Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
17.9K photos
5.63K videos
138 files
11.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining yosh fransuz tili o‘qituvchilari uchun xorijiy til assistentlari loyihasini e’lon qiladi.

Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur loyihadan maqsad, Fransiya maktab o‘quvchilariga o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) tanishtirishdan iborat.

Nomzodlar:

30 yoshdan oshmagan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarning fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lishi;

fransuz tilidan kamida DELF B2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi;

o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) yaxshi hamda rus tilini mukammal (ona tili darajasida) bilishi talab etiladi.

❗️Shartnoma muddati: 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-aprelga qadar.

Ish vaqti: haftasiga 12 soat.

Ish haqi: qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tomonidan to‘lanadi.

Ishga ruxsatnoma va viza masalalari Fransiya elchixonasi tomonidan qoplanadi.

Taklif etilgan lavozimlar soni: 2 ta

Saralash jarayonlari Fransiya elchixonasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Arizalar joriy yilning
22-iyuniga qadar qabul qilinadi.


👉Nomzodlardan ma'lumotlarni fl@uzedu.uz manzili orqali jo'natishlari talab etiladi.
Международный конкурс для преподавателей французского языка

Министерство дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан объявляет совместно с посольством Франции в Ташкенте программу помощников иностранных языков для молодых учителей французского языка в общеобразовательных школах.

Цель, впервые организуемой данной программы заключается в знакомстве французских школьников с узбекской культурой (историей, языком, обычаями).

Кандидаты должны:

быть учителями французского языка в общеобразовательных школах системы Министерства дошкольного и школьника образования Республика Узбекистан, моложе 30 лет;

иметь сертификат владения французским языком не ниже уровня DELF B2;

обладать хорошим знанием узбекской культуры (истории, языка, обычаев) и в совершенстве владеть русским языком (на уровне родного языка).

❗️Срок действия договора: с 1 октября 2024 года до 30 апреля 2025 года.

Время работы: 12 часов в неделю.

Заработная плата: оплачивается учреждением, принимающим на работу.

Вопросы о разрешении на работу и визе решаются посольством Франции.

Предлагаемое количество вакансий: 2.

Отбор кандидатов проводится специалистами посольства Франции.

Заявки принимаются по адресу fl@uzedu.uz до 22 июня текущего года.
Qashqadaryolik maktab o'quvchisi 5 million so'm daromad topyapti

Bugungi suhbatdoshimiz Shahrisabz tumanidagi 26-maktab o'quvchisi Farangiz Norboyevadir. U qo‘l mehnati bilan kashtachilik, dur munchoqlardan sumka yasash, turli gullar yaratish orqali har oyda 5 million so'mga yaqin daromad topyapti. Shuningdek, uni 20 nafarga yaqin o'quvchi, shogirdlari ham bor.

👉Batafsil

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

@Qashqadaryo_MMTB
#Jonli_efir

📣 Hurmatli ota-onalar!


Joriy yilning 19-iyun kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Unda qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartibi haqida so'z yuritiladi.

🖥 Bu borada sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga jonli muloqot davomida batafsil javob beriladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog’istondagi maktablarga kompyuter jamlanmalari va smart doskalar yetkazib berildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta‘lim vazirligi va Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan tomonlama grant shartnomasi imzolangan edi.

❗️Ushbu shartnoma doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Chimboy, Amudaryo, Xo’jayli, Taxiatosh, Ellikqal’a, Qo’ng‘irot tumanlaridagi jami 10 ta umumta‘lim maktablari 50 dona kompyuter va 20 dona elektron smart doska bilan ta‘minlandi.

Kuni kecha ushbu jamlanmalari mas’ullar tomonidan qabul qilib olindi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli hamkasblar,
hurmatli pedagoglar!


Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Aziz vatandoshlar!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz! Dasturxoningiz to'kinligi va oilalaringiz xotirjamligini tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!

Ayyomlar muborak bo'lsin!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini ma'lum qilamiz.

📍Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.

2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali.

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

📣 Hurmatli ota-onalar!


Joriy yilning 19-iyun kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Unda qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartibi haqida so'z yuritiladi.

🖥 Bu borada sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga jonli muloqot davomida batafsil javob beriladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yozgi ta’tilda yoshlarimiz uchun ajoyib loyiha

⚡️”Yangi O‘zbekiston“ universiteti tomonidan dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda yozgi maktab tashkil etilmoqda.

Yozgi maktab davomida o'quvchi yoshlarimiz TOP 50 reytingga kiruvchi oliygohlarga kirish bo‘yicha mutaxassislardan tajriba olishlari va iqtisodiyot bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirishlari mumkin.

🌐 Dunyoning eng kuchli va saralangan professorlari – Chikago universitetidan Stiven Nil Durlauf, Kornel universitetidan Lourens E.Blume, Lankaster universitetidan Eyal Vinter, Viskonsin universitetidan Feliks Elvert, Janubiy Metodist universitetidan Klaus Desmet kabi taniqli olimlar o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

💥 Eng quvonarlisi, darslarni yaxshi o'zlashtirgan qatnashchilar professorlardan tavsiya xati (Recommendation letter) olishlari mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Batafsil

🎗 Barcha yoshlarimizni yozgi ta’tildan unumli foydalanib, o‘z bilim va tajribalarini oshirish maqsadida mazkur loyihada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman.
⚡️Qozog‘istonda “Aybin—2024” harbiy-vatanparvarlik yig‘ini boshlandi

Bugun, 18-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘inining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Qozog‘iston mudofaa vaziri ochib berib, barcha jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur xalqaro yig‘inda umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.

Bir hafta davom etadigan bellashuvlarda jamoamiz Rossiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Belarus davlatlari hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan bellashadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

Unda mas'ullar tomonidan qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartiblari haqida so'z yuritilmoqda.

👉Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

📣 Diqqat, tanlov!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tashkil etilmoqda.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi shu yilning 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, unda eng yuqori natijalarni qayd etgan tarbiyachilarimiz keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi metodist”;
“Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;
“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;
“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”;
“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”.

👉 Tanlov Nizomi va shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1641

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X