Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.8K subscribers
18.1K photos
5.63K videos
138 files
11.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️ Joriy yilning 24-27-mart kunlari Qoraqalpog‘iston respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

YAKUNIY NATIJALAR BILAN TANISHING:

Matematika fanidan:
1. Buxoro viloyati, Olot tumani ITMA IM o‘quvchisi — Nurmuhammad Otamurodov 1-o‘rinni,
2. Qashqadaryo viloyati , Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-sonli maktab o‘quvchisi — Madina Suyunova 2-o‘rinni,
3. Andijon viloyati Marhamat tumani ITMA IMI o‘quvchisi — Bekzod Xoshimjonov 3-o‘rinni,

O‘zbek tili (Davlat tili) fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar, 37-sonli maktab o‘quvchisi — Nurjayna Oringaliyeva 1-o‘rinni,
2. Samarqand viloyati, Samarqand shahar, TATU AL o‘quvchisi — Diyora Norbutayeva 2-o‘rinni,
3. Samarqand viloyati, Tayloq tumani 21-sonli maktab o‘quvchisi — Shirinabonu Muxammadaminova 3-o‘rinni,

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani 15-sonli maktab o‘quvchisi — Manzura Qarjawbayeva 1-o‘rinni,
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar NukDPI AL o‘quvchisi — Altinay Xojaniyazova 2-o‘rinni,
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahar 28-sonli maktab o‘quvchisi — Aynura Madenbayeva 3-o‘rinni,

Rus tili va adabiyoti fanidan:
1. Samarqand viloyati, Samarqand shahar 55-sonli maktab o‘quvchisi — Kamoliddin Daniyarov 1-o‘rinni,
2. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 2-IDUM o‘quvchisi — Karina Tullekova 2-o‘rinni,
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani 27-sonli maktab o‘quvchisi — Darya Mordovina 3-o‘rinni,

Qozoq tili fanidan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumani 21-sonli maktab o‘quvchisi Marjan Saktaganova 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Uchquduq tumani 9-sonli maktab o‘quvchisi — Albina Jamaladinova 2-o‘rinni,
3. Navoiy viloyati, Tomdi tumani 13-sonli maktab o‘quvchisi — Bahtigul Oralbayeva 3-o‘rinni,

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
1. Namangan viloyati, Namangan shahar Prezident maktabi o‘quvchisi— Husanboy Mansuraliyev 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — Mardon Nazratov 2-o‘rinni,
3. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litsey talabasi — Shoxruh Rahmatillayev 3-o‘rinni,

Tarix fanidan:
1. Buxoro viloyati, Jondor tumani, 35-sonli maktab o‘quvchisi — Javohir Abrorov 1-o‘rinni,
2. Navoiy viloyati, Zarafshon shahar, 13-sonli maktab o‘quvchisi — Sarvara Qaxorova 2-o‘rinni,
3. Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, 13-sonli maktab o‘quvchisi — Iqboljon Ma’murov 3-o‘rinni,

Geografiya fanidan:
1. Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 30-sonli maktab o‘quvchisi — Barchinoy Ergashova 1-o‘rinni,
2. Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani 7-sonli maktab o‘quvchisi — Akmaljon Maxamadaminov 2-o‘rinni,
3. Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 9-sonli maktab o‘quvchisi Umur Ozodov 3-o‘rinni,

Tojik tili fanidan:
1. Samarqand viloyati, Samarqand tumani, 39-sonli maktab o‘quvchisi — Mehribon Mardonova 1-o‘rinni,
2. Farg‘ona viloyati, So‘x tumani, 28-sonli maktab o‘quvchisi — Shodiyona Sobirjonova 2-o‘rinni,
3. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, 7-sonli maktab o‘quvchisi — Mehrangez Toshmirzoyeva 3-o‘rinni egallashdi.

Olimpiada yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom, qimmatbaho sovg‘a hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#16_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Somoniylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Somoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yerni_sev

Gulistondagi maktab jamoasi "Yerni sev, u hammamizning uyimiz" tanlovida g'olib bo'ldi

Germaniyaning "Nemis Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi" (DVV International Uzbekistan) tomonidan oʻtkazilgan "Yerni sev, u hammamizning uyimiz" mavzusidagi video roliklar tanlovi tashkil etilgan edi.

❗️Mazkur tanlovda Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tayyorlagan video rolik 1-o'ringa munosib deb topildi.

Tanlovda ishtirok etgan mualliflarning ishlari komissiya tomonidan nizomga muvofiqligi, plagiatning yoʻqligi, mualliflarning ijodkorligi va mavzuga mosligini inobatga olingan.

G'oliblarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi yuqori baholandi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.

❗️Unga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 95 ta davlat tashkiloti ichida 82 ball (yaxshi) bilan eng yaxshi oʻrinlardan birini egalladi.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi:

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi — 81 ball (yaxshi);
Maktabgacha taʼlim agentligi — 56 ball (qoniqarli)ga ega boʻldi.

✔️Maʼlumot uchun: 2023-yil natijalari boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotidan 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etmoqda.

Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.

-

В этом году в IT-мероприятии «Девочки цифрового поколения» принимают участие более 3000 девушек, где они представили презентации своих работ.
 
Этот IT-проект помогает изменить профессиональные устремления девочек, стать не только пользователями, но и авторами цифровых решений.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada2024

Asosiy fan olimpiadaning IV(respublika) bosqichi 29-30 mart kunlari Qashqadaryo viloyatida o'tkaziladi...

Tashkiliy jarayon aks etgan video lavha bilan tanishing...

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹SAMARQAND  ASOSIY FAN OLIMPIADASI RЕSPUBLIKA BOSQICHINI O‘TKAZISHGA TAYYOR!

@samarqandvxtb  

Telegram | Facebook
📣📣📣 Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish vaqti belgilandi

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


👉 Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI SAMARQANDDA!

🌍Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan respublika bo‘ylab yil davomida bo’lib o’tadigan "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Samarqand viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtdi.

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

Eslatib o'tamiz, festivaldan maqsad
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.

🌐Festivalda Samarqand viloyatidan umumiy 40 ming nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qo'shiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM