Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.5K subscribers
19.5K photos
5.79K videos
139 files
11.8K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI NAMANGANDA!

📌 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivaliga START BERILDI.

⌨️Festival Namangan viloyatida quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tdi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
“Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
“Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
“Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili)

Eslatib o'tamiz, festivaldan maqsad
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etish.

🌐Festivalda Namangan viloyatidan umumiy 35 025 nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

🎉Tanlov kuy-qo'shiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

▪️ Web-site 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#Янги_Ўзбекистон_университети

"Yangi O'zbekiston" universitetining yangi o'quv binosiga press-tur

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

✔️Unda jurnalistlar universitet faoliyati, o'quvchilar tomonidan qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya xonalari hamda oliygoh hayotiga oid yangiliklar bilan tanishishdi.


❗️Ta'kidlash joiz, yangi o'quv yilidan e'tiboran "Yangi O'zbekiston" universitetida magistratura bosqichi ta’lim dasturi ochildi va ayni paytda ta'lim muassasasi yangi o'quv binosida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ma'lumot o'rnida: hozirda universitetda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi,
Mexanika muhandisligi,
Dasturiy ta’minot muhandisligi,
Kiber xavfsizlik,
Sun’iy intellekt va robototexnika,
Amaliy matematika,
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili,
Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichida talabalar tahsil olishmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1459

#Fotoreportaj #New_Uzbekistan_University #26_January #Tashkent

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib yangilik!

🌍 2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

☄️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang❗️
Hoziroq ro'yxatdan o'ting❗️

🌍 Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

🌍 Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

Batafsil maʼlumot bu yerda.👈
-

Замечательная новость!

🌍 Вдохновленные международной конференцией COP-28 по изменению климата в Дубае в ноябре 2023 года, молодые эко активисты организуют симуляционную модель этого международного мероприятия. В нем могут принять участие все желающие.

📌Для информации, COP является конференцией Организации Объединенных Наций по изменению климата.
COP-это конференция и хаб универсальных решений экологических проблем.

☄️В специализированной школе имени Мухаммад ал-Хоразми 10 февраля будет организован COP по проблеме изменения климата. Приглашаем всех неравнодушных к окружающей среде и экологическим проблемам принять участие в этом проекте.

Не упустите шанс❗️
Зарегистрируйтесь сейчас❗️

🌍 Регистрация для Председателей
Дедлайн: 28.01.24

🌍 Регистрация для Делегатов
Дедлайн: 31.01.24

Подробнее здесь.👈
#Barkamol_avlod_festivali

"BARKAMOL AVLOD BOLALARI” RESPUBLIKA FESTIVALI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI


Namangan viloyatida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tantanali taqdirlash marosi bo'lib o'tdi.

❗️Unda mas'ullar ishtirok etib, o'quvchilarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlarga alohida to’xtalishdi va ixtirochi, munchoqli bezak yo’nalishida tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan rassom va karving ustalarini e’tirof etishdi.

Ma'lumot o'rnida: festivalning shahar-tuman bosqichlari 35 025 nafar o’quvchilarni  qamrab oldi. Viloyat bosqichida esa 7 ta yo’nalish bo’yicha 84 nafar o'quvchilar o’zaro bahslashib, g’oliblik uchun kurashishdi.

Murosasiz kechgan bellashuvda jami 21 nafar o’quvchilar 1-,2-,3-o’rinlarni qo’lga kiritdi.
Tadbir yakunida g’olib o’quvchi-yoshlarga diplom va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM