Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
19.5K photos
5.79K videos
139 files
11.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Davlatimizda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilindi. Ular oʻqituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi koʻp jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bogʻliq. Shunday ekan, oʻqituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini koʻrmogʻimiz shart.
____

В нашем государстве были приняты законы, призванные защищать и гарантировать права педагогов. Они направлены на обеспечение необходимых условий для их профессионального роста и развития, а также защиту трудовых прав.

Мы обязаны принимать меры, способствующие повышению статуса профессии учителя, ведь их труд направлен на возвышение общества и формирование будущих лидеров и специалистов.
Namanganda maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirdan chiqarildi

Chortoq tumani “Yuksalish” mahallasidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2023-yil investitsiya dasturi asosida qayta hayot bag‘ishlandi.

1986-yilda qurilgan mazkur obyekt qariyb 3 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida ko‘rkam ko‘rinishga keltirildi.

Bog’cha zamonaviy jihozlanib, ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#шарҳ

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlarining fikrlari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun
pedkadr.uzedu.uz manzili orqali ariza yuborganman. Ammo hozirga qadar bu arizamga hech qanday javob berilgani yo‘q. Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

❗️Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.

👉 Ma’lumot uchun: navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov miqdori:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);

pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);

yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m)ni tashkil etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#тарих_сабоқлари

Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegim kabi buyuk ajdodlarimizning kelajak avlod vakillariga qoldirib ketgan katta ilmiy va ma’naviy merosi biz uchun katta faxr.

🔹Dunyo tan olgan ushbu shaxslar o‘z iste’dodlarini bolaligidan shakllantirib kelgan. Bilim olib o‘z tanlagan yo‘lida ulkan natijalarga erishish uchun doimo o‘qib izlangan. Vaqtini bebaho ne’mat bilib, undan unumli foydalangan.

❗️Aziz o‘quvchilar! Ularning shonli hayot yo‘li va olamshumul yutuqlari barchamizga katta o‘rnak bo‘lishi lozim.

✔️ Buyuk ajdodlarga munosib bo‘lish va orzularimiz sari harakatni hozirdan boshlaylik.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#12_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Turon xalqlarining harbiy sanʼati" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Turon xalqlarining oʻziga xos harbiy sanʼati aks ettiriladi.

Davomi bor...
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiya imtihonlari qancha vaqt davom etadi? Mazkur vaqt ichida talabgorlarning tashqariga chiqishi mumkinmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka (test) sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada bu haqida batafsil aytib o‘tilgan.

🔹Unga ko‘ra, malaka sinovlarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari va pedagogik mahorat uchun 120 daqiqa hamda gumanitar fanlari va pedagogik mahorat uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Malaka sinovi o‘tkazish paytida talabgorlar har qanday sabab bilan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, malaka sinovi to‘liq yakunlagan talabgorlar bundan mustasno (talabgorning sog‘lig‘i yomonlashgan hollarda auditoriya nazoratchisi va tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.)

Uzrsiz sabablarga ko‘ra auditoriyadan chiqqan talabgorlar qaytadan malaka (test) sinoviga qo‘yilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:

“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM