Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.1K subscribers
20.2K photos
5.85K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Surxondaryoda 1 ming 273 nafar nafaqadagi o‘qituvchi ayollarga bayram tabriklari yo‘llandi

🔹8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyatdagi 1 ming 273 nafar jonkuyar faxriy pedagog ayollarga bayram tabriklarini yo‘lladi.

🔸Bugun boshqarma boshlig‘i viloyatning turli hududlarida bo‘lib, bir guruh onaxonlarga mazkur bayram tabriklarini o‘qib eshittirdi va ularga o‘zining esdalik sovg‘alarini topshirdi.

🔘Faxriy pedagoglar bilan bo‘lgan suhbat davomida Xusniddin Mamadiyev fidoyilik timsoli bo‘lgan aziz ustozlar, mo‘tabar ayollarga ta'lim tizimiga qo‘shgan hissalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

☑️Boshqarma boshlig‘ining tabriknomalarini viloyatning barcha hududlaridagi faxriy pedagog ayollarga yetkazish ishlari davom etmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati MMTB axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi loyihasi

“ANDIJON FARZANDLARI...”

Xorijiy til fan olimpiadalari g'olibi, 2 ta xorijiy tilda mukammal so'zlashish imkoniyati va Xalqaro IELTS 7,0 darajasiga ega bo'lgan Asaka tumanidagi 42-DIMI o'quvchisi Maftuna Rahmonaliyevaning hikoyalari...

Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Ozod Axtamov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oquvchisi;

▶️ Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf oquvchisi;

▶️ Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich oquvchisi;

▶️ Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oquvchisi.

⚡️ Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon tumanidagi 10-maktabning 10 nafar o‘qituvchisi 1000 dollardan maosh olmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun joriy yilning fevral oyida oʻtkazilgan test jarayonlariga kelolmaganlar sinovlarga qayta qoʻyiladimi? Ular uchun boshqa test savollari beriladimi?


Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni mamlakatimizning barcha hududlarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalalarni baholash agentligi tomonidan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar uchun 1-bosqich test sinovlari oʻtkazildi.

Tahlillarga koʻra, 144 nafar nomzod turli sabablar (noqulay ob-havo sharoiti, boshqa uzrli holatlar)ga koʻra test sinovlarida ishtirok etmaganligi aniqlandi hamda mazkur pedagoglar uchun 2024-yil 14-mart kuni soat 15:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi binosi (Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy)da test sinovlari oʻtkazilishi belgilandi.

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga koʻra, nazorat savollarini ishlab chiqish, maxfiyligini ta’minlash va test sinovlarini oʻtkazish Agentlik tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

❗️2024-yil 14-mart kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida joriy yilning 19-fevral kungi test sinovlarida foydalanilgan variantlar ishlatilmasligi va nomzodlarga boshqa variantlar taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Seminar_trening

Kasbiy rivojlanishning yangicha yondashuvi tajriba-sinovdan o'tkazilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan umumta'lim fanlari o'qituvchilari uchun "Ustoz upgrade" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

✔️Ushbu loyihaning maqsadi ustozlar tomonidan maktablarda kasbiy rivojlanishni maqsad qilgan mikrojamiyatlar tashkil etish, o'zaro darslarni kuzatish va tahlil qilish (Lesson study) orqali yangi bilim hamda ko'nikmalarni egallashdan iborat.

📍Treninglarda poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan 45 nafar ustozlar ishtirok etishmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida trening qatnashchilari uchun:

kasbiy rivojlanish uchun ichki motivatsiyaning roli,
dars bosqichlarini Blum taksonomiyasi asosida rejalashtirish,
darsni kuzatish va kuzatilgan dars borasida fikr almashish madaniyati kabi mavzularda so'z bormoqda.

❗️
Bugungi treninglardan so'ng 3 haftalik onlayn marofonga start beriladi. Marafon davomida ishtirokchi ustozlar faoliyati doirasida tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda ustozlarning loyihada o'rgangan ko'nikmalarini amalga oshirishda qanday qiyinchiliklarga uchrayotganligi va yutuqlari tahlil qilinadi.
______
📍 Trening jarayonlari Toshkent shahridagi Oxus universitetida bo'lib o'tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Surxondaryoda 982 ta bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyat yuritmoqda

🔹Bolalar bog‘chalarida hamda ulardan tashqari tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilari boshlang‘ich ta'limga tayyorgarlikdan o‘tgan deb hisoblanadi va majburiy bepul bir yillik tayyorlovdan ozod etiladi. Ushbu muassasalarda ta'lim olgan bolalarga boshlang‘ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

☑️Kelgusida viloyatimizda yana 39 ta bolalarni maktabgacha ta'limga bir yillik majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etish orqali 1 ming 170 nafar 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish ko‘zda tutilgan.

🎥Tasvirlarda Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi jarayonlar aks etgan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter
#Turon
#maktabteatri

🟢 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatri respublika tanlovi to‘g‘risida ushbu taqdimot orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

🌐 Web-site 📱 Telegram 📒 Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o’zgarishlar telekanallarda keng yoritildi:

🔹
mtrkuzofficial- Maktablardagi ta’lim-tarbiya va ma’naviyat masalasi
🔹mtrkuzofficial - Ta'limda raqamlashtirish jarayoni: natija qanday?
🔹
”Mening yurtim” telekanali - O’qituvchilarning oyligi qay tartibda oshiriladi?
🔹
mtrkuzofficial- Xotin-qizlarga e`tibor: ularning ta`lim olishi va mehnat huquqlari himoya qilinmoqda
🔹
Assalom, O’zbekiston!
🔹
mtrkuzofficial - Siz nima deysiz?
🔹
”Mahalla” telekanali - Ijtimoiy himoya va inklyuziv ta'limni rivojlantirishga e'tibor.
🔹
mtrkuzofficial - Maktab ta`limini rivojlantirish jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi
🔹
Uzreport TV - 17 082 nafar o’quvchi 3 ta yo’nalishda kasb-hunarga yo’naltirilmoqda
🔹
mtrkuzofficial - Ахборот 24 | Запущен портал my.maktab.uz: онлайн регистрация в 1 класс
🔹 “Sevimli” telekanali - Ta’lim sifatini oshirishga yangicha yondashuv

🎙️ Shuningdek, ta’lim islohotlari “Navro’z” va “O’zbekiston 24” radiokanallarida ham yoritildi.