga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 470 297 nafar bola (63 %) qabul qilindi.

👉 Eslatib oʻtamiz: mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari 1-avgustga qadar davom etadi. 1-avgustdan 15-avgustga qadar esa mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣 DIQQAT, TANLOV!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

jadid maʼrifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qoʻlda yozilgan boʻlishi shart);

shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi koʻrsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20-iyundan 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Koʻchirilgan yoki sunʼiy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi.

Tanlov gʻoliblari Diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar toʻplami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:

📍 1 ta birinchi oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
📍 2 ta ikkinchi oʻrin – har biri 4 000 000 (toʻrt million) soʻmdan;
📍 3 ta uchinchi oʻrin – har biri 3 000 000 (uch million) soʻmdan;
📍 10 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – har biri 1 000 000 (bir million) soʻmdan.


➡️ Tanlov gʻolib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi.

👉 Shuningdek, birinchi oʻrin gʻolibi oʻqiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Olis hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy maktab avtobuslari

#2july

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
#imtihon_2025

📣📣📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich kirish imtihonlari joriy yilning 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Sinov jarayonlari matematika va ingliz tili fanlaridan (har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etiladi. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.

Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga ega 300 nafar nomzod aniqlanadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

➡️ Talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan joy nomi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#sport_maktablari

🤩 BAHODIR JALOLOV HAMDA OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Sport maktablarining kirish imtihonlari 10–20-iyul kunlari o‘tkaziladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM