Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
79K subscribers
20.2K photos
5.86K videos
140 files
12K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:http://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ info@uzedu.uz

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
#Maktablarga_yordam_beraylik

XORAZM VILOYАTI GURLAN TUMANIDAGI 7-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1983-yil qurilgan bo‘lib, 1176 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan.

Maktabga 2021-yilda Investitsiya dasturi asosida 5 mlrd 658 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda maktabda ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Transport va logistika davlat unitar korxonasi Xorazm viloyati filiali tomonidan jihozlarni maktablarga yetkazish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

👉@Xorazm_XTB
Халқ таълими вазири номенклатурасига кирувчи лавозимларга номзодлар очиқ мустақил танлов асосида ишга қабул қилинмоқда

Маълумки, жорий йил январдан бошлаб Халқ таълими бошқаруви органларида вакант лавозимлар учун Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги билан ҳамкорликда vacancy.argos.uz портали орқали очиқ мустақил танлов ўтказиб келинмоқда.

Маълумот учун, бугунги кунга қадар биргина вазирлик марказий аппаратида 24 та лавозим бўйича эълон қилинган танлов жараёнларида ҳужжат топширган 969 нафар номзоднинг малака талабига мос келувчи 636 нафари тест жараёнида иштирок этган. Тестдан ўтган 248 нафар номзод билан суҳбат ўтказилган ва 10 та лавозим бўйича танлов ғолиби аниқланган.

Шунингдек, жорий ҳафтада Танлов комиссияси томонидан вазирлик марказий аппарати етакчи мутахассиси, 1 та халқ таълими бошқармаси бошлиғи ўринбосари, 2 та бўлим бошлиғи, 12 та туман (шаҳар) халқ таълими бўлими мудири лавозимларига тестдан ижобий натижа олган 85 нафар номзод билан уларнинг билими, малакаси ва касбий кўникмаси вакант лавозимга мослигини аниқлаш мақсадида суҳбат ўтказилди.

Келгуси ҳафтада вазирлик марказий аппаратида 4 та (1 та бош, 3 та етакчи мутахассис), 1 та ҳудудий бошқарма бошлиғи ўринбосари, 5 та туман (шаҳар) халқ таълими бўлими мудири лавозимига номзодлар учун суҳбат жараёнлари ўтказилиши режалаштирилмоқда.

Танлов жараёнларини бевосита youtube.com тармоғидаги вазирликнинг расмий канали орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин.

Бундан ташқари, Халқ таълими вазирлигида ишлашни хоҳловчиларни ҳозирги кунда вакант бўлган
-Халқаро алоқалар бўлими етакчи мутахассиси;
-Ижро интизоми ва йиғма ахборот-таҳлил бошқармаси етакчи мутахассиси;
-Ахборот-коммуникация технологияларини жорий этишни мувофиқлаштириш бўлими етакчи мутахассиси; (ҳужжатлар 26 августгача қабул қилинади).

Лавозимларга ўтказилаётган очиқ танловларда иштирок этишга таклиф этамиз.
#Hashar_elga_yarashar

Давлатимиз мустақиллигининг 30 йиллик байрамини нишонлашга муносиб тайёргарлик кўриш ҳамда ҳудудларимизни ободонлаштириш мақсадида бугун юртимиз бўйлаб «Янги Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!» шиори остида умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилди.

Умумхалқ хайрия ҳашарида халқ таълими ходимлари ҳам фаол иштирок этди. Хусусан Халқ таълими вазирлигида фаолият юритаётган ходимлар ҳам ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш тадбирларида фаол иштирок этиб, вазирлик ва унинг атрофини обод қилдилар.
#YANGI_OʼZBEKISTON_USTOZLARI
#ZAMONAMIZ_QAHRAMONLARI

YANGI O‘ZBEKISTON KASHF ETAYOTGAN USTOZLAR

Zulfiya Jalilova 7 yildan buyon Samarqand viloyati Toyloq tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida o‘quvchilarga ingliz tili fanidan saboq berib keladi. 2014-yilda Samarqand davlat chet tillar institutini bitirgan.
Oliy toifali o‘qituvchi...

O‘qituvchi bo‘la turib, avvalgidek, o‘quv yilining yarmini paxta dalasida, undan qolgan vaqtini ko‘cha-yu odamlarning ostonasini supurib-sidirishga sarflayotgani yo‘q! Istalgan mansabdor yoki tashkilotning tazyiqi ostida emas! Qog‘ozbozlikka ko‘milib ham qolgani yo‘q! Oylik maoshi, malaka toifasining oshishini yillar davomida, har maoshning qo‘lga tegishini yarim yilgacha kutmayapti…

Batafsil: bit-ly.ru/BGj5Q

@samarqandvxtb
Только лучшие преподаватели❗️

Университет TIUE и Научно-исследовательский институт изучения проблем и определения перспектив народного образования имени А. Авлони подписали меморандум о сотрудничестве и взаимодействии.

В соглашении говориться о том, что в университет TIUE будут привлекаться языковеды из Российской Федерации.👏 Это даст возможность нашим студентам совершенствовать свои знания русского языка.

⚠️Также отличная новость для наших абитуриентов❗️

Университет TIUE предоставит общежитие на 200 студентов👍

Успейте получить место в общежитии 🏃‍♀️ 🏃‍♂️
Смотрите видео о подписании меморандума по ссылке https://youtu.be/Q3h_xR-UxS8

Вы уже прошли регистрацию⁉️
Присоединяйтесь к активному студенческому сообщесту TIUE

📲 +998 55 500 20 21
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
Faqat eng malakali o'qituvchilar ❗️

TIUE universiteti va A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumini imzoladilar.

Hujjatda TIUE universiteti Rossiya federatsiyasidan tilshunos olimlarni jalb qilinishi ko'rsatilgan. 👏 Bu esa, o’z navbatda talabalarimizning rus tili bilimlarini yanada oshirish imkonini beradi.

⚠️Shuningdek, abituriyentlarimiz uchun yana bitta ajoyib yangilik❗️
TIUE universitetida 200 o'rinlik talabalar yotoqxonasi tashkil etiladi 👍

Yotoqxonadan joy olishga ulguring 🏃‍♀️🏃

Ro'yxatdan o'tishga ulgurdingizmi ⁉️
TIUEning faol talabalar jamoasiga qo'shiling!
Memorandum imzolangani haqidagi videoni https://youtu.be/Q3h_xR-UxS8 da ko'ring🙌🏻

📲 +998 55 500 20 21
Forwarded from Huquqiy axborot
#2021_йил_1_сентябрдан

🏆 Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши натижаларга эришган мактабларни рағбатлантириш мақсадида Президент соврини таъсис этилади.

Бунда, соврин учун мусобақалар умумтаълим мактаблари ўртасида қуйидаги уч босқичда ташкил этилган ҳолда:

👉 биринчи босқич – туман ва шаҳарларда ўтказилиб, ғолиблар 100 млн сўмгача;

👉 иккинчи босқич – Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида ўтказилиб, ғолиблар 250 млн сўмгача;

👉 учинчи босқич – республика миқёсида ўтказилиб, ғолиблар 500 млн сўмгача пул маблағлари билан мукофотланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
#Maktablarga_yordam_beraylik
❇️BUXORODA “MEN O‘QIGAN SINF XONASI” LOYIHASI ISH BOSHLADI

🔹Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan yangi- “Men o'qigan sinf xonasi” loyihasi ish boshladi.

🔹Mazkur loyiha doirasida sobiq bitiruvchilar o‘zlari o‘qigan maktabdagi jonajon sinf xonalarini to‘liq ta’mirlab, zamonaviy jihozlar bilan jihozlab berishyapti.

🔹Buxoro shahridagi 11-umumta’lim maktabi bitiruvchisi, Buxoro Davlat Universiteti professori Bahodir Ma’murov loyihaning ilk qahramonlaridan biridir.

🔹U tayyorlagan sinf xonasi o‘quvchi va o‘qituvchilarimiz uchun Mustaqilligimizning 30 yilligi va "Bilimlar kuni"ga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт |You tobe | Facebook |
Forwarded from UNICEF Uzbekistan
Более 1,57 миллиарда детей пострадали от закрытия школ в связи с #COVID19 в 2020м году.

Перед открытием школ в новом учебном году, ЮНИСЕФ работает с правительством и партнерами, чтобы инвестировать в лучшие школы и охватить наиболее уязвимых детей.

#ДляКаждогоРебенка

***

2020 yilda #COVID19 tufayli maktablarning yopilishidan 1,57 milliarddan ortiq bola zarar ko'rdi.

Maktablar yangi o'quv yilida ochilishidan oldin, UNICEF hukumat va hamkorlar bilan muassasalarda ijobiy o’zgarishlarga sarmoya kiritish va barcha bolalarni qamrash ustida ishlamoqda.

#HarBirBolaUchun
#Back2School

@unicefuzbekistan
Facebook | Instagram | Twitter
Forwarded from IT taʼlim
Ona tili va oʻqish savodxonligi fanidan baholashda nimalar oʻzgarmoqda?

1. Ushbu fanning 1- hamda 2-sinfidan uyga vazifalar olib tashlangani bois uy vazifalarini baholash bekor boʻlmoqda.

Tushuntirish: uyga vazifalarning olib tashlanishiga birinchi sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani boʻlsa, ikkinchidan darslardan charchab borgan quyi sinf oʻquvchilari uyda koʻproq dam olishlari lozim deb qaralmoqda. Samarasiz topshiriq deganda oʻquvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yoʻl-yoʻlakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, oʻquvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi nazarda tutilgan.

2. Choraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab qoʻyish amaliyoti bekor qilinmoqda.

Tushuntirish: endi kundalik yigʻilgan baholar choraklik bahoga taʼsir qilmaydi. Chunki kundalik baho rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, choraklik baho esa erishilgan marrani tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu ikki baholashni oʻzaro qorishtirish sifatga taʼsir qiladi.

3. Yillik bahoni choraklik baholar asosida qoʻyish amaliyoti bekor qilinmoqda.

Tushuntirish: yil oxirida oʻqituvchi oʻquvchilar uchun qoʻyilgan minimal talabga javob bera olishini tekshirish uchun imtihon oʻtkazishi lozim. Chunki har chorakdagi baho bu minimal talabni bajara olishi yoki olmasligini yaqqol koʻrsatib bera olmaydi.

4. Bahoga jazo yoki ragʻbat quroli emas, rivojlantirish vositasi sifatida qarash kerakligi tavsiya etilmoqda. Bolalarni baho bilan qoʻrqitishni bas qilish, ularga imkon qadar past baho qoʻymaslik, toki topshiriqni yaxshi bahoga bajarib kelmaguncha baholamay turish TAVSIYA etilmoqda.

5. Oʻquvchiga qoʻyilgan har bir bahoga izoh-mulohaza berish talab etilmoqda (izoh mulohazalarning turlari va namunasi videoda bor).

Tushuntirish: oʻquvchi olgan bahosining adolatli ekaniga ishonch hosil qilmas ekan taʼlimga nisbatan motivatsiyasi soʻnib boraveradi. Buni isbotlashining eng yaxshi usuli samarali yetkazilgan izoh mulohazadir. Oʻquvchi izoh-mulohaza orqali kamchilik va yutuqlarini yaqqol koʻra oladi. Keyinchalik qanday harakat qilishi kerakligi haqida xulosalar chiqarib oladi.

6. Oʻqituvchi bahoni oʻquvchi sinf bitiruvchisi uchun qoʻyilgan malaka talabni qanchalik yaxshi bajarayotganiga qarab qoʻyishi amaliyoti joriy qilinmoqda.

Tushuntirish: Milliy oʻquv dasturida malaka talablari qismi mavjud. Bu malaka talablari oʻqituvchi kitobida ham aks etgan. Oʻquvchilar ana shu malaka talablariga javob bera olishi kerak. Oʻqituvchi endilikda shuni baholaydi. Yaʼni oʻquvchining qoidani bilishi emas, oʻsha qoidadan xulosa chiqarib amalda qanchalik toʻgʻri foydalanishi inobatga olinadi.

📌Ona tili va o'qish savodxonligi fanini baholash yuzasidan video qo'llanma👉https://youtu.be/RGVCvMPyFEg

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1-синф ўқувчиларига аталган “Президент совғалари” ҳудудларга йўл олди

Жорий йилнинг 23 август куни анъанага кўра 1-синф ўқувчиларига топшириладиган “Президент совғалари”дан иборат карвон ҳудудларга йўл олди.

12 турдаги ўқув қуроллари, жумладан портфель, дафтар, расм дафтари, акварел бўёқлари, рангли қоғоз, қаламдон, шарикли ручка, рангли ва оддий қаламлар, пластилин, елим, ўчирғични ўз ичига олган совғалар дастлаб Жиззах ва Сирдарё вилоятларига етиб боради. Янги ўқув йили бошлангунига қадар мазкур совғалар босқичма-босқич барча мактабларга етказилиб, ўқув йилининг илк куни ўқувчиларга топширилади.

Эслатиб ўтамиз, 2021-2022 ўқув йилида 641 604 нафар ўқувчилар мактабларнинг 1-синфларига қабул қилиниши режалаштирилган.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram