Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
78.7K subscribers
19.8K photos
5.81K videos
140 files
11.9K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Президент_мактаблари_тажрибаси_билан_бўлишамиз

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglardan video-lavha.
_
✔️ Videoda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

O’QITUVCHILARNING FIKR-MULOHAZALARI O’RGANILMOQDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

Bugun mamlakatimiz bo’ylab Prezident maktablarida INGLIZ TILI o’qituvchilarining mahorati oshirilmoqda.

❗️ E’tiborli jihati, har bir trening mashg’ulotidan so’ng o’qituvchilarga QR kod taqdim etilgan bo’lib, ustozlar maxsus manzilda treninglar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda
.

Mazkur ijtimoiy so’rovnoma kelajakda tashkil etiladigan treninglarni yanada mukammallashtirishga yordam beradi.

✔️ So’rovnoma natijalari alohida e’lon qilinadi.

#Президент_мактаблари_тажрибаси_билан_бўлишамиз

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryoda “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar o'tkazildi

🎞(vedio+)

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Qarshi shahridagi Prezident maktabida  “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Seminar-treninglardan ko‘zlangan maqsad:

-ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishish;

-zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish;

-ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish;

-o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.        

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/qashqadaryo_vxtb
#Yurist_maslahati

Maktablarda ta’til bo’lgan vaqti ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 114-moddasiga muvofiq, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 125-moddasida ish beruvchi xodimning ishlagan vaqtini hisoblab borishi shartligi belgilangan. Ish beruvchi xodimga bajargan ishi uchun haq to‘laydi (Mehnat kodeksining 154-moddasi).

Qonunchilikka muvofiq, umumiy o‘rta-ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘z faoliyatini namunaviy yillik ish reja asosida amalga oshirishadi.

Pedagoglar ish rejasi ikki yo‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat bo‘lib, quyidagi ikki yo‘nalishda shakllantiriladi:
o‘quv-tarbiya jarayoniga oid;
o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid.
O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonga oid yillik ish rejada har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarni barkamol va ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash maqsadida ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.

O‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta’minoti va tashkiliy-pedagogik jarayon umumiy o‘rta ta’lim muassasasida olib borilishini inobatga olgan holda, maktabda dars bo‘lmagan davrda ham o‘qituvchilar maktabda faoliyat yuritishi zarur.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazir Hilola UMАROVА: "Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymaymiz”

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar va rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda bugungi kun zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida soʼz bordi:

“Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin”, -
deydi Hilola Umarova.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: http://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda siz http://ish.uzedu.uz orqali hujjat topshirish bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish 6-aprelgacha davom etadi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot_3

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot orqali javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ 11-sinf o’quvchisi yoz oylarida xorijiy davlatlardan birida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiada ishtirok etsa, maktabdagi bitiruv imtihonlaridan ozod qilinishi mumkinmi?
▶️ “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari qay tartibda bo‘ladi? Kirish imtihonlarida qatnashish shartlari qanday?
▶️Umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining sinf rahbarligi uchun qanday ustama va imtiyozlar belgilangan?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Infografika

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “VAZIRGA MUROJAAT” portali orqali kelib tushgan HAFTALIK murojaatlar statistikasi.

❗️Statistika 17.03.2023 - 24.03.2023 soat 09:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Ta'lim va Kasb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ta’lim va kasb – 2023” qaytmoqda!

Joriy
yilning 7-aprelidan 19-mayiga qadar “Ta’lim va kasb – 2023” XXIII Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda dunyoning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari ishtirok etadi.

Ko'rgazma o'tkaziladigan shaharlar:
📍Toshkent 7-8-aprel,
📍
Samarqand 10-aprel,
📍
Navoiy 12-aprel,
📍
Buxoro 14-aprel,
📍
Urganch 17-aprel,
📍
Nukus 19-aprel,
📍
Fargʻona 15-may,
📍
Andijon 17-may,
📍
Namangan 19-may.

Tadbir davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet mutasaddilaridan individual maslahatlar oladilar; o'zlariga mos yo'nalishlarni tanlash, o'qishga kirish, ta'lim sifati va talabalar hayoti haqida kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Ko'rgazma O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida o'tkazilmoqda.

❗️Ko'rgazmalarga kirish bepul!
Telegram bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi @myfair_regbot

📌 2023-yil bahori uchun tadbirlar jadvali bilan bizning saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
www.myfair.events/uz

Tel: +998 (90) 972-55-25
Tel: +998 (90) 392-04-40

🇷🇺 Телеграм-канал на русском языке: @myfair_ru

📲 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM