Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
78.9K subscribers
20.3K photos
5.87K videos
140 files
12.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ham mazkur loyiha doirasida daraxt ekish tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

🌲Unda hududiy boshqarmalar va bo‘limlar, shuningdek maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari yurtimizni yashil makonga aylantirishda o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
______________
Fotolavhalarda Samarqand, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Salom! Eslatib o‘tamiz: bugun tanlovga ariza berishning oxirgi kuni!
O‘z iste’dodingizni ko‘rsatish imkoniyatini boy bermang!

🎨 Ilhom olish uchun tanlovda qatnashayotgan bir nechta ishni ko‘rishingiz mumkin.
Dushanba kun barchaga xayrli bo‘lsin!

#TheBlueDot

Привет! Напоминаем: сегодня последний день подачи заявки на конкурс!
Не упустите возможность проявить свой талант!

🎨 Для вдохновения посмотрите несколько из конкурсных работ.
Хорошего понедельника всем!

#TheBlueDot

Zamin | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_mavzu

“Dolzarb mavzu” loyihasining navbatgi sonida maktab direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish haqida so’z yuritiladi.

❗️Mazkur savollarga Abdulla Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish va sertifikatlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Jahongir Zokirov javob berishdi.
______________

Menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizning eng yaxshi 100 nafar maktab o‘quvchisi qatoriga kirishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol 100 nafar maktab o'quvchilarini aniqlamoqda!

1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor maktab o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylanadi.

“Ziyolilar School” almanaxiga hujjat topshirish 1 dan 5-noyabrgaсha cho’zildi!

Barcha hujjatlaringizni yig’ib e'tibor bilan anketani to’ldirishingizga chorlab qolamiz!

Loyihada ishtirok etish uchun ziyolilar.school veb-sayti orqali ariza to'ldiring!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklarni taqdim etadi!

Bugungi kun yoshlari bilimni nafaqat kitoblar orqali, balki turli mediavositalar orqali qabul qilishga o‘rganishgan. Shuni hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan turkum videodarslar tayyorlanmoqda.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi fanini yanada chuqurroq o‘rgatish, ajdodlarimiz merosini kengroq tushuntirish maqsadida ular uchun 2D formatdagi animatsion roliklar tayyorlandi.

❗️Ushbu maxsus tayyorlangan roliklarda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan voqealar qamrab olinadi.

E’tiboringizga havola etilayotgan ilk videorolik "O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar" mavzusiga bag‘ishlangan.

Davomi bor...

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ Sport: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda“Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

❗️Mazkur musobaqa Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida bo’lib o’tdi.

🏅Unda Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2703

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Inklyuziv sinf o'quvchisi Turkiyada o’tgan sport musobaqasida g’alaba qozondi

Turkiya maxsus sportchilar sport federatsiyasi tomonidan bu yil ilk bor tashkil etilgan “Turk dunyosi”maxsus sportchilar sport va madaniyat festivalida 215-sonli umumta'lim maktabning 3-inklyuziv sinf o'quvchisi Muhammadxon Ashurov g’oliblar qatoridan joy oldi.

Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Vengriya, Kosovo va Qirg‘izistondan 200 ga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur tadbirda stol tennisi, yengil atletika va suzish musobaqalarida qizg‘in kurash olib borildi.

Muhammadxon musobaqada tennis va yengil atletika bo'yicha 3-o'rinni qo'lga kiritgan.

Muhammadxon quyoshchamizni mazkur g’alaba bilan muborakbod etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#THE

“Times Higher Education“ tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida "Times Higher Education" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov, “Times Higher Education” reyting agentligining global masalalar bo‘yicha bosh direktori Fil Bati hamda tashkilotning Yevropa va Buyuk Britaniyadagi tijoriy direktori Lachin Italmazova ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda "Yangi O‘zbekiston" universitetida o'ziga xos tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlab o‘tildi.

⚡️Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo universitetlari forumi"ga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM