Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
96.2K subscribers
27.1K photos
6.86K videos
147 files
14.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o'rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati g‘oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 6–11-noyabr kunlari Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 106-maktab-internatida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalar eshitishida nuqsoni bo‘lgan yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turini rivojlantirish va keng targ‘ib qilish, ularni saralab olish imkonini beradi.

18 yoshgacha bo‘lgan kar va zaif eshituvchi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida qiziqarli kechgan bahslarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin – Marsel Shayusupov, Toshkent shahridagi 102-maxsus maktab-internati o‘quvchisi;
🥈 2-o‘rin – Sardor Turg‘unboyev, Toshkent shahridagi 106-maxsus maktab-internati o‘quvchisi;
🥉 3-o‘rin – Bobur Do‘smurodov, Toshkent shahridagi 106-maxsus maktab-internati o‘quvchisi sovrindor bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin – Iltifot Abdulmajidova, Toshkent shahridagi 106-maxsus maktab-internati o‘quvchisi;
🥈 2-o‘rin – Aydana Abdullayeva, Toshkent shahridagi 106-maxsus maktab-internati o‘quvchisi;
🥉 3-o‘rin – Jasmina Qobiljonova, Toshkent shahridagi 106-maxsus-maktab internati o‘quvchisi loyiq deb topildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar hamda barcha ishtirokchilarga sovg‘alar taqdim etildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️⚡️ Chempionlar tantanali kutib olindi

Sankt-Peterburgda o'tgan futbol musobaqasida g’olib bo’lgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Toshkentga yetib kelishdi.

Ular Toshkent xalqaro aeroportida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari tomonidan tantanali kutib olindi.

Eslatib o’tamiz, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V xalqaro munitsipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo'lib o’tdi.

⚡️Unda 11-12 yoshli futbol jamoalar qatorida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari g’alaba qozonishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUXORO SHAHRIDAGI 17-MAKTABNING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Buxoro shahri markazida joylashgan 17-umumta’lim maktabining 1963-yilda barpo etilgan binosi 954 o‘ringa mo‘ljallangan edi.

Maktabning 1985-yilda qurilgan 350 o‘rinli binosi esa 2018-yilda kapital rekonstruksiya qilinib, ta’lim muassasasiga yana 756-o‘rinli qo‘shimcha bino qurib berildi.

Biroq 1963-yilda qurilgan o‘quv binomiz zamon talablariga javob bermas, boz ustiga ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Shu bois ham o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etishda imkoniyatlarimiz ancha cheklanganligi bizni anchadan beri qiynab kelardi. Joriy yilda 990 o‘rinli yangi, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega binoning qurib foydalanishga topshirilgani jamoamiz, o‘quvchilarimiz va ularning ota-onalari uchun nihoyatda quvonchli voqea bo‘ldi. Investisiya dasturi doirasida amalga oshirilgan mazkur loyiha uchun 13.6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi

, - deydi maktab direktori Hafiza Burxonova.

Ayni paytda maktabda 1800 nafar o‘quvchiga 117 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

13-noyabr kuni maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan binoda o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Shundan so‘ng mehmonlar tomonidan maktab hovlisiga ezgu niyatlar bilan daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Joriy yilda mamlakatimizda maktablarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan loyiha boshlandi. Loyihaga asosan xorijdan ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillarini o‘rgatish maqsadida 500 dan ortiq o‘qituvchilar jalb qilindi. Ushbu o‘qituvchilar maktablarda dars berish uchun, va undanam muhimroq vazifa – ya’ni, mahalliy o‘qituvchilarimiz bilan tajriba almashish uchun O‘zbekistonga taklif qilindi.

Bugun xorijdan taklif etilgan o‘qituvchilar hamda xorijiy hamkorlar bilan uchrashib, ushbu loyihani amalga oshirilish jarayonlari hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilib oldik.

Hamkorlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari, shuningdek, UNESCO, UNICEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy pedagoglarimizning fikrlariga quloq tutdik. Hamkorlarimiz tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

Uchrashuv yakunida chet tillarini o‘qitishni takomillashtirish va hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Aytish joizki, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida xorijlik mutaxassislarni maktablarga jalb etish loyihasi albatta kelajakda o‘z mevasini berishi hamda bolalarimizning zamon talabiga javob beradigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#хорижий_ўқитувчилар_фикри
#таълимга_сармоя_келажакка_сармоя

Xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning til o’rganishga bo’lgan qiziqishlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

❗️Bugun ta’limga kiritilayotgan sarmoya va harakatlar Yangi O‘zbekiston kelajagini yaratish yo‘lidagi munosib tashabbuslardan biridir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xorijiy davlatlarning chet tili fani o‘qituvchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️ Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, YUNESKO, YUNISEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari hamda xorijiy davlatlardan jalb etilgan chet tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

❗️ “Ta’limga sarmoya — kelajakka sarmoya” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy hamkorlar va chet tili fani o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbirda ta’kidlaganidek, hozirga vaqtda yurtimizdagi mavjud umumta’lim maktablarining:
9 924 tasida ingliz tili (6 mln 98 ming 862 nafar o‘quvchi);
901 tasida nemis tili (2 mln 661 nafar o‘quvchi);
581 tasida fransuz tili (133 ming 475 nafar o‘quvchi) chet tili fanlari sifatida o‘qitiladi.

✔️ Ayni vaqtda yurtimizdagi ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilingan. Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tmoqda.

🎗️ Shuningdek, mahalliy o‘qituvchilar uchun “Mahorat darslari” va turli seminarlar tashkil etib kelmoqda.

Uchrashuv doirasida soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada kengaytirish va o‘quvchilarni dunyo tan olgan tillarni o‘rganishga yanada kengroq jalb etishga doir bildirilgan fikr va mulohazalar, qator takliflar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM