Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.1K subscribers
18.3K photos
5.65K videos
138 files
11.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

SAUDIYA ARABISTONING AR-RIYOD SHAHRIDA XALQARO KIMYO OLIMPIADASI BOSHQARUV QO‘MITASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Unda Boshqaruv Qo‘mitasining a’zolari 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kelgusi yillarda Birlashgan Arab Amirligi va O‘zbekistonda o‘tkaziladigan olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Davlatimiz mezbonlik qiladigan ushbu olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari Boshqaruv Qo‘mitasi a’zolari tomonidan yuqori baholandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
"Zamin Education" loyihasi doirasida inklyuziv IT oromgohi bo‘lib o‘tdi. Uning bosh maqsadi yoshlarga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

An’anaviy bo‘lib qolgan robototexnika, mexatronika, dasturlash, raqamli dizayn yo‘nalishlariga bu yilda yangi — 3D-modellashtirish o‘quv dasturi qo‘shildi. Bunda 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan Isroil Maqsumov va 106-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatdan Shahribonu Haytmurodova yaxshi natijalar ko‘rsatdi.

IT oromgoh davomida ekspert-o‘qituvchilar jadal mashg‘ulotlar o‘tkazib, bolalarga yangi ko‘nikmalarni egallash va o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda rivojlanishga yordam berdilar. IT oromgoh ishtirokchilar soni bo‘yicha haqiqiy rekord o‘rnatdi: unda 6 000 nafardan ziyod odam qatnashdi. Bolalar kelajakda kasb tanlashda qo‘l keladigan tajribaga, muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

В рамках проекта Zamin Education прошел инклюзивный IT-лагерь, главной целью которого является стремление помочь молодым людям раскрыть свой потенциал.

Помимо ставших уже традиционными направлений — робототехника, мехатроника, программирование, цифровой дизайн, в этом году прибавилась новая обучающая программа — 3D-моделирование. Здесь хорошие результаты показали Исроил Максумов из специализированной школы-интернат для детей с нарушениями слуха №102 и Шахрибону Хайтмуродова из специализированной школы-интернат для детей с нарушениями слуха №106.

Во время проведения IT-лагеря эксперты-преподаватели проводили интенсивные занятия и помогали ребятам осваивать новые навыки и развиваться в выбранных ими направлениях. IT-лагерь стал настоящим рекордсменом по числу участников: в нем приняло участие более 6 000 человек. Ребята получили опыт, который поможет им определиться с выбором профессии и даст им необходимые знания и навыки для успешной карьеры в будущем.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

100 metrga yugurish;

joyidan turib uzunlikka sakrash;

turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);

yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ajratilgan "Bibtexnika" karvoni Andijon viloyatiga yetib bordi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ajratilgan "Bibtexnika" vositalari orqali ta’lim muassasalari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Ayni damda "Bibtexnika" anjomlari viloyatdagi jami 812 ta ta’lim muassasasi, jumladan, umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi muassasalar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda “Axborot resurs markaz”lariga yetkazilmoqda.

"Bibtexnika" jamlanmasida quyidagilar mavjud:
jamlama kitobi,
inventar kitobi,
kundalik daftari,
kitobxon formulyari,
"cho‘ntakcha",
alifboli kartochka,
qaytaruv varaqasi,
to‘plam g‘ilofi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵Ахборот ва калория: боғлиқликлар ҳамда ўхшашликлар

🔵Контентлар сифати ва даражаси – аудитория танлови

🔵Инсон ва гаджетлар муносабати, онлайн мулоқотнинг салбий жиҳатлари, виртуал қарамлик белгилари
〰️〰️〰️〰️〰️

⚡️ Бу факт:

10 ёшгача бўлган болаларнинг 41%и доимий онлайн режимда;

14 ёш оралиғидаги болаларнинг 85%и гаджетларсиз кун ўтказмайди;

Инсон кунига 70 марта, яъни ҳар 15 дақиқада телефонини текширади;

Гаджетларга қарам бўлган одамларнинг миясидаги биокимёвий ўзгаришлар гиёҳвандлик давридаги ўзгаришлар билан бир хил.
〰️〰️〰️〰️〰️

🎥 Видеоролик орқали глобал маълумотларга эга бўлинг!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Men 2022-yilda attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tganman, ammo o‘sha vaqtda shaxsiy kabinetga kirish uchun berilgan login va parol hozir esimda yo‘q. Bu yilgi atttestatsiyasida ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish uchun eski login va parolimni tiklasam bo‘ladimi?

❗️Albatta, tiklasa bo‘ladi. Buning uchun http://pedkadr.tdi.uz/Pedagogue/resetPassword manziliga o‘tishingiz va ochiq oynalarni to‘ldirishingiz kerak.

Bunda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID-karta)dagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda tegishli telefon raqamlarini kiritasiz.

👉 Eslatma: Login va parollarni tiklash uchun uch martagacha imkoniyat beriladi. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalana olmagan taqdiringizda, tizim administratorlari, ya’ni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalaridagi Ishchi guruhlarga yoki @pkatdi_bot orqali murojaat yuborishingiz zarur.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋🏻 Xayrli kun sizlarga, yosh ekofaollar!

🤝 "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining hamkori — Ekologik ta’lim fondi (FEE) "Action For Nature" tashkilotining "Yosh ekoqahramon" xalqaro mukofoti uchun o‘tkaziladigan tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi!

🥇 "International Young Eco-Hero Awards" mukofoti yoshi 8 dan 16 gacha bo‘lgan yoshlarga ekologik muammolar to‘g‘risidagi xabardorlikni oshirish va murakkab ekologik muammolarning innovatsion yechimini izlashga ta’sir ko‘rsatgan ishlari uchun beriladi.

✍️ Arizalar 2024-yil 28-fevral kuniga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar "Action For Nature" mustaqil xalqaro ekspertlar jamoasi tomonidan aniqlanadi.

👍🏻 Omad!

👋🏻 Доброго дня, молодые эко-активисты!

🤝 Партнер проекта Eco-schools Uzbekistan Фонд экологического образования (FEE) предлагает вам принять участие в конкурсе организации Action For Nature на получение награды Международного молодежного эко-героя!

🥇 Премия International Young Eco-Hero Awards присуждается молодым людям в возрасте от 8 до 16 лет, чья работа оказали влияние на повышение осведомленности об экологических проблемах и поиск инновационных решений сложных экологических проблем.

✍️ Заявки принимаются до 28 февраля 2024 года. Определять победителей будет команда независимых международных экспертов Action For Nature.

👍🏻 Удачи!

Zamin | Facebook | Instagram
#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from eMaktab| Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli pedagoglar❗️

Biz siz uchun mezonlarga asoslangan baholash tizimi bilan maktablarda BSB va CHSB fayllarini yuklab olish bo‘yicha video yo‘riqnoma tayyorladik.
Materiallarni o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida yuklab olish mumkin.

❗️Ushbu funksiya to‘g‘ri ishlashi uchun maktab fanlari nomlari “EduERP”dagi mavzular ma’lumotnomasiga mos kelishi kerak.

Ma’murlar uchun EduERP bilan muvofiqlikni sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from eMaktab| Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уважаемые педагоги❗️

Мы подготовили для вас видеоинструкцию о том, как скачивать файлы СОР и СОЧ в школах с критериальной системой оценивания.
Материалы можно скачать на узбекском, русском и каракалпакском языках.

❗️Для корректной работы данной функции, необходимо, чтобы названия предметов школы соответствовали справочнику из EduERP.

Инструкция по настройке соответствия с EduERP для администраторов.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#Таълим_ислоҳоти

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoniga muvofiq, joriy o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etilmoqda.

Umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu tizimning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat;

Uning maktab boshqaruvini tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati qanday;

Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga nimalar kiradi;

Kengash kimga hisob beradi-yu, qanday vakolatlarni amalga oshiradi?


👏 Ustoz va shogird o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaklida tayyorlangan ushbu videorolikda siz mavzuga doir ko‘plab savollarga javob topasiz.

❗️“Direktorlar kengashi” — zamonaviy boshqaruv, mustaqil liderlar jamoasi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Farg‘onalik o‘quvchilar Marg‘ilondagi IT Parkka sayohat qilishdi

Bugun Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida joylashgan IT Parkda “IT sohasi va kelajak kasblar” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda viloyatning Toshloq tumanida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar IT Park va undagi o‘quv kurslar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Sayohat tadbiri davomida IT sohasiga qiziquvchi yoshlar o‘zlari qiziqqan o‘quv kurslarida tahsil olishlari uchun ro‘yxatdan o‘tishdi.

✍️Tadbir doirasida viloyatdagi boshqa o‘quvchilar-yoshlar ishtirokida shu kabi IT markazlariga sayohatlar uyushtirish bo‘yicha mas’ullar tomonidan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram