Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
96.2K subscribers
27.1K photos
6.86K videos
147 files
14.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#yashil_makon

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bog'i tashkil etilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari hamda tizimdagi boshqa qator tashkilotlar xodimlari ishtirokida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tashabbus davomida murakkab yer sharoitiga moslashuvchan 1000 tupdan ortiq yong‘oq daraxti ko‘chatlari ekildi.

Daraxt ekish tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

Poytaxtimizda “Zamonaviy maktablarda o‘qitish uslublari: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida rus-o‘zbek ilmiy-metodik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan mazkur tadbir onlayn va offlayn shaklda tashkil etildi.

Konferensiya doirasida:

Matematika fanini o’qitishda muammo va yechimlar,
Sun’iy intellektdan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish,
Rus tilini chet tili sifatida o’rgatishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish kabi mavzularda mahorat darslari bo’lib o’tdi.

Ma'lumot o'rnida: mazkur konferensiya 2020-yilda tashkil etilgan “Класс! (Zo‘r!)” loyihasi doirasida o'tkazildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Gospital ta’limda xorijiy tajriba

“Mehrli maktab” jamoasi Moskva shahrida o‘tkazilgan V xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

✔️ Konferensiya “Uzoq muddat davolanayotgan bolalarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiluvchi va amalga oshiruvchi gospital ta’lim modelini joriy etishni ilmiy-metodik ta’minlash” mavzusida bo’lib o’tdi.

Unda MDH davlatlari va Rossiya Federatsiyasidan jami 1 500 dan ortiq mutaxassislar ro‘yxatdan o‘tishdi.

❗️”Mehrli maktab” vakillari konferensiyadagi ma’ruzasida ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdi.

Konferensiya ishi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “UchimZnayem” loyihasi bilan birgalikda O‘zbekiston gospital maktablarida sifatli va samarali ta’lim berishni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar bo’yicha istiqboldagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Sankt-Peterburgda o'tgan futbol musobaqasida g’olib bo’ldilar

Joriy yilning 7-13-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V xalqaro munitsipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo'lib o'tayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

“Добродушные” bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur kongress doirasida 11-12 yoshli futbol jamoalar qatorida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib g’alaba qozondilar.

Yosh futbolchilar musobaqaning final baxsida Moriupal jamoasini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etib, mazkur musobaqaning mutloq g'olibiga aylanishdi. 

🏆G'alaba muborak bolalar!!!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram