Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.1K subscribers
20.3K photos
5.86K videos
140 files
12.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Tanlov

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlar uchun tanlov e'lon qilingan edi.

🔴 Ayni damda mazkur tanlovning test bosqichiga start berilgan bo‘lib, unda 1020 nafar nomzodlar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etishadi.

📍Tanlov jarayonlari Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida tashkil etilgan.
__
✔️Fotolavhalarda Samarqand va Namangan viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_8

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

➡️ 00:12 Vazirlikning ommlashtirish.uz saytiga hozirga qadar qancha dars ishlanmalari joylashtirildi?

➡️ 01:50 Joriy yilda malaka toifasini muddatidan oldin oshirish maqsadida o‘z ixtiyori bilan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagoglar attestatsiya topshirishi mumkinmi? Buning tartibi qanday?

➡️ 03:47 Maktablardagi geografiya va iqtisod fanlarining qisqartirilishiga qanday zarurat sabab bo‘ldi? Kelgusida bu fanlar dars soatlarini ko‘paytirish rejalashtirilganmi?
 
➡️ 05:16 Umumta’lim muassasalaridagi kadrlar menejerining asosiy vazifasi nimalardan iborat? O‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ham bu lavozimga ishga olinadimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 20.04.2023 - 28.04.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO MЕNDЕLЕYЕV OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN QOZOGISTONGA JO‘NAB KЕTDI

Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog'istonning Ostona shahriga yetib borgan.

Olimpiada 1-6-may kunlari Qozog’istonning Ostona shahrida bo‘lib o’tadi. Ertaga olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi tashkillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada O‘zbekistonda 3 marotaba o‘tkazilgan bo’lib, hozirga qadar jamoamiz tomonidan jami 85 ta medal qo‘lga kiritilgan (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 bronza).

Barcha o'quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Dolzarb_mavzu
#Diqqat_ochiq_muloqot

Maktablarda o'quvchilarni bulling, viktimizatsiya va mobbing zo‘ravonliklardan himoya qilish — xalqaro toifadagi psixologdan tavsiyalar

🗓2023-yil, 4-may soat 15:00

🙅🙅‍♀️ Umumta'lim maktablarining direktor o'rinbosarlari, psixolog va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi keng jamoatchilik vakillari uchun “O‘smirlik muhitida bulling, viktimizatsiya va mobbing” mavzusida ochiq muloqot!

👥Muloqotni xalqaro toifadagi psixolog Xojimuxamedova Dilbar Rixsibayevna olib boradi.

🙇🙇‍♀️Mazkur muloqotda bugungi kunda tez-tez uchrayotgan salbiy holatlar, oila, ta’lim tashkilotlari, ish va xizmat joylardagi turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.

📝Mahorat darsi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook va youtube ijtimoiy tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🎯Sizni qiziqtirgan va qiynayotgan savollaringizga onlayn muloqot jarayonida javob berib boramiz.

O‘tkazib yubormang!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI” SAMARQANDDA

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi.

⚡️Navbatdagi festival Samarqand viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🪩 “Kitobxonlik festivali” - “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Diqqat! Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

🎁🛍Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Maktablarda futbol” dasturi doirasida tashkil etilgan nazariy va amaliy seminar mashgʻulotlari yakunlandi.

Dastur doirasida tashkil etilgan seminar mashgʻulotlaridan videolavha.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Joriy yilning may oyi yurtimiz teatrlarida maktab o‘quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonudan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantrish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ruyobga chiqarishdan iboratdir.

Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.

Unga ko‘ra o‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuniga muvofiq unumiy orta ta’lim 11 yilni tashkil qiladi.

Har qanday rasmiy xabarlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xalqaro Biologiya olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoa a’zolari aniq bo’ldi

Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

1️⃣Bexruz Tursunov
-Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 274-maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktab, 10-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Muhammadibrohim Egamberdiyev - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi, 2-kurs o‘quvchisi;
4️⃣Mehrangiz Ahtamova - Navoiy shahridagi Prezident maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;

Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO-2023) joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligi davlatida bo‘lib o‘tadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔰 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuchga kirdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni tarixda ilk bor 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

▶️ Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi saralandi

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023)
da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

35-Xalqaro Olimpiada (IOI 2023) 28-avgustdan 4-sentabrga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Unda:

1️⃣ Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Asilbek Sunnatov — Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣ Otabek Jurabekov — Toshkent shahar, Mirobod tumani, "Profi School" maktabi, 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etadi.

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2023) haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing 👉https://ioi2023.hu/

Eslatib o'tamiz ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa a’zolarini tayyorlash jarayoniga xalqaro trener informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilingan edi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋 😉 Barchaga salom!
Bizda 2 ta yangilik bor, ikkalasi ham xushxabar!
Birinchidan, FEE Ekologik ta’lim fondi (Daniya) O‘zbekistonning ko‘kalamzorlashtirish ishlari to‘g‘risida maqola e’lon qildi va unda "Eco-schools Uzbekistan"ning hissasini ham qayd etdi!
Ikkinchidan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi ekofaollarimizning g‘ayratiga qoyil qolayapmiz.
Yaqindagina u yerda 1232 nafar o‘quvchi ishtirokida ta’lim eko-oromgohlari o‘tgan edi.
Biz ketdik, seminar ishtirokchilari esa to‘xtashni hayoliga ham keltirmadilar. Bolalar o‘z maktablariga qaytib, Yoshlari ishlari agentligining eko-volontyorlari bilan birgalikda sinfdoshlari uchun eko-seminarlar o‘tkazdi.

🌳 Bu, ehtimol, eng muhimi - hamfikrlar qancha ko‘p bo‘lsa, ona yurtimizga foydamiz shuncha ko‘p bo‘ladi. Bolalar, siz bizlarga ilhom bag‘ishlayapsiz, rahmat!
Keyingi bekatimiz - 5 may kuni Sirdaryoda.
Uchrashguncha!
__

👋 😉 Всем привет!
У нас 2 новости и обе хорошие!
Во-первых, Фонд экологического образования FEE (Дания) опубликовал материал о работе Узбекистана по озеленению, в которой отметил и роль Eco-schools Uzbekistan!
Во-вторых, не можем не восхититься активностью наших эко-активистов из Сурхандарьинской и Кашкадарьинской областей.
Совсем недавно там закончились образовательные эко-лагеря, в которых приняло участие 1232 учащихся.
Мы уехали, а участники семинара даже и не думали останавливаться. Вернувшись в свои школы ребята вместе с эко-волонтёрами из АДМ провели свои эко-семинары, вдохновив своих одноклассников.

🌳 Это, пожалуй, самое важное – чем больше единомышленников, тем больше пользы мы сможем принести нашему краю.
Ребята, вы нас вдохновляете, спасибо!
Следующая наша остановка 5 мая в Сырдарье.
До встречи!

Zamin | Facebook | Instagram
#Mendeleyev_olimpiadasi
#Қозоғистон

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etishmoqda

Bugun olimpiadaning birinchi - nazariy bosqichi bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilarga 8 ta masala taqdim etildi.

📍Shuningdek, shu kuni ishtirokchilar hamda jamoa rahbarlari Ostona shahridagi Ekspomarkazga sayohat qilishdi.

Ertaga, 3-may kuni o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o'quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo'limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.

✔️ Ma'lumot uchun, 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida dunyoning 21 davlatidan saralangan 113 nafar iqtidorli o‘quvchilar qatnashishmoqda. Olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, unda maksimal ball 230 ballni tashkil etadi.

Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM