Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#attestatsiya
#malaka_toifasi
➖2024-yildan amaliyotga joriy etilayotgan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonlaridagi asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat?
➖Malaka toifalarini berishning asosiy 3 ta yo‘nalishlari qaysilar?
➖Kimlar imtiyozli tarzda malaka toifasi seritifikatlarini olishlari mumkin?
👉 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Safarali Hamroyev “Mening yurtim” telekanali muxbirining shu kabi savollariga batafsil javob berib o‘tdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etishga doir o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda
✅ Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrda 692-son qarori asosida 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinmoqda.
🔴 Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan malaka toifasi berishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirokida onlayn o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
⚡️ Hozirga qadar bu kabi o‘quv seminarlari Xorazm viloyati (2500 nafar), Buxoro viloyati (1 140 nafar), Sirdaryo viloyati (280 nafar), Toshkent viloyati (1 600 nafar), Samarqand viloyati (2 400 nafar) doirasida onlayn shaklda, Toshkent shahri (340 nafar) doirasida oflayn shaklda tashkil etildi.
❗️Ushbu seminarlarda umumiy hisobda 10 000 nafarga yaqin, jumladan:
➖1000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktorlari;
➖3 000 nafarga yaqin umumta’lim maktab direktori o‘rinbosarlari;
➖5 000 nafardan ortiq umumta’lim maktablar pedagoglari;
➖800 nafarga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
📺 Shuningdek, bu kabi o‘quv seminarlari bugun — 11-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, ertaga — 12-yanvar kuni Surxondaryo viloyati doirasida onlayn shaklda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
👉 Mazkur viloyatlar hamda boshqa hududlardagi soha xodimlari ishtirokida tashkil etiladigan o‘quv seminarlari haqidagi ma’lumot (o‘tkazilish vaqti, seminar havola manzili)lar bilan vazirlikning rasmiy kanаllari orqali tanishib borishingiz mumkin.

✅ pedkadr.uzedu.uz platformasiga bir kunda 5 785 ta ariza kelib tushdi
👉Xabaringiz bor, 2024-yil 15-yanvardan boshlab maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiya jarayonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari boshlandi.
✅ O‘tgan bir kunning o‘zida attestatsiyadan o‘tish va malaka toifalarini olishni istagan 5 785 nafar, jumladan:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi — 305;
➖Andijon viloyatidagi — 399;
➖Buxoro viloyatidagi — 491;
➖Jizzax viloyatidagi — 329;
➖Qashqadaryo viloyatidagi — 495;
➖Navoiy viloyati dagi — 409;
➖Namangan viloyatidagi — 445;
➖Samarqand viloyatidagi — 573;
➖Surxondaryo viloyatidagi — 546;
➖Sirdaryo viloyatidagi — 270;
➖Toshkent viloyatidagi — 475;
➖Farg‘ona viloyatidagi — 428;
➖Xorazm viloyatidagi — 268;
➖Toshkent shahridagi — 352 nafar pedagoglarning arizalari pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali qabul qilindi.
❗️Eslatib o‘tamiz, pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari joriy yil 1-martga qadar davom etadi.

#сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi
❓O‘qituvchilik faoliyatimni boshlaganimga 24 yil bo‘ldi, 10 yildan beri oliy toifaga egaman. Savolim shuki, men kabi uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi haqida eshitdim, shu to‘g‘rimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar toifasi keltirib o‘tilgan.
➖Unga ko‘ra, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan yoki pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi qayd etilgan.
👉Shuningdek, mazkur Nizomga asosan, quyidagi pedagoglar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod etiladi.

❓Malaka imtihonlaridan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari ham o‘tadimi?
❗️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda pedagog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilangan.
➖Nizom talablariga ko‘ra, attestatsiyaga ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.
➖Xususan, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.
👉 Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanganligidan xabardorsiz.
❗️Shu munosabat bilan pedagoglar uchun attestatsiyaga doir ayrim tartiblarni eslatib o‘tmoqchimiz:
➖ Majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida;
➖ Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.
➖ Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.
👉Murojaatning o‘rganish natijalari bilan pedagoglar o‘zlarining pedkadr.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

❓Bu yilgi attestatsiya sinovlaridan bog‘cha tarbiyachilari ham o‘tadimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkaziladi.
➖ Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, attestatsiya imtihonlariga respublikamizdagi barcha davlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida mehnat qilayotgan hamda navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan oliy ma’lumotli pedagog kadrlar jalb etiladi.
👉 Ma’lumot uchun: majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan davlat maktabgacha, shuningdek, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari ham o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Nizom talablariga muvofiq navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.

❓Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.
✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.
🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:
➖100 metrga yugurish;
➖joyidan turib uzunlikka sakrash;
➖turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);
➖ yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.
👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

❓Men 2022-yilda attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tganman, ammo o‘sha vaqtda shaxsiy kabinetga kirish uchun berilgan login va parol hozir esimda yo‘q. Bu yilgi atttestatsiyasida ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish uchun eski login va parolimni tiklasam bo‘ladimi?
❗️Albatta, tiklasa bo‘ladi. Buning uchun http://pedkadr.tdi.uz/Pedagogue/resetPassword manziliga o‘tishingiz va ochiq oynalarni to‘ldirishingiz kerak.
➖Bunda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki ID-karta)dagi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda tegishli telefon raqamlarini kiritasiz.
👉 Eslatma: Login va parollarni tiklash uchun uch martagacha imkoniyat beriladi. Agar ushbu imkoniyatlardan foydalana olmagan taqdiringizda, tizim administratorlari, ya’ni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalaridagi Ishchi guruhlarga yoki @pkatdi_bot orqali murojaat yuborishingiz zarur.

❓Attestatsiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestatsiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?
❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
✅ Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:
➖ davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
➖ pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
➖ yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.