Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.6K subscribers
18.9K photos
5.72K videos
138 files
11.6K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚡️ O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marotaba oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etishmoqda

🔴 Ayni damda 8 nafar o'zbekistonlik o'quvchilar Mongoliyada o‘tkaziladigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etishmoqda.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:

🔹Javohir Sultonov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
🔹 Jaloliddin Boymahammadov — Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumani, ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
🔹Javohir Sadullayev — Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi.

✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

❗️Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar muhokama qilindi

Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish va bu borada olib borilishi zarur bo‘lgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash Toshkent shahar va barcha viloyat maktablarida ham joriy etilishi belgilangan.

✔️Ko‘rgazmali seminar davomida o‘tgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar, mavzuga doir muhim jihatlar xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan bu borada belgilangan vazifalar ijrosiga doir muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

📍 Bu kabi seminar tadbirlari Xorazm viloyatida ham bo‘lib o‘tdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1062

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 44-sonli umumta'lim maktabining 11-"J" sinf o'quvchisi Abdulahad Turg'unaliyev muddatdan oldin bir yo'la AQShning nufuzli 44 ta oliy ta'lim muassasasiga imtiyozli o'qishga qabul qilinadigan bo'ldi va 3.148.315 dollar miqdoridagi grant sohibiga aylanganini xabar qilgandik.

❇️Quvonarlisi, Abdulahad matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha 1370 ball to'plab, xalqaro SAT sertifikatini qo'lga kiritdi. Ingliz tilidan 7,5 ball jamg'arib IELTS sertifikatiga sazovor bo'ldi.

🎥Bu haqda batafsil My5 telekanali ijodkorlari talqinida tanishing.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
O‘QUVCHILARINING QIZIQISH VA QOBILIYATIGA MOS BO‘LGAN DASTURLAR JORIY ETILADI

❗️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich:

📖 umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarda tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan dastur va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi;
📖 o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanadi;
📖 umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 1-sinfdan boshlab kompyuter savodxonligi o‘rgatiladi, yuqori sinflarda esa ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;
📖 barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi

❗️2023-yil 1-iyundan boshlab
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;

❗️2024 yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;

❗️2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

❗️2023-yil 1-sentabrdan boshlab:

✔️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;

✔️ umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Keyingi yildan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi

✔️ 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi;

✔️ 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o‘qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi;

✔️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;

✔️2024-yil 1-apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a’zolarining IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida o‘qituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak bo‘ladi.

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.

Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama to‘lanishi mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlariga maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalariga maslahatchi sifatida Prezident maktablari direktorlari;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari biriktiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
O'zbekistonda 11 yoshli 4-sinf o'quvchisi 7,5 ball bilan IELTS xalqaro sertifikatini qo'lga kiritdi

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 147-sonli umumta'lim maktabining 4-“B” sinf o'quvchisi Abdulloh Egamberdiyev ingliz tilidan 7,5 ball jamg'arib, IELTS xalqaro sertifikatini qo'lga kiritdi.

O'quvchining ushbu yutug'ida uning maktabdagi ustozi Rayhon Komilovaning mehnati beqiyos. Ular noyabrdan buyon ushbu sertifikatni olishga harakatni boshlashgan.

Abdulloh joriy yilda Prezident maktabiga o'qishga kirishni reja qilgan.

O'quvchimizni qo'lga kiritgan natijalari bilan muborakbod etib, kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram