Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.1K subscribers
20.2K photos
5.85K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#11_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda mahalliy hokimliklarning tashkil topishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
#matbuot_anjumani

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning yanvar oyidan boshlanib, iyul oyiga qadar davom etishi belgilandi


Bu haqda AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi:

Qabul shartlariga ko‘ra o‘qishga ariza topshiruvchi talabgorlardan ingliz tilini eng kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Bunda talabgorlar IELTS 5.5, CEFR B2 va TOEFL iBT 46 kabi minimum natijalarga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo‘lmagan abituriyentlarning ham arizalari qabul qilinadi. Ammo ular 26-avgustga qadar talab etilgan minimum darajaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi sertifikatni qabul bo‘limiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Akademik litsey, kollej va maktablarning oxirgi sinf o‘quvchilari ham hozirdan o‘qishga ariza topshirishlari mumkin va ulardan 26-avgustga qadar bitiruv attestatini qabul bo‘limiga topshirishlari talab etiladi.

O‘qishga arizalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi kabi 9 ta ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichiga qabul qilinadi.

Universitetda qabul imtihonlarida yuqori natija qayd etgan talabgorlarga turli miqdordagi bir yillik grantlar ajratiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konferensiya

"Ustoz-2021" tanlovi g'oliblari ishtirok etgan "INTCESS-24" 11-Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z yakuniga yetdi.

Unda O'zbekiston, Turkiya, AQSH, Indoneziya, Eron, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Kipr, Hindiston, Liviya, Finlandiya kabi 20 dan ortiq davlat vakillari qatnashishdi.

Mazkur ilmiy anjuman doirasida ustozlar uchun Bosfor ko‘rfazi va Marmar dengizi bo‘ylab kema sayohati ham tashkil etildi.

❗️Ushbu sayohat davomida anjuman ishtirokchilari tashkilotchilar hamda xorijlik hamkasblar bilan 3 kunlik ilmiy konferensiya jarayonlarini muhokama qilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari haqida so'z yuritishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Barkamol avlod uchun" shiori ostida xayriya tadbiri oʻtkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan Toshkent shahridagi Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-sonli maktab-internatida "Barkamol avlod uchun" shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining toʻgarak a’zolari tomonidan konsert dasturi, taqlid shoulari hamda sahna koʻrinishlar namoyish etilib, oʻquvchilar uchun esdalik sovgʻalari tarqatildi.

Shu kabi xayriya tadbirlari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom etadi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Минг доллардан кўп ойлик олаётган ўқитувчилар
#25jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qaysi holatlarda rad etilishi mumkin?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:

pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;

pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;

so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;

attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi
(pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).

👉 Eslatma: mazkur asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish mumkin emas.
Chexiya davlati Favqulodda va muxtor elchisi g‘olib o‘quvchilarni shaxsan tabriklash uchun maktabga bordi

Chexiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Lyubomir Frebort Zangiota tumanidagi 22-maktabga tashrif buyurdi.

2022-2023-yil mart, aprel oyida aynan shu maktab o‘qivchilari Chexiyaning Lidise shahrida “Raqs”, “Muzey” mavzusidagi 50-Xalqaro rasmlar ko‘rgazmasida qatnashib, 2 ta oltin medal va 5 ta sertifikatni qo‘lga kiritgan edi.

Elchi tanlov g‘oliblariga maxsus sertifikat va oltin medallarni topshirib, ularni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘quvchilarga ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunar o‘rgatish jarayonlariga doir seminar-trening bo‘lib o'tdi

Bugun poytaxtimizdagi 190-umumta'lim maktabida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish joriy etilgan maktablar uchun “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyotining joriy etilishi” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Unda Toshkent shahridagi maktab direktorlari, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va maktab psixologlari ishtirok etdi.

❗️Qizg‘in muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda ikkita xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish amaliyotini joriy etishda me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, kasbga o‘rgatishni tashkil etish, o‘quv reja va dasturlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ishtirokchilarga tegishli tavsiya va tushunchalar berildi.

👉 Ma’lumot uchun: Toshkent shahrida 2023-yil sentabr oyidan boshlab 12 ta, 2024-yil yanvar oyidan boshlab 32 ta (jami 44 ta) maktabda 12 turdagi kasb-hunar va 5 ta til o‘rgatish tizimi joriy etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
📣 Diqqat, pedagoglar uchun muhim eslatma!

❗️2024-yil yanvar-iyun oylarida maktabgacha va umumta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan attestatsiyasi sinovlari muddatlari to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

🖥 Vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga oid barcha ma’lumotlar, xususan ularning muddatlari va joylari haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

👉 Eslatma: shuningdek, attestatsiyaga doir barcha zarur ma’lumotlar pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Barchaga salom!

Bugun "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi uchun muhim kun: Butunjahon ekologik ta’lim kuni.

Qanday qilib ekologiya sohasida ko‘proq bilimga ega bo‘lish va ekologik ong darajasini oshirish mumkin?

👂 TINGLANG!
Biz sizlar bilan uchrashishni judayam yaxshi ko‘ramiz!
O‘zingiz muhokama uchun mavzu taklif qilganingizda, xursand bo‘lamiz.
Oy davomida loyihamizga yangi kelganlar uchun boshlang‘ich onlayn muloqotlar o‘tkazildi, ularda 1 170 nafar maktab o‘quvchilari va 200 nafardan ziyod o‘qituvchilar ishtirok etdi.

👀 TOMOSHA QILING!
Bizda juda qiziqarli va yangi bilimlarga boy animatsion filmlar bor:
umuman "Eco-schools" dasturi haqida ham, 1-qadamdan 7-qadamgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish batafsil ko‘rsatilgan filmlar ham.

📚 O‘QING!
Pedagoglar va ekomaktab o‘quvchilari uchun maxsus ish daftari bor bo‘lib, unga har biringiz o‘z hikoyangizni yozishingiz mumkin. Daftarda turli mamlakatlar ekomaktablari o‘quvchilarining takliflari va misollari ko‘p. Lekin O‘zbekistondan birorta hikoya hali yo‘q. Daftarni o‘qish va to‘ldirish uchun yana qanday sabab kerak?

👉🏻 HARAKAT QILING!
Bunga esa ortiqcha izoh ham shart emas!

Zamin | Facebook | Instagram