#Buxoro
"Bog‘chaga borgan bolaning ko‘zlari, madaniyati, bilimi, intilishi va dunyoqarashi boshqacha bo‘ladi” — Prezident
🔴Ayni damda Buxoro viloyatida boʻlib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻldi.
Vazir mazkur ta’lim muassasasi faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mashg'ulot jarayonlarida ishtirok etib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.
📍Mazkur bogʻchaga belgilanganidan ortiq navbatda turish holati bo‘lgani sababli vazir keyingi yillarda mazkur ta’lim tashkiloti uchun qoʻshimcha bino qurib berish taklifini investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha mas’ullarga ko'rsatma berdi.
✔️ Ma'lumot oʻrnida, Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat MMT 1969-yilda qurilgan boʻlib, unda ayni vaqtda 232 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Forwarded from Hilola Umarova
Bolalar maktabda o‘zini bexavotir va xotirjam his qilsa, albatta, bu kayfiyat ularning o‘zlashtirishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijobiy muhitni belgilovchi eng asosiy omillardan biri bu o‘qituvchilarning o‘z kasbiga muhabbati hamda jamoadagi o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatdir. Bunday maktabda taʼlim olgan bola kelajakda, albatta, o‘z yo‘lini topib, jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib kamol topadi. Jamoada do‘stona muhit bo‘lsagina, ijobiy natija haqida gapirish mumkin.
Bugun Buxorodagi 2-umumtaʼlim maktabining pedagogik jamoasida ana shu do‘stona muhitning guvohi bo‘ldim. Maktab jamoasi menda juda iliq taassurot qoldirdi.
Taʼlim maskanida 20 yildan ziyod faoliyat yuritayotgan pedagoglar bor. Maktab rahbari tashabbuskor, jamoa esa juda ahil. Taʼlim maskani o‘ziga xos tarixga ega. Yangi zamonaviy bino bo‘lmasa ham, taʼlim sifati nihoyatda yuqori. Tabiiyki, maktabda o‘quvchilar ham iqtidorli. Yaqinda Xalqaro SAT imtihonida yuqori ballni qo‘lga kiritib, rekord natijani qayd etgan o‘quvchi ham aynan shu maktab bitiruvchisi Parviz Tuksanov bo‘ladi. U avvalgi yil ham IELTS imtihonida 8.5 ballni qo‘lga kiritib, tengdoshlari orasida yuqori natijani qayd etgan ekan. Parviz aynan shu maktab bitiruvchisi ekanligi yuqoridagi fikrlarimga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Maktab jamoasi allaqachon yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. O‘ylaymanki, o‘qituvchilarning xushkayfiyati yangi o‘quv yilida ularga hamroh bo‘lib, o‘quvchilarining taʼlim-tarbiyasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.

Forwarded from Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika
#5_fakt
ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH MAQSADIDA MAKTAB VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
1️⃣ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ijrosi doirasida hozirga qadar 1 487 ta maktabda va 511 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida quyosh panellari o'rnatilgan.
2️⃣ Istiqbolda 2 107 ta davlat MTTlarida quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
3️⃣ Maktablarda o'rnatilgan quyosh panellarining 390 tasi respublika byudjeti hisobidan, 1 097 tasi esa mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan o‘rnatildi.
4️⃣ Vazirlikning ma’muriy binosida 145 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgan.
5️⃣ 29 ta maktabda va 100 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida quyosh suv isitish panellari - geliokollektorlar o‘rnatilgan.

Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☎️ Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
✈️Telegram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ITSM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ссылка на официальные страницы министерства:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Президент_cовғаси
🔴 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi
Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich
❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
________________
🔴 В преддверии нового учебного года начата доставка “Президентских подарков” для первоклассников.
В этом году планируется поступление 732 960 детей в 1 классы общеобразовательных школ Республики. В связи с этим, для первоклассников проводится закуп “Президентских подарков" и доставляется в регионы через районных отделений Министерства.
«Президентский подарок» для первоклассников включает в себя 12 видов учебных пособий:
✔️ школьный портфель
✔️ 12 тетрадей
✔️ тетрадь для ИЗО
✔️ акварельные краски
✔️ цветная бумага
✔️ карандаши
✔️ шариковая ручка
✔️ цветные карандаши
✔️ 2 обычных карандаша
✔️ пластилин
✔️ клей
✔️ 2 резинки
❗️ «Президентский подарок» будет доставлен в общеобразовательные школы по количеству детей, включенных в электронную базу данных Министерства adm.maktab.uz до 25 августа текущего года.
Ссылка на официальные страницы Министерства
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔴 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi
Bu yil 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bolalar uchun “Prezident sovg‘asi" xaridi amalga oshirilib, tuman bo‘limlari orqali hududlarga yetkazilmoqda.
1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
❗️“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 25-avgustiga qadar Vazirlikning adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumta’lim maktablariga yetkaziladi.
________________
🔴 В преддверии нового учебного года начата доставка “Президентских подарков” для первоклассников.
В этом году планируется поступление 732 960 детей в 1 классы общеобразовательных школ Республики. В связи с этим, для первоклассников проводится закуп “Президентских подарков" и доставляется в регионы через районных отделений Министерства.
«Президентский подарок» для первоклассников включает в себя 12 видов учебных пособий:
❗️ «Президентский подарок» будет доставлен в общеобразовательные школы по количеству детей, включенных в электронную базу данных Министерства adm.maktab.uz до 25 августа текущего года.
Ссылка на официальные страницы Министерства
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
❗️ Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
___________
2023/2024 учебный год в школах начнется 4 сентября
✅ В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» в честь Дня Независимости 2 сентября - суббота установлена в качестве дополнительного выходного дня, в связи с чем 1-3 сентября считаются выходными днями.
❗️ В связи с этим сообщаем, что новый-2023/2024 учебный год во всех школах республики начнется с 4 сентября 2023 года (понедельник).
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❗️ Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
___________
2023/2024 учебный год в школах начнется 4 сентября
❗️ В связи с этим сообщаем, что новый-2023/2024 учебный год во всех школах республики начнется с 4 сентября 2023 года (понедельник).
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, ilk bor ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilardan ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
“O‘qituvchi-stajor” bilan Mehnat kodeksining 104-moddasida muvofiq mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan holatlar, jumladan o‘qituvchi-stajorlarning bir yil davomida kasbiy sertifikat olishi majburiyati ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
Shu munosabat bilan, vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi tegishli xati bilan o‘qituvchi-stajorlarni ishga qabul qilish jarayonini mazkur ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshirish vazifalari yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2023-yil 1-noyabrga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tizimni amaliyotga joriy etish topshirilgan.

#Infografika
❓ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida elektr energiyasini tejash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
❓Bugungi kunga qadar maktablarda nechta quyosh panellari o'rnatildi?
✅ Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.
✔️Ma'lumotlar 10.08.2023-yil holatiga ko'ra taqdim qilinmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❓ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida elektr energiyasini tejash maqsadida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
❓Bugungi kunga qadar maktablarda nechta quyosh panellari o'rnatildi?
✅ Bu bilan infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.
✔️Ma'lumotlar 10.08.2023-yil holatiga ko'ra taqdim qilinmoqda.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_21
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➡️ 00:07 Maktab va bog‘chalarni kuz-qish mavsumida isitish qay tartibda amalga oshiriladi? Bunda quyosh panellari hamda elektr tejovchi qurilmalardan foydalanish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?
➡️ 02:36 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?
➡️ 04:17 Direktorlikka nomzodini qo‘yish uchun kamida 2 yil rahbar bo‘lib ishlash kerak, deyishyapti. Shu talab qanchalik to‘g‘ri? Kasbiy tajriba va erishgan yutuqlar inobatga olinmaydimi?
➡️ 06:30 Bog‘cha qorovullarining oyligi yaqinda ko‘tariladi, deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Bog‘cha qorovullariga ham qo‘shimcha mukofot va sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar beriladimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Bayonot_21
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?
Bog‘cha qorovullariga ham qo‘shimcha mukofot va sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar beriladimi?
❕Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Электр_энергиясини_тежашни_болаликдан_ўрганамиз
❓Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
❕Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak?
Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.
#Tengdoshdan_tengdoshga_tavsiyalar
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❓Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
❕Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak?
Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.
#Tengdoshdan_tengdoshga_tavsiyalar
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Бошланғич_таълим
“BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI” MAVZUSIDA TRENINGLAR BO'LIB O'TMOQDA
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
🔴 O'quv treninglar boshlag‘ich sinf o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan bo'lib, unda ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha har bir fan kesimida kasbiy rivojlanish darslari bo'lib o'tmoqda.
❕Ma'lumot uchun, seminarlarda Respublikamiz bo‘ylab 300 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.
📆 Trening jarayonlari joriy yilning 17-avgustiga qadar davom etadi.
📍 Mahorat darslari Toshkent shahridagi 60-maktabda bo'lib o'tmoqda.