Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
102K subscribers
28.8K photos
7.13K videos
147 files
15.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram

#Тuron_2025

“Turon maktab teatri”: yangi mavsumga start berildi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ayni damda umumta'lim maktablari o'rtasida “Turon maktab teatri” tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bu yil ikkinchi marotoba tashkil etilayotgan tanlovning yangi mavsumida 6-11-sinf o‘quvchilari ikki shart asosida bellashishadi.


✈️Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar xorijga taʼlim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida: jarayonlar 28-fevral kuniga qadar davom etadi.
__________
📍Fotolavhalarda hududlarda o‘tkazilayotgan tanlov jarayonlari aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Вазир_жамғармаси

🔴 Ayni damda butun Respublikamiz bo‘ylab Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun test sinovlari bo'lib o'tmoqda.


Unda 4 500 nafar pedagoglar o’z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.


Jarayonlar ikki bosqichdan iborat, joriy yilda ushbu jamg‘armadan ustama oluvchi pedagoglarning cheklangan soni 1 500 nafar etib belgilangan.

JONLI EFIR
____________

📍 Fotolavhalarda poytaxtimizdagi jarayonlar aks etgan.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_jamgʻarmasi
#Natija

Xorazmlik o‘qituvchi Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida eng yuqori natijani qayd etdi

Xorazm viloyati, Xiva tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Jaloladdin Ahmedov Vazir jamg‘armasiga da’vogar pedagoglar uchun test sinovlarida eng yuqori 100 balni qo‘lga kiritdi.

Ustozni va maktab jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Вазир_жамғармаси
#nocomment

Xabar qilinganidek, bugun mamlakatimizning barcha hududlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jargʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun dastlabki sinov jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Sinovlar 4 bosqichda tashkil etilib, unda fan oʻqituvchilari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan test (40 ta) savollariga javob berishmoqda.

❗️ Eslatib oʻtamiz: oʻrnatilgan tartibga koʻra, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oladi.

Ahamiyatli jihati, ushbu sinovlar bu yil ilk marotaba real vaqt rejimida onlayn tarzda tashkil etildi.


Bunda ishtirokchilar jarayonlarda, nafaqat toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadi, balki oʻz natijalaridan shu vaqtning oʻzida xabardor boʻladi
(oldingi yillarda test savollari anʼanaviy (qogʻozda yozilgan) shaklda berilgan).

👉 Videolavhada poytaxtimiz va Toshkent viloyati pedagoglari ishtirokidagi sinov jarayonlari aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Биз_зўравонликка_қаршимиз

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari xalqaro ekspertlar nigohida


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik” mavzusida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xalqaro eksperti Naira Avetisyan ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda vazirlik mas'ullari, ustozlar, psixologlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bolalarni ularga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, uni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Bunda soha ekspertlari va mas’ullarning fikr-mulohazalari eshitildi.

❗️Naira Avetisyan tomonidan mamlakatimizda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berish, ularni himoya qilish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija berayotganligi, har qanday sharoitda ham zo‘ravonlikka qarshi kurashishish ishlarini birgalikda amalga oshirilishi muhimligi qayd etildi.


Tadbir so‘ngida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida zo‘ravonlik holatlari oldini olish bo‘yicha yagona tartib ishlab chiqish, davra suhbatlari hamda uchrashuvlarni hamkorlikda muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamkorligida Jizzaxda “Skills Up: nazariyadan amaliyot sari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

📍 Unda viloyatdagi 243 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar o‘rinbosarlari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi.


Tadbir davomida:

“Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida rivojlantiruvchi muhitni yaratish,
bolalarning kitobxonlik va ekologik madaniyatini shakllantirishning zamonaviy usullari,
maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat faoliyatini tashkil etishda individual xususiyatlarining ahamiyati kabi mavzularda so'z bordi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM