Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79K subscribers
20.3K photos
5.86K videos
140 files
12.1K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ma’muriy islohotlar bilan tanishtirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi ishtirok etdi.

✔️Hilola Umarova yig'ilganlarga islohotlar mohiyati haqida gapirarkan, jumladan shunday dedi:

- Davlatimiz rahbari maktablarda ta'lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish va sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishini ta'kidlaganlar.

Shunga asosan bizning eng asosiy maqsadimiz, bu — farzandlarimizga sifatli ta'lim berishda bog‘cha, maktab va oliy ta'lim uyg‘unligini ta'minlashdan iborat. Bu yo‘lda hammamiz hamjihatlikda ishlashimiz lozim.

❗️Shundan so‘ng vazir tizimiga oid masalalar bo‘yicha muammo hamda takliflar bo'yicha shaxsan o‘zi nazorat qiladigan yangi telegram bot va e-mail manzilini yig‘ilish ishtirokchilariga taqdim etdi.
MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda yangi o'quv yilidan jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlangʼich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya, tarbiya fanlarining o'tilmasligi haqida tarqalayotgan xabarlar 2020-yil karantin davrida eʼlon qilingan boʼlib, bu choralar pandemiya davrida oʼquvchilarning sogʼligʼini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Ayni damda ushbu maʼlumotlar mutlaqo asossiz ekanligini maʼlum qilamiz hamda blogerlardan haqiqatga zid bo'lgan yolg'on axborotlarni tarqatmaslikni so'rab qolamiz.
TAYINLOV

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosarlari tayinlandi


Prezident qarori bilan:

Usman Sharifxodjayev —
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga;

Temurjon Komilov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;

Dilshod Kenjayev — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga;

Uzokboy Begimkulov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.

OʼzА
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tayinlandi

Prezident qaroriga asosan

Аlisher Ubbiyev
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

OʼzА
⭕️⭕️⭕️⭕️
Diqqat-diqqat!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo” shiori ostida quyidagi g‘azalxonlik haftaligini e’lon qiladi!

🧡“Navoiy vorislari”
🧡“Navoiyni anglash”
🧡“Navoiy asarlarining bilimdoni”
🧡“Bobur asarlarining bilimdonlari”
🧡“Boburni anglash”
🧡“Bobur milliy bog‘i majmuasi”

⭕️⭕️⭕️
☑️Har bir ko‘rik-tanlovning o‘tkazilish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasida e‘lon qilib boriladi.

😀Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💸 50.000.000 so‘m yutishni xohlaysizmi?

🌐 PDP University — umumiy sovrin jamg’armasi 5,5 mlrd so’m bo’lgan matematikadan Respublika fan olimpiadasini o’tkazadi.

🇺🇿 Olimpiada aniq fanlarni rivojlantirish hamda yoshlarni raqamli texnologiyalar mutaxassisligiga yo’naltirish maqsadida 10-11-sinf maktab va litsey o’quvchilarini qamrab oladi.

🏛 Hamkorlarimiz: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, IT-Park hamda “KHISO” olimpiada maktabi.

🏆 Bosh sovrin: 50 mln. so’m naqd pul.

‼️ Olimpiada 2 bosqich: Saralash va Asosiy bosqich tarzida o’tkaziladi.

⚜️ Aziz o’quvchilar, matematika fanidan o’z bilimlaringizni sinab ko’ring va respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etib, bilimingiz evaziga munosib taqdirlaning!

⚡️ Bosh homiy: MEGA MOTORS kompaniyasi.

🌐 PDP University — raqamli taʼlim, raqamli kelajak yaratish uchun!

Roʻyxatdan oʻtish:
@pdpolympiad_bot

☎️ | 78-777-77-47
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
70 фоизгача камайган қоғозбозлик – мактабдаги шароитдан ўқитувчиларнинг кўнгли тўляптими?

Устозларнинг кўпи мактаб таълимида охирги йилларда бўлган энг катта ўзгариш сифатида ўқувчиларни баҳолаш жараёни онлайн платформага ўтгани ва шу сабаб қоғоз журнал, кундаликлардан воз кечилгани бўлганини айтишмоқда. Қолаверса, сўнгги 5-6 йилда мажбурий меҳнат барҳам топгани ўқитувчиларнинг ўз устида ишлашига кўпроқ вақт қолдиряпти деган фикрда.

👉 https://kun.uz/17712601

Kun.uz расмий канали
2022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.

Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Biz sportchilar oilasimiz” onlayn sport tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan qishki ta'til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida onlayn sport tanlovi e'lon qilingan edi.

Tanlovda munosib qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi oilalar aniqlandi:

🥇1-o‘rin — Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Humoyun Berdiqobilovlar oilasi;

🥈2-o‘rin — Toshkent viloyati, Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Shirin Axmataliyevalar oilasi;

🥉3-o‘rin — Jizzax viloyati, Arnasoy tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabinig 3-sinf o‘quvchisi Anora Raxmonberdiyevalar oilasi, g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchi oilalar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.
Давлатимиз раҳбари Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабига ташриф буюрди.

Глава государства посетил общеобразовательную школу №55 в Андижанском районе.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter