Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
78.1K subscribers
19.6K photos
5.8K videos
139 files
11.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir Hilola Umarova faol va yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, oʻz savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan:

ta'lim muassasalarida oʻzlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish;
2023-2024-oʻquv yili davomida amalga oshirilgan oʻzgarishlar;
ta'limda innovatsion loyihalardan foydalanish;
inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob berib o‘tdi.

Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihoni tashkil etilmoqda.

Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar boʻlib oʻtadi:

📍Fargʻona shahrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan talabgorlar ustozlar uchun 21-23-iyun kunlari,
📍Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari,
📍Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari;
📍Buxoro shahrida Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlaridan talabgor ustozlar uchun 2-4-iyul kunlari;
📍Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.

Darvoqe, bunda oʻqituvchilarimiz “Goethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz!

Imtihonlar manzili va vaqti

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zamin Foundation
"Inklyuziv ta’lim" loyihasi doirasida YUNISEFning xalqaro ekspertlari nogironlikning ijtimoiy modeli haqida xabardorlikni oshirish va nogironligi bo‘lgan insonlar bilan samarali muloqot va ishlash usullari bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan trening o‘tkazdilar.

Tadbir ishtirokchilari — o‘qituvchilar, ijtimoiy xodimlar, psixologlar, metodistlar, MMTV tizimi tashkilotlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillarining guruhlarga bo‘lingan holda amaliy shug‘ullangani empatiya va nogironligi bo‘lgan odamlarning ehtiyojlarini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi, inklyuziv dasturlarni amalga oshirishda jamoatchilik ko‘magini mustahkamlashga yordam berdi.

В рамках проекта «Инклюзивное образование» международные эксперты ЮНИСЕФ провели тренинг по повышению понимания социальной модели инвалидности и углублению знаний об эффективных способах коммуникации и работы с людьми с инвалидностью.

Практическая совместная работа в группах всех участников мероприятия — учителей, соцработников, психологов, методистов, представителей организаций системы МДШО и Национального агентства социальной защиты стимулировала развитие навыков эмпатии и понимания потребностей людей с инвалидностью, способствовал укреплению общественной поддержки в реализации инклюзивных программ.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Hurmatli ota-onalar!

📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.

💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi.

💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Уважаемые родители!

📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.

💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.

💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.

🌐 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda.

🔷Matematika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

🔷Mazkur xalqaro tayyorgarilk, 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.

🔷Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kamerun, Kanada, Kosta-Rika, Estoniya, Gana, Vengriya, Eron, Italiya, Qirg'iziston, Litva, Mavritaniya, Meksika, Moldova, Mongolyia, Pokiston, Peru, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida 65-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.

Mazkur loyiha doirasida joriy yilda 120 nafar fransuz tili ustozlari Fransiyaga stajirovkaga yuborilmoqda.

Bugun ushbu loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va yurtimizda ustozlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mazkur loyihaning ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez so’zga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to’xtaldi.

Tadbirda, shuningdek loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ustozlar ham o’z fikr-mulohazalari bilan bo’lishishdi.

✔️ Ma’lumot o’rnida: ertaga, 23-iyun kuni bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaga jo’nab ketishadi.

7-iyul kuni ikkinchi guruh o’qituvchilar stajirovkaga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda barchaning umumiy o‘rta ta’lim olishi huquqi kafolatlangan.

📍Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan.

🗓 Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqarolar murojaat etgan.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqarolarga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqarolarga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi.

✔️ Barcha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM