Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
19.5K photos
5.79K videos
139 files
11.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️Binolarning tomlaridan qor massalari, muz va sumalaklar tushishidan ehtiyot bo‘ling⚠️

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar❗️

Qorlar erishi va tomlardan qor massalari, muz va sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/item/95

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Tasviriy sanʼat fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fanlari boʻyicha Ilmiy metodik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik masʼullari, Tasviriy sanʼat fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi.

❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinf Tasviriy sanʼat fani oʻquv dasturi muhokama qilindi.

Jumladan:

Dasturga kiritilgan yangi “Mening yurtim” mavzusi orqali vatanparvarlik,
Sketchbook dasturida ishlash mavzusida AKT savodxonligi,
O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san’ati,
O‘zbekiston va jahon tasviriy san’ati namoyondalari,
Sharq miniatyura san’ati,
Grizayl, Badiiy shrift, Me’morchilik kabi mavzular o‘quvchilarni har jihatdan tasviriy va ma’naviy bilimdon, barkamol bo‘lib yetishishlarida muhim o‘ringa egaligini ta’kidlandi.


Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi.

⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Tasviriy sanʼat fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.
 
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣 Samarqandlik o’quvchimiz “Yosh kitobxon” tanlovida g’olib bo’ldi

Bugun “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️Unda Jomboy tumanidagi 12- maktab 8-sinf o‘quvchisi  Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O’quvchimizga Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobili taqdim etildi.

⚡️Nargizani ushbu g'alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_28

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

⚡️
Bugungi audiobayonotimizda:

00:09 Pedagogik faoliyatimni boshlaganimga endi uch yildan oshdi. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, pedagoglar har besh yilda majburiy attestatsiyadan o‘tishi belgilangan. Ammo direktorimiz meni ham joriy yilda majburiy attestatsiyadan o‘tishim lozimligini aytmoqda. Maktabimiz rahbarining shu talabi to‘g‘rimi?

01:25 2024-yil 1-yanvarga qadar maktab direktori bo‘lib ishlab kelganlar menejerlik o‘quv kurslarida bepul o‘qishi haqida eshitdim. Bu imtiyoz vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan maktab direktorlariga ham taalluqlimi?

02:53 Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab chet tili o‘qituvchilarida B2 sertifikati bo‘lishi kerak ekan. Menda xalqaro TKT sertifikatidan Band 2 darajasi bor, shu talabga javob beradimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tdi

17-18-fevral
kunlari bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 ta masala, kimyo fanidan 3 ta masala, biologiya fanidan 20 ta test topshiriqlari taqdim etildi.

▶️Eslatib o‘tamiz, 10-11-fevral kunlari Matematika va Fizika fanlaridan ham Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichi o‘tkazilgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra matematikadan 19 nafar, fizikadan 17 nafar o'quvchilar keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan

▶️Kimyo fanidan o‘tkaziladigan saralashning II bosqichida yuqori natija qayd etgan dastlabki 6 nafar o‘quvchi 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi. Joriy yilda Mendeleyev kimyo olimpiadasi 20–27-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔴Vazir jamg‘armasiga da’vogar pedagoglarni saralash imtihonlari boshlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlariga start berildi.

Ayni vaqtda mazkur saralash jarayonlarining birinchi bosqichi — nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari barcha hududlarda o‘tkazilmoqda.

📍Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida 2 smena (ayrim hududlarda 1 smena)da bo‘lib o‘tadi.

⚡️Foto: poytaxtimizning 273-maktabida o‘tkazilayotgan test jarayonlaridan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🇺🇿 Bu yil ta’lim eko-oromgohlarini o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasidan boshlandi. So‘ngra Xorazm va Buxoro viloyatlari faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida «Eco-schools Uzbekistan»ning eski do‘stlari ham, loyihaga yangidan qo‘shilgan maktab o‘quvchilari ham bor.

📝 Ta’lim eko-oromgohlari — yurtimizni obod qilish, ko‘plab ekologik masalalar bo‘yicha bilimlarni oshirish istagidagi yoshlarni birlashtirishni ko‘zlagan tadbir. Bu yerda ishtirokchilar barqaror rivojlanish tamoyillari haqida bilib olish, atrof-muhitni muhofaza qilish usullari bilan tanishish va boshqa eko-maktab o‘quvchilari bilan birgalikda ekologik loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega.

😊👉 Navbat — Samarqand va Navoiy viloyatlariga.

🤝 Bizga qo‘shiling!


👋😊 Всем привет!

🇺🇿 С Республики Каракалпакстан стартовало в этом году проведение образовательных эко-лагерей. Затем активное участие в них приняли Хорезмская и Бухарская области. Среди участников, как давние друзья «Eco-schools Uzbekistan», так и вновь присоединившиеся к проекту школьники.

📝 Образовательные эко-лагеря — мероприятие, которое ставит своей целью объединить молодых людей, разделяющих желание делать наш край лучше, повысить уровень знаний по многим экологическим вопросам. Здесь участники имеют возможность узнать о принципах устойчивого развития, познакомиться с методами охраны окружающей среды и вместе с другими эко-школьниками активно участвовать в экологических проектах.

😊👉 На очереди Самаркандская и Навоийская области.

🤝 Присоединяйтесь!

Zamin | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird maktablarda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida.

⚡️Ta’limga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Вазир_жамғармаси

Bugun Respublikamiz bo’ylab Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo’lib o’tdi.
_______
📍 Fotolavhalarda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Farg’ona, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM