Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
76.6K subscribers
18.4K photos
5.66K videos
138 files
11.5K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@xtv.uz

Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
⚽️Buxoroda oʻsmirlar oʻrtasida futbol boʻyicha Respublika birinchiligi boʻlib oʻtdi

⚡️ Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida Respublika birinchiligi oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra:
1️⃣-oʻrinni Buxoro viloyati;
2️⃣-oʻrinni Namangan viloyati;
3️⃣-oʻrinni Sirdaryo viloyat jamoalari qoʻlga kiritishdi.

Gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalar Markaziy kengash tomonidan diplom, medal va qimmat baho sovgʻalar (zamonaviy televizor, velosiped va sport anjomlari) bilan taqdirlandilar.

Ma'lumot o'rnida: Mazkur musobaqaga respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri jamoalari tashrif buyurishdi.
Бугун, 11 октябрь бутун дунё эътиборини қизларнинг камситилиши, уларнинг ижтимоий муаммоларига қаратиш мақсадида Халқаро қизлар куни (International day of the Girl Child) нишонланди.

❇️Мазкур сана муносабати билан пойтахтимиздаги Турин политехника университети филиалида ибратли маънавий-маърифий тадбир уюштирилди. Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармаси ҳамкорлигида ўтказилган тадбирда пойтахтлик истеъдодли қизлар ўз иқтидорлари билан яратган ижодий ишлари намуналарини намойиш этишди. Унда Зулфияхоним қизларининг чиқишлари барчага манзур бўлди. Шунингдек, қизлар учун маҳорат дарслари ўтказилди.

👉Бир сўз билан айтганда, бу кун тадбир иштирокчиларида олам-олам таассуротлар қолдирди.

🖌Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг: 👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB
Ҳудудларда мактаб ўқувчилари ўртасидаги фан олимпиадасининг туман (шаҳар) босқичи бўлиб ўтмоқда

Жорий йилнинг 11 октябрь куни умумтаълим мактаблари ўқувчилари ўртасида ўтказилаётган умумтаълим фанлари бўйича Республика олимпиадасининг II туман (шаҳар) босқичига старт берилди. Ўқувчи-ёшлар иқтидорини кашф этиш, уларнинг интеллектуал салоҳиятини ошириш, қолаверса, иқтидорли ёшларни аниқлаш ва қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилаётган мазкур олимпиада 11-18 октябрь кунлари республикамизнинг барча ҳудудларида ўтказилади.

Олимпиаданинг туман босқичида 16 та фан бўйича умумтаълим муассасалари ҳамда нодавлат таълим ташкилотларининг 9-11-синф ўқувчилари билими синовдан ўтказилади. Олимпиада барча фанлардан тест синовлари шаклида ташкил этилади.

Мазкур жараёнда ҳар бир фандан 30 та тест саволи тақдим этилади. Тест натижаларига кўра, ҳар бир фан ва синф кесимида иштирокчилар орасидан баллар кетма-кетлигида 3 нафар ғолиб аниқланади. Ғолиблар учинчи босқичда иштирок этиш учун тавсия этилади.

@uzedu
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 11-12-13-oktabr kunlari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’anaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi.

O‘zbek tili fani o‘qituvchilari orasidan mahoratli va tashabbuskor, o‘z ustida ishlaydigan faol o‘qituvchilarni aniqlash, ularning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ish tajribasini ommalashtirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Ona tili” va “Oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

2021-yil 20-iyuldan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlarning arizalarini qabul qilish boshlandi va belgilangan muddatgacha 24670 nafar o‘qituvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Tanlovning birinchi bosqichi tuman, shahar miqyosida 20 ta test topshirigʻidan o‘tish va “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusida taqdimot qilish shartlari asosida o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etgan o‘qituvchilarning 293 tasi keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichi ham 2 ta shart asosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida oʻtkazildi. Ushbu bosqichda ham ishtirokchilar 20 ta test topshirig‘idan o‘tishdi va “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusida taqdimot qilishdi. Ikkinchi bosqichda qatnashgan o‘qituvchilarning 14 nafari ona tili fanidan va 13 nafari o‘zbek tili fanidan respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

2021-yilning 11-oktabr kuni “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi respublika bosqichining birinchi qismi boʻlib o‘tdi. Bu bosqichda ishtirokchilar “Ijodiy namunali shaxs obrazi” mavzusida konvertlarda tayyorlangan adabiy va erkin mavzulardan birini ixtiyoriy tanlab 50 ballik mezon asosida 2 (akademik) soat vaqt ichida esse yozdilar.

12-13-oktabr kunlari belgilangan dars jadvali asosida ishtirokchilardan 45 daqiqa dars mashgʻulotini oʻtish talab etiladi. Ishtirokchilarning dars mashgʻuloti oʻtish ketma-ketligi, dars mavzulari, mashgʻulot oʻtkaziladigan sinflarni (parallel) qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Келгуси йил учун республика ва маҳаллий бюджетларни режа қилаётганда ҳатто оила бюджетини режалаштиришда ҳам энг асосий эътиборни ёшларни таълим-тарбиясига киритилаётган сармояга қаратилса мақсадга мувофиқ бўлади.

Таҳлилномада демографик дивиденд ҳақида лавҳа тайёрланган экан, кўришни тавсия этаман. Демографик дивиденд имкониятларидан фойдаланиш учун иложи борича таълимга кўпроқ эътибор қаратилиши зарур.

https://www.facebook.com/SherzodXotamovichShermatov/videos/1179785875879131/
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қоракўлдаги олимпиадачиларни тайёрлайдиган машҳур математика мактаби Халқаро математика мактабига айланиб, янги бинога кўчиб ўтганини ўзи ўқувчилар ва педагогик жамоа учун катта байрамга айланган эди. Бугунги Давлатимиз Раҳбарининг ушбу мактабга ташрифи уларга янада юқори марраларга ундайдиган улкан мотивация берди. Батафсил: https://t.me/shmirziyoyev/9687
Россиялик ўқитувчилар иштирокида ўзбекистонлик ўқувчилар учун рус тили фанидан теледарслар тасвирга олинмоқда

“Зўр” (“Класс”) лойиҳаси доирасида Россиядан ташриф буюрган ўқитувчилар 2-синф ўқувчилари учун рус тили фани дарсларини тасвирга олишда иштирок этмоқда.

Айни вақтгача 14 та теледарс тайёрланган бўлиб, улар II чоракдан “Онлайн мактаб” телелойиҳаси доирасида эфирга узатила бошлайди.

Шунингдек, россиялик мутахассислар иштирокида 2022 йилнинг январь ойида "Узлуксиз касбий таълим" электрон платформасида 4 та фан — математика, кимё, биология ва физика ўқитувчилари учун рус тилида малака ошириш курслари ҳам ишлаб чиқилади.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram