Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
78.9K subscribers
20.3K photos
5.87K videos
140 files
12.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Xalqaro_tajriba

O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:

Prezidentimiz tomonidan zamonaviy ko‘nikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi ma’lum.

Bugun e'lon qilingan O‘zbekiston ta’lim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.


Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida ba’zi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-o‘qituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
_______

PISA 2022 tadqiqotida, O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 balni qo'lga kiritdi.

❗️Mazkur yo‘nalishda o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi bo‘yicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Опубликованы результаты Узбекистана в исследованиях PISA 2022

Состоялась международная научно-практическая конференция, посвященная результатам PISA 2022 по Узбекистану, при содействии Министерства дошкольного и школьного образования, Национального исследовательского института им. А.Авлони, Всемирного банка и организации OECD.

С вступительной речью конференцию открыла министр Хилола Умарова:

Всем хорошо известно, что нашим президентом уделяется особое внимание вопросам международной интеграции в подготовке современных кадров с современными навыками и широким мировоззрением и в совершенствовании системы образования.

Я уверена, что опубликованные сегодня первые результаты исследований системы образования Узбекистана в PISA послужат очень важным фактором для наших дальнейших шагов в достижении поставленных целей.

Конечно, среди наших достижений в этой области есть и некоторые проблемы, которые мы не скрываем. Но и наше намерение, и наша цель заключаются в том, что мы сделали все возможное, чтобы преодолеть эти недостатки. Для этого мы опираемся на знания и потенциал наших квалифицированных и трудолюбивых наставников.
_______

✔️ В исследовании PISA 2022 15-летние ученики в Узбекистане набрали в общей сложности 364 балла по математике.


❗️В этом направлении результаты мальчиков оказались выше результатов девочек, а по местоположению результаты городских школ оказались выше результатов сельских.
Taʼlim qardosh va rus  tillarida olib boriladigan maktablarning 5-sinflari uchun tuzilgan ona tili va  adabiyot fanlari o‘quv dasturi muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi Respublika ta’lim markazining “Filologiya fani bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash”ining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda umumta’lim maktablarining taʼlim qardosh va rus tillarida olib boriladigan maktablar uchun   Milliy o‘quv dasturi asosida takomillashtirilgan ona tili, adabiyot fanlariga doir o‘quv dasturlari muhokama etildi.

Kengash yig'ilishida ushbu o'quv dasturlarining afzalliklari, kutilayotgan natijalar va kiritilgan yangiliklar haqida so'z bordi.

❗️Shuningdek, yigʻilish qatnashchilari tomonidan o‘quv dasturlarida fan mazmunini yanada mukammalashtirish va o'quvchilarda 21-asr ko'nikmalarini rivojlantirishga eʼtibor qaratish zarurligi haqida mulohazalar o‘rtaga tashlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da ishtirok etgan o'quvchilarimiz bugun tunda Toshkentga qaytib kelishadi

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdujalilov Saidaziz hamda 9-sinf o‘quvchisi Gʻulomov Paxlavon “Zayed barqarorlik mukofoti COP28” da qatnashgani haqida xabar bergan edik.

❗️Ularning loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Ma'lumot ornida: oquvchilarimiz yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish boyicha loyihalari bilan tanlovda ishtirok etishgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
NAMANGANDA “HUQUQIY-MA'RIFIY BILIMDON” IJODIY KO'RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BO'LIB O'TMOQDA

🔴 Ayni vaqtda Namangan shahrida Konstitutsiyaning muhim jihatlarini o'quvchilarga bolaligidan boshlab o'rgatish maqsadida tashkil etilgan “Huquqiy-ma'rifiy bilimdon” ijodiy ko’rik-tanlovining respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi.

Davlatobod tumanidagi “Yangi Ziyo maskani”da ko’tarinki ruhda o’tayotgan mazkur tanlovda jami 14 ta jamoada 98 nafar o’quvchi-yoshlar bahs olib bormoqdalar.

✔️Bellashuv mobaynida jamoalar tasviriy san’at, insho, mening huquq va majburiyatlarim sharti doirasida 25 ta test, huquqiy bilimdonlik bahsida 3 ta savoldan iborat biletga javob berish va sahna ko’rinishi kabi vazifalarni bajarishi ko’zda tutilgan. Ayni paytda jarayonlar davom etmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM