Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.8K subscribers
18.1K photos
5.63K videos
138 files
11.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Maktab_direktorlari_Liderlar_haftaligi_haqida

"Liderlar haftaligi” bizga o‘zgacha motivatsiya berdi"

"Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Liderlar haftaligi” biz kabi ta’lim sohasi xodimlari uchun ayni muddao bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu haftalik davomida bizning Qo‘qon shahrimizda ham yangicha ta’limga asoslangan seminar-treninglar o‘tkazildi.

Mazkur trening darslarini Marg‘ilon shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Nargiza Mullajonova tomonidan o‘tilishi bizga o‘zgacha motivatsiya berdi. Ayniqsa, yangi tashkil etilgan vazirlikning ta’lim sifatini oshirish borasidagi yangicha yondashuvlari barchamizga juda ma’qul bo‘ldi.

Biz bu ta’lim yangiliklari bilan tanishgach, o‘zimiz uchun kelgusi faoliyatimiz samaradorligini oshiruvchi zarur rejalarimizni belgilab oldik.
"

©️Nigora Egamberdiyeva, Qo‘qon shahridagi 15-maktab direktori
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbek va turk xalqlari azaldan doimo inoq, og‘ir kunlarda bir-biriga suyanch bo‘lib kelgan. Bugungi kunga kelib ikki davlatning o‘zaro do‘stlik aloqalari yanada rivojlanib bormoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida yerlik aholi katta jabr ko‘rdi. Davlatimiz rahbari fojea ro‘y bergan kuni qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.

Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, mamlakatimizdagi tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus qutqaruvchilar zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Turkiya davlatiga yuborildi. Ayni damda fojea hududiga yurtimizdan turli gumanitar yordamlar doimiy ravishda yuborilmoqda.

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi hamda o‘z hamdarligini bildirdi. Tabiiy ofat natijasida halok bo‘lgan insonlar xotirasini yod etib, jarohatlangan insonlarning tezda sog‘ayib ketishini tiladi.
Okul Öncesi ve Okul Eğitimi Bakanı Türkiye Cumhuriyeti Taşkent Büyükelçiliğini ziyaret ederek kardeş Türk halkına başsağlığı diledi

Özbek ve Türk halkları her zaman samimi ve zor zamanlarda birbirlerine destek olmuşlardır. Günümüzde de iki ülke vatandaşları arasındaki dostluk ilişkileri daha da pekişmektedir.

Bildiğiniz üzere bulunduğumuz yılın 6 Şubat tarihinde Türkiye'nin bazı bölgelerinde şiddetli bir deprem meydana geldi ve yerli ahali çok zarar gördü. Özbekistan Cumhurbaşkanı Şevket Mirziyoyev yaşanan olaylar gününde kardeş Türk halkına ve Cumhurbaşkanı Recep Tayyip Erdoğan'a başsağlığı diledi.

Cumhurbaşkanımızın talimatı üzere ülkemizdeki ilgili kuruluşların temsilcilerinden oluşan özel kurtarıcılar, deprem etkilerinin ortadan kaldırılmasına yardımcı olmak amacıyla Türkiye'ye gönderildi.

Aynı zamanda ülkemizden bu bölgeye sürekli olarak çeşitli insani yardım ürünleri gönderilmektedir.

Bakan Hilola Umarova bugün Türkiye Cumhuriyeti Taşkent Büyükelçiliğini ziyaret ederek başsağlığı dileklerini iletti. Doğal afet sonucu yaşamını yitirenlere Allah'tan rahmet ve yaralılara acil şifalar diledi.
“Билим ва маҳорати устида доимий ишлаган, албатта, қадр топади” — ойига минг доллар топаётган мактаб ўқитувчиси

Ўзбекистон мактабларида берилаётган таълим сифати танқид қилинаркан, бунга сабаблардан бири сифатида ўқитувчилар ойлигининг пастлиги ҳам айтиб келинади. Сўнгги йилларда соҳага ва ўз устида ишловчи ўқитувчиларга бўлаётган эътибор, яратилаётган имкониятлар сабаб, ойлиги сезиларли юқори ўқитувчилар кўпаймоқда.

👉 https://kun.uz/82600318

Kun.uz расмий канали
#Maktab_direktorlari_Liderlar_haftaligi_haqida

"Rahbarlik faoliyatimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishga kirishdim"

"Maktab direktorlari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Liderlar haftaligi” doirasidagi seminar-treninglar bizda katta taassurot qoldirdi.

Bu dars jarayonlarida maktab boshqaruvida ko‘mak beradigan qator loyihalarni o‘rgandik. Aniqroq aytganda, maktab direktori qo‘l ostidagilarga yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini bajartiruvchi bo‘lib qolmay, masalaga zamonaviy yondashib, boshqarishning samarali usullarini amaliyotga joriy etishiga qaratilgagan muhim yondashuvlar bilan tanishdik.

Men ushbu amaliy ko‘nikmalardan shuni angladimki, maktab faoliyatini yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish, avvalo biz rahbarlarning malakasiga bog‘liq ekan. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, endilikda o‘z faoliyatimni yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishga qaror qildim."

©️Ra’noxon Haydarova,
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 56-maktab direktori
Endilikda eksternat tartibida imtihon topshirishda ariza berish uchun maktabga borishning hojati yo‘q

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan soha faoliyatiga oid qator jarayonlarni raqamlashtirish orqali aholiga qulaylik yaratishda muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada yurtdoshlarimiz maktablarga borish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni arxiv maskanlaridan qidirib topish kabi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos bo‘lmoqda.

Bugungi kunga qadar turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan fuqarolarning eksternat tartibida imtihonda ishtirok etish uchun ariza topshirishi uzoq va hujjatbozlik talab etadigan jarayon hisoblangan.

☝️O‘tgan o‘quv yilida 11 mingdan ortiq fuqaro eksternat tartibida ariza topshirish uchun kamida 3 marotaba maktabga borishga majbur bo‘lgan.

👨🏻‍💻Arizalar 2023-yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) o‘z uyidan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn topshiriladi, natija 2 kunda fuqaroga ma’lum qilinadi. Eng muhimi, davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Shuningdek:

📱 fuqaro faqat baholar tabeli va ma'lumotnomani elektron shaklda topshiradi (avval hujjatlar soni 5 ta bo‘lgan);

📲 arizalar 2 kunda ko‘rib chiqilib, natijasi fuqaroga onlayn yuboriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz:
ushbu davlat xizmati joriy yilning 1-martidan ishga tushiriladi va 1-mayga qadar davom etadi.

Joriy o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔰Ma’lumot uchun: hozirda maktab ta’limiga oid quyidagi davlat xizmatlari mavjud:

🔹 dublikat shahodatnoma olish;

🔹chet elda umumiy o‘rta ta’lim ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish (nostrifikatsiya) uchun ariza berish;

🔹 chet el va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga joylashtirish uchun ariza berish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

#Challenge
#Ajdodlarim_merosi

🔰 9-FEVRAL - buyuk shoir va mutafaakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi
➡️14-FEVRAL - o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi #Ajdodlarim_merosi challenge e'lon qilingan edi.

▪️Shu munosabat bilan Jizzax viloyat Zarbdor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining to'garak a'zolari tomonidan tayyorlangan videoroliklar ketma-ketligini e'tiboringizga havola etamiz!

❗️Eslatib o'tamiz, challenge uchun ijodiy ishlar qabul qilish joriy yilning 15-fevral kuniga qadar davom etadi.

SHOSHILING!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Fan olimpiadalari (:))
🎉🎉XUSHXABAR🎉🎉

💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

G'olib o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham tez orada e'lon qilinadi!

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
🎓 12 ming nafar iqtidorli yoshlarga 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar qoplab berildi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida - IELTS, TOEFL, IBT, GMAT, GRE va SAT xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berish tizimini joriy etish vazifasi qo’yilgan edi.

💰Qisqa muddatlarda 12 mingdan ortiq yoshlar ushbu yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishdi, ushbu yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplash uchun 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar davlat tomonidan ajratib berildi.

✅️ www.my.gov.uz platformasida imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir elektron davlat xizmati joriy etilgan bo’lib, batafsil ma'lumot quyidagi videoda - https://youtu.be/sZMLiSLnk8g

Bunday imkoniyatlardan yuqori sinf maktab o'quvchilari foydalanishlari tavsiya etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!