Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.7K subscribers
17.4K photos
5.59K videos
138 files
11.2K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarni o’quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi hamda sertifikatlarni topshirdi.
____
Bugun shuningdek, kunning birinchi qismida:

“Umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarda zamonaviy yutuq va metodlardan samarali foydalanish”,
“Zamonamizning yangi usul maktablari” kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Mashg’ulotlar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons

👩‍🏫 Xurshid Azamatovdan "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida yangi loyiha. Yurtimizning chekka hududidagi maktabni bitirgan o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish natijasi 100%ligini bilarmidingiz?
"Madaniyat va ma’rifat" telekanalida Manzura Dadaboyevaning qalb kechinmalari bilan tanishamiz

📺 "Muallimning bir kuni"
🗓 4-may
19:30

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling.⬇️
🎥Instagram |🟦Facebook
☎️ Telegram  |🟥Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024

🔹SAMARQANDLIK O‘QITUVCHI ATTESTATSIYADA 100 BALLNI QO‘LGA KIRITDI

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Sardor Berdiqulov malaka (test) sinovidan 100 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

@samarqandvxtb 

Telegram | Facebook | YouTube
#Live

Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbirlariga start berilmoqda.

❗️Birozdan so‘ng Jismoniy tarbiya fanidan qurʼa tashlash jarayonlari boshlanadi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/omDtH5bmH5g?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM