@uzdsf
1.55K subscribers
1.47K photos
238 videos
781 links
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasining rasmiy kanali

Official channel of the Deaf Sports Federation of Uzbekistan

Официальный канал Спортивной федерации глухих Узбекистана
Download Telegram
@uzdsf pinned a photo
O‘zbekistonliklar bronza medali sovrindori!

🥉26-iyundan 5-iyulga qadar Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha I Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bronza medallarga sazovor bo‘lishdi.

Oxirgi ikki o‘yinda uchta sportchimiz jarohat olgani, raqib jamoalarda esa yetarlicha zaxira sportchilar bo‘lgani o‘yin va natijaga ta‘sir qildi. Yigitlarimizga gap yo‘q, qo‘ldan kelgancha harakat qilishdi.

🤝 Barcha qo‘llab-quvvatlagan, tribuna va ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislik qilgan, kuzatganlarga Federatsiyamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

P.S. O‘zbekiston termasi haqida quyida qiziqarli faktlar keltirilmoqda:
✅ 🥅 raqib darvozasiga 46 ta to‘p urilgan(eng ko‘p);
✅ urilgan va o‘tkazilgan gollarga nisbatan +28(eng yaxshi ko‘rsatkich);
✅ termamiz o‘yinchisi Artur Umurov 19 ta ⚽️ gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lib, «Oltin butsa» nominatsiyasi sohibi bo‘ldi;
✅ termamiz o‘yinchisi Temirmalik Tursunov 10 ta ⚽️ gol bilan musobaqa to‘purarlari orasida ikkinchi.

***
Узбекистанцы – бронзовые призеры!

🥉С 26 июня по 5 июля в городе Бишкек (Кыргызстан) прошел I чемпионат Азии по футзалу, на котором сборная Узбекистана стала бронзовым призером турнира.

На исход матчей также повлияло то, что в двух последних играх трое наших игроков получили травмы, тогда как у команд-соперников была достаточно длинная скамейка запасных. К нашим ребятам нет никаких претензий – они сделали все возможное и боролись до конца.

🤝 От имени нашей Федерации выражаем искреннюю благодарность всем, кто поддерживал нас, болел за нас с трибун, в социальных сетях и следил за нашими выступлениями.

P.S. Ниже представлены несколько интересных фактов о сборной Узбекистана:
✅ 🥅 наша сборная забила 46 мячей – лучший показатель турнира;
✅ разница забитых и пропущенных мячей составила +28 – лучший результат соревнований;
✅ игрок нашей сборной Артур Умуров с 19 голами ⚽️ стал лучшим бомбардиром турнира и обладателем номинации «Золотая бутса»;
✅ игрок нашей сборной Темирмалик Турсунов с 10 голами ⚽️ занял второе место в списке лучших бомбардиров турнира.

#uzdsf #uzdeafsports #bmbholding #deaffutsal #asianchampionship #bishkek #thirdplace

📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👎1👏1
🥋 Karate bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionati

📆 18-19-iyul kunlari Namangan viloyati Davlatobod tumani sport maktabida kar va zaif eshituvchilar o‘rtasida sportning karate (ICSD) turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada quyida yoshlar ishtirok etishi mumkin:
✅ kichik o‘smirlar (U-14, o‘g‘il va qiz bolalar)
✅ o‘smirlar (U-16, o‘g‘il va qiz bolalar)
✅ yoshlar (U-18, o‘g‘il va qiz bolalar)
✅ kattalar (erkaklar va ayollar)

Barcha viloyatlar “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali ⏰ 15-iyul soat 00:00 ga qadar talabnoma yuborishlarini so‘raymiz.

✅ Qo’shimcha savollar bo’lsa, Federatsiyamiz bosh mutaxassislari Doniyor Baxtiyorovga (@bakhtiyorov91_01), imo-ishorada Rustam Berdiyevga (@fczamzam) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Barchani karlar o‘rtasida karate bo‘yicha ilk O‘zbekiston chempionatiga taklif qilamiz!
***
🥋 Первый чемпионат Узбекистана по карате

📆 18–19 июля в спортивной школе Давлатабадского района Наманганской области состоится Чемпионат Узбекистана по карате (ICSD) среди глухих и слабослышащих спортсменов.

В соревнованиях могут принять участие спортсмены следующих возрастных категорий:
✅ младшие юноши и девушки (U-14);
✅ юноши и девушки (U-16);
✅ юниоры и юниорки (U-18);
✅ взрослые (мужчины и женщины).

Просим все регионы направить заявки через единую электронную систему управления «ERP Sport» ⏰ до 15 июля, 00:00.

✅ По всем дополнительным вопросам вы можете обратиться к главным специалистам нашей Федерации Дониёру Бахтиёрову (@bakhtiyorov91_01), а по вопросам общения на жестовом языке – к Рустаму Бердиеву (@fczamzam).

Приглашаем всех принять участие в первом Чемпионате Узбекистана по карате среди глухих спортсменов!

#uzdsf #uzdeafsports #deafkarate #uzbekistanchampionship #namangan

📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
📣 Diqqat, e'lon!

🤼 Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi hamda O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

🤝 Endilikda ushbu hamkorlik amaliy bosqichga o‘tdi va birgalikdagi ishlar boshlandi!

✅ Bugungi kunda O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasining barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan bo‘linmalari orqali eshitishida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jiu-jitsu mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar malakali trenerlar rahbarligida olib boriladi hamda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

❗️ Eng muhimi – barcha mashg‘ulotlar mutlaqo BEPUL!

✅ Mazkur sport turiga qiziqqanlar Federatsiyamiz bosh mutaxassisi Rustam Berdiyev (@fczamzam) bilan Telegram orqali bog‘lanib, batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

💪 Barchangizni jiu-jitsu bilan shug‘ullanishga chorlaymiz va omad tilaymiz!
***
📣 Внимание, объявление!

🤼 Как мы сообщали ранее, между Федерацией спорта глухих Узбекистана и Федерацией джиу-джитсу Узбекистана был подписан Меморандум о сотрудничестве.

🤝 Теперь наше сотрудничество перешло в практическую плоскость, и мы приступили к совместной работе!

✅ На сегодняшний день во всех регионах страны, на базе территориальных подразделений Федерации джиу-джитсу Узбекистана, организованы тренировки по джиу-джитсу для лиц с нарушением слуха. Занятия будут проводиться под руководством квалифицированных тренеров, при этом созданы все необходимые условия для занятий спортом.

❗️ Самое главное – все тренировки проводятся совершенно БЕСПЛАТНО!

✅ Все, кто заинтересовался этим видом спорта, могут связаться через Telegram с главным специалистом нашей Федерации Рустамом Бердиевым (@fczamzam) и получить подробную информацию.

💪 Приглашаем всех присоединиться к занятиям джиу-джитсу и желаем каждому успехов!

#uzdeafsports #mou #uzbjjf

📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Anvar Mursakulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐 "Besh tashabbus paralimpiadasi"

📰Iroda kuchini namoyon etadigan hal qiluvchi bellashuv. Matonatlilar bellashuvi — g‘oliblik sari hal qiluvchi qadam!


🗓2026-yilning 13–15-iyul kunlari Olimpiya shaharchasida "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning respublika final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🏆 Unda hududiy saralash bosqichlarida munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 364 nafar finalchi chempionlik uchun o‘zaro kuch sinashadi.

✍️ Respublika finali nafaqat g‘oliblarni aniqlaydi, balki iroda, matonat va imkoniyatlar chegara bilmasligini yana bir bor namoyon etadi.

#BeshTashabbusParalimpiadasi

💬 @anvar_mursakulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
🖐 13–15-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Besh tashabbus paralimpiadasi” Respublika final bosqichi o'tkaziladigan joy manzili:
📍 Olimpiya shaharchasi.
***
🖐 Место проведения финального этапа Республиканского этапа «Паралимпиады пяти инициатив», который пройдет с 13 по 15 июля:
📍 Олимпийский городок.

#uzdeafsports #beshtashabbus #finalbosqichi

📝Telegram | 🎞YouTube  | 📝Facebook | 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzASA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Besh tashabbus paralimpiadasi

📰Mahalladan boshlanar buyuk intilish,
Qalblarda porlaydi ishonch va kulish.
Tumanlar chorlaydi gʻalabalarga,
Yurt quchoq ochadi matonatlilarga.


🗣Bugun erta tongdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoalari "Besh tashabbus paralimpiadasi" sport musobaqalarining respublika finali bosqichi ishtirokchilari Toshkent shahrida tantanali kutib olindi.

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Forwarded from UzASA
🖐Besh tashabbus paralimpiadasi

📰 Musobaqalar Xalqaro Paralimpiya, Surdlimpiya hamda ko‘zi ojiz sportchilar uchun IBSA sport musobaqalari dasturlari talablari asosida tashkil etiladi.


🧑‍🧑‍🧒 Ishtirokchilar nogironlik toifalariga muvofiq alohida yo‘nalishlarda bellashadilar. Jumladan, qo‘l yoki oyoq amputatsiyasi bo‘lgan sportchilar, kar va zaif eshituvchilar, shuningdek, ko‘zi ojiz sportchilar belgilangan sport turlari bo‘yicha o‘z toifalarida g‘oliblik uchun kuch sinashadilar.

👨‍🦽‍➡️ Bu esa har bir ishtirokchi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, halol raqobat muhitini yaratish hamda ularning sportdagi salohiyatini to‘liq namoyon etishiga xizmat qiladi.

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from UzASA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Besh tashabbus paralimpiadasi

🇺🇿 Yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar uchun Olimpiya shaharchasida barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. Sportchilar qulay yashash joylariga joylashtirilib, musobaqalar oldidan dam olish, tayyorgarlik ko‘rish hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati bilan ta’minlandi.

🧑‍🧑‍🧒 Oldinda esa ularni kuchli raqobat, yuksak iroda va haqiqiy sport ruhiga boy bellashuvlar kutmoqda. Har bir ishtirokchi o‘z hududi sharafini munosib himoya qilish, shuningdek, mamlakatimizda inklyuziv sportni rivojlantirish, matonat, jasorat va imkoniyatlar cheksiz ekanini amalda namoyon etish uchun maydonga chiqadi.

🥳 Ishonchimiz komilki, musobaqalar halol kurash, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhitida o‘tadi. Barcha jamoalarga omad, munosib ishtirok va yorqin g‘alabalar tilaymiz! Besh tashabbus paralimpiadasi sport, birdamlik va ezgu intilishlarni ulug‘lovchi unutilmas bayramga aylansin!

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3
Forwarded from UzASA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐Olimpiya shaharchasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida adaptiv sport turlari bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🧑‍🧑‍🧒 Jamoaviy sport turlari majmuasida para stol tennisi, para badminton, para armrestling, shaxmat sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan jami 364 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

📌 Musobaqalar davom etmoqda. Jarayonlarni kuzatib boring!

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Forwarded from UzASA
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Besh tashabbus paralimpiadasidagi zavq, quvonch va hayajonli onlar har bir ishtirokchi, murabbiy va muxlis qalbida unutilmas lahzalarga aylandi.

🧑‍🧑‍🧒 Musobaqalar davom etmoqda, ertaga para yengil atletika bo'yicha eng kuchlilar saralanadi.

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Forwarded from UzASA
🖐 Besh tashabbus paralimpiadasi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa davomida hududlardan ishtirok etgan iqtidorli sportchilar o‘zlarining matonati, irodasi va yuksak sport mahoratini namoyon etdilar.

🥳 Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati vakillari ikkinchi, Xorazm viloyati sportchilari esa uchinchi o‘rinni egalladi.

✨ Gʻolib va sovrindorlarni ushbu yuksak natijalar bilan muborakbod etamiz!

📱 Instagram | 📱 Facebook
📱 YouTube  |📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM