#Surxondaryo
Oltinsoyda 630 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi
📈 Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida 48-sonli maktabning 630 o‘rinli yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, nuroniylar, viloyat faollari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oltinsoyda 630 o‘rinli zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari, nuroniylar, viloyat faollari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Zamonaviy talablar asosida barcha sharoitlar bilan ta’minlangan maktabda intellektual sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.
Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
➖ iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
➖ xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
➖ olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.
2025-yil 1-oktabrga qadar:
➖ Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.
2025-yildan boshlab:
➖ 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
➖ asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;
➖ terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
➖ asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;
➖ xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.
2025-yil 1-mayga qadar:
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:
➖millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
➖ matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
➖ kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
➖ fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
➖ biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.

📣 Bogʻcha direktorlari uchun oʻrinbosarlar, 20 foizlik ustama, mobil malaka oshirish xizmatlari va imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉 Unga koʻra:
2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
2025-yil 1-avgustga qadar:
➖ maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi hamda maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlari oʻzaro uzviyligi va muvofiqligi taʼminlanadi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;
➖barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
➖ tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlaridan malakali trenerlar guruhi shakllantiriladi;
➖trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.
2025-yil 1-martdan boshlab:
tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta auditoriya koʻrinishidagi avtobuslar negizida) joriy etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:
➖ davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi;
➖ davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yo‘nalishining sirtqi va kechki taʼlim shakli bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi va ularga maktabgacha taʻlim yoʻnalishida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
➖ jismoniy shaxs bir paytning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlash amaliyoti joriy etiladi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab:
➖ qamrov darajasi past boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, ushbu Farmon asosida:
➖ Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ham ragʻbatlantiriladi;
➖ davlat oliy taʻlim muassasalariga ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Telegram
Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Мактабгача таълим сифати ва самарадорлиги янада оширилади
“Мактабгача таълим сифати ва самарадорлигини янада ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-152-сон, 30.09.2024 й.) қабул қилинди
🔰Фармонга…

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining avvalgi va hozirgi holati.
Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.
@hilola_umarova
Ko‘rib, baho berishingiz mumkin.
@hilola_umarova
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi, murabbiylar, taʼlim sohasi vakillari bilan uchrashuvda oʻz hisobidan maktab qurayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirib, ular uchun bir qancha imtiyozlar berilishini maʼlum qildilar. Unga koʻra, endilikda tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, bunga xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.
Bugun yana bir taʼlimga befarq boʻlmagan tadbirkorimiz haqida ma'lum qilmoqchiman. Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirkor Jamshidbek Pardayev oʻzi oʻqigan maktabni begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berdi.
Videoda koʻrishingiz mumkinki, 48-sonli 630 oʻringa ega ushbu maktab binosi juda zamonaviy qilib qurilgan. 32,5 mlrd mablagʻ sarflangan maktabda shinam sinfxonalar, sport zal, mini stadion, kutubxona, majlislar zali, kompyuter sinfxonalari hamda oshxona barpo etilgan.
Jamshidbek Pardayev kabi tadbirkorlarimiz koʻpaysin.

#Vazir_soati
Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi.
Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1779