Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79.2K subscribers
20.1K photos
5.84K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Bolalar kitobxonligini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va vazifalar” mavzusida respublika onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy konferensiyasi tadbiri 2023-yil 31-mart kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Bolalar kutubxonasida boshlanadi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy adabiyotlarni chop etish, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralab, bolalarga kerakli adabiyotlarni tavsiya etish va ulardagi mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.

Eslatma: Mazkur madaniy tadbirda bolalar kitobxonligini ommalashtirishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan, ilmiy maqola va takliflari bilan ishtirok etishni istagan barcha yurtdoshlarimiz qatnashishlari mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha jarima bilan jazolanishi mumkin

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʼzda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga koʼra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln soʼmgacha (100 baravar) jarimaga sabab boʼlsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln soʼmgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, 45 mln soʼmdan 60 mln soʼmgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki oʼz xizmat vazifalarini bajarishiga toʼsqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln soʼmdan 4,5 mln soʼmgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln soʼmdan 6 mln soʼmgacha jarima belgilanmoqda.

❗️Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida:

🔹 Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
🔹o'qituvchi va o'quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta'minlash,
🔹koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
O‘qituvchi — hayot mayog‘i, kelajak ustunlaridir. Shu maʼnoda bu zahmatkash insonlar mehnatini qadrlash va huquqlarini himoya qilish, o‘quvchilarga sifatli taʼlim berishda munosib sharoitlar yaratib berish borasida davlatimiz tomonidan muhim choralar amalga oshirilmoqda.

Tan olib aytishimiz kerak, yaqin o‘tmishda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish, ularni o‘z xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlash kabi noxush holatlar bor edi.

Davlatimiz rahbarining shaxsiy irodasi va tashabbusi bilan so‘nggi yillarda bu kabi inson huquqlarini kamsituvchi ishlarga barham berildi. O‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarish, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha imzolangan, pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun ham bu boradagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, desam yanglishmayman.

Qonunda nazarda tutilgan huquqiy normalarning hayotiyligi shundaki, pedagog xodimlarning mehnat huquqlarini buzish bilan bog‘liq jihatlar aniq va adolatli belgilangan.

Eʼtibor beraylik, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, mazkur qonun asosida pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Yana bir jihat: endilikda pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb etish yoki majburlash, nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘ladi. Endilikda ushbu holatga takroran yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

Bugungi demokratik jamiyat qurish yo‘lida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil islohotlar zamirida, albatta, inson manfaatlari, uning qonuniy huquqlari turadi. O‘qituvchilarning huquqi bu borada barcha bo‘g‘inlardan ustun bo’lishi kerak. Yangi Qonun esa buni amalda ta’minlashga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таълим ва тиббиёт ходимларига оид имзоланган иккита қонун ушбу соҳаларда меҳнат қилаётган 1 миллион нафар аҳолимиз ҳуқуқларининг ҳимоясини янада кучайтиради

Facebook|Instagram|Twitter
#Munosabat

Oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati, Oqqoʼrgʼon tumanida joylashgan 17-maktab oʼquvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelishi uchun joʼnatilgan aks etgan videodagi holat tezkor tarzda oʼrganish boʼyicha vazir tomonidan topshiriq berildi.

Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topdi. Maktabi yaqinda ta'mirdan chiqqan bo'lishiga hamda qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay hech qanday soʼz bilan oqlab boʼlmaydigan holatga yoʼl qoʼyganligi uchun maktab direktorini lavozimidan ozod etish boʼyicha qaror qabul qilindi, oʼqituvchiga esa ogohlantirish berildi.

Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Toshkent viloyatidagi maktab o‘quvchilarining dars vaqtida uylariga pul olib kelish uchun yuborilganligi bilan bog‘liq ayanchli holat aks etgan video jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchining o‘rni va obro‘sini ko‘tarib, ularning o‘z kasbiy faoliyati bilan to‘liq shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgan bir vaqtda, ogohlantirishlarga qaramay shunday holatga yo‘l qo‘yilgani juda achinarli. 

Bundan-da achinarlisi, bunday jarayonlarga voyaga yetmagan bolalarning jalb qilinganligidir. Bu holatni hech bir so‘z bilan oqlab bo‘lmaydi.

Hurmatli maktab rahbarlari! 

O‘quvchilar maktabga taʼlim olish, o‘qituvchilar esa taʼlim berish uchun keladi. Shunday ekan bor eʼtiboringizni maktabdagi taʼlim sifatini ko‘tarib, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratishingizni so‘rab qolaman.

Bugun yuz bergan holat barchani yana bir bor mulohaza qilishga chaqirishiga ishonaman.
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan usozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.
1697 nafar o‘qituvchi 9 oy davomida Vazir jamg‘armasidan 5 million so'm miqdorida qo'shimcha ustama olishadi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan, o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Bir necha bosqichda o‘tkazilgan sinovlarda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasi baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama olish huquqiga ega bo‘lishdi.

Mazkur o‘qituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel-dekabr oylari) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish uchun o‘tkaziladigan navbatdagi sinov jarayonlari haqida vazirlik rasmiy axborot manbalari orqali xabar beriladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan barcha ustozlarni muborakbod etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#СМИ_о_нас

В Узбекистане 1697 учителей получили солидную прибавку к зарплате

1697 педагогов нашей страны стали обладателями надбавок, выплачиваемых с Фонда министра дошкольного и школьного образования.

С апреля по декабрь текущего года (9 месяцев) они будут получать ежемесячную надбавку в размере 5,5-кратного размера минимальной заработной платы (5 млн сумов).

"Надеюсь, что данная система поощрения послужит мотивацией педагогам-лауреатам в их дальнейшей деятельности", - отметила министр Хилола Умарова.

Для выявления лауреатов были проведены отборы в двух этапах. На начальном этапе Государственным центром тестирования были проведены тесты по оценке уровня знаний, а на втором были оценены их педагогические навыки. Многие педагоги, набравшие максимальный балл в тестовых испытаниях, подтвердили своё педагогическое мастерство и на втором этапе, где оценивалась их компетенция.

"К сожалению, включить в систему всех педагогов одним разом невозможно. Хотелось бы, чтоб другие педагоги продолжили работу над собой, так как возможность стать лауреатом специальной надбавки с Фонда будет предоставлена ежегодно. Пользуясь случаем, хочу поздравить всех наших учителей-лауреатов и пожелать им еще больших успехов в дальнейшей работе", - добавила Хилола Умарова.

Источник: https://darakchi.uz/ru/163857
#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi

⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan quyidagi xeshteglar ostida challenge o‘tkazilishini e'lon qiladi.

🧡#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
🧡#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
🧡#Kitob_bizni_birlashtiradi

Ushbu xeshteglardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar ulashayotganingiz haqidagi rasm videolaringizni joylang va bizga @kitob_challenge ga yuboring!

⚡️Ushbu challengeni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

📚Birgalikda siz azizlardan bu challengeda faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

❗️Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
❇️OLIS QOROVULBOZOR TUMANIDAGI BIR MAKTABNING 7 NAFAR O‘QITUVCHISI ENDILIKDA VAZIR JAMGʻARMASIDAN USTAMA OLISHADIGAN BO‘LISHDI

🔹Qorovulbozor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida ayni paytda 84 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning 26 nafari oliy, 23 nafari 1-, 20 nafari 2 malaka toifasiga ega.

🔹-Garchand olis hududda bo‘lsak-da, jamoamizdagi har bir o‘qituvchi yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etishga astoydil harakat qilyapti, -deydi maktab direktori Sarviya Kuldjanova

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtuz-03-30

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook |You Tube
Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi
.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Нукусдаги Алтин жағис маҳалласига ташрифи чоғида ўқитувчи Қуўанишбай Сейтназаров хонадонида меҳмон бўлиб, оила аъзолари билан ифторлик қилди

В ходе посещения махалли Алтын-жагыс в Нукусе Президент Шавкат Мирзиёев побывал в гостях у  преподавателя Куанышбая Сеитназарова и провел вместе с членами семьи ифтар

Facebook|Instagram|Twitter
Vazir Hilola Umarova qoraqalpog‘istonlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini taqdirladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda bugungi kunda maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni ma’naviy yetuk shaxs etib tarbiyalash, to‘g‘ri kasb tanlash borasida o‘qituvchilarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z bordi.

Uchrashuvda o‘qituvchilar tomonidan maktab ta’limini yanada rivojlantirish borasida bildirib o‘tgan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan 20 nafar faxriy o‘qituvchi “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram