UzDJTSU (Rasmiy_kanali)
7.51K subscribers
14.8K photos
1.35K videos
244 files
7.32K links
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
Download Telegram
#psixolog_faoliyati
#xotin-qizlar_faoliyati

🏢O‘zDJTSUda “Xotin-qizlar orasida maslahat kuni” tashkil etildi

Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining TTJda oliygoh Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, psixolog J.Ashirova, professor-o‘qituvchilar, tarbiyachi-pedagoglar hamda talaba-qizlar ishtirokida 👩‍🏫👩‍🎓👩‍⚕️"Xotin-qizlar orasida maslahat kuni" tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘rtaga tashlangan “Ilmli qiz millat ko‘zgusi”, “Erta turmushning oqibatlari” hamda qizlar o‘rtasida psixologik muhitni barqarorlashtirish kabi dolzarb mavzularda fikr-mulohzalar bildirildi. Aytish joizki, mazkur tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, unda faol qatnashishga harakat qilishdi.

Shuningdek, tadbir davomida universitet Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va "Qizlarjon" klubi yetakchilari tomonidan talaba-yoshlarni o‘z tanlagan kasblari bo‘yicha muvaffaqiyatga boshlovchi loyihalar to‘g‘risida motivatsion taqdimotlar qilindi.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
#xotin_qizlar_faoliyati

Oliygoh xotin-qizlar faoliyatidan lavhalar...

Joriy yilning 15-17 mart kunlari universitet Xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari hamda kafedralarning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari birgalikda talabalar turar joylarida turuvchi talaba-qizlarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayon davomida mas’ullar tomonidan talaba-qizlarga qavatlar va yotoqxonalar, umumiy foydalanish xonalarini ozoda saqlash, ichki tartib-qoidalarga amal qilish borasida tegishli tushintirishlar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor va ularning ta’lim olishidagi imtiyozlar, gender tenglik kabi qator mavzularda davra suhbati tashkil etilib, talaba-qizlarga foydali ma’lumotlar berildi.

Yakunda mas’ullar talaba-qizlarga yotoqxonada tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” hamda “Bichish va tikish” to‘garaklarida qatnashgan holda, kasb-hunar sirlarini ham puxta egallashlari borasida zarur maslahatlar berdilar.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
#xotin_qizlar_faoliyati

🏆Universitet Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi jamoaga tanishtirildi

📆Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xotin-qizlar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ayol professor-oʻqituvchilar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

✔️Yigʻilishni universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov olib bordi va oliygoh Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan Ismailova Dilnoza Tolipovnani jamoaga tanishtirdi.

Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3378-universitet-xotin-qizlar-bilan-ishlash-bo-limi-boshlig-i-jamoaga-tanishtirildi

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook