UzDevid
4.38K subscribers
137 photos
24 videos
156 links
Dasturlash - bu nafaqat mening kasbim, balki bu mening yoqtirgan mashg'ulotim. Men uchun doimiy o'rganish va rivojlanish manbai.

https://tirikchilik.uz/uzdevid
Download Telegram
Raya endi kod ham yozadi

Raya orqali kichik bizneslar o'zlarini saytlari, bot yoki API-larini yaratishi mumkin. Texnik barcha vazifalarni Raya o'z zimmasiga oladi, server ham tayyor.

@uzdevid
❤3👍2🔥2
NVIDIA kompaniyasining CEO ishdan ketganini haqiqiy sababi.

Rasm internetdan uxlatildi

@uzdevid
😁8
2 yil davomida Rayaga 79-servis, 1.5 mln kod yozibman.

katta qismini o'zim yozganman

@uzdevid
👏1
🚀🚀🚀 Baaam

Birinchi to'lovlar kelishni boshladi. Manfaatli produkt bo'lsin 🤲

Balansini to'ldirganlarga yana bonuslar bermoqchiman 😉

@uzdevid
🔥9❤1
SSO servisimizga google va github orqali kirishni qo'shdik.

+1 qulaylik

@uzdevid
👍4🔥2
Imlo xatolarni tuzatish va/yoki tarjima qilish uchun inline rejimda @IAmRayaBot dan foydalanishingiz mumkin
❤1👍1
Bepul AI turganda, nega odamlar o'z kompyuteriga model o'rnatyapti?

"Maxfiylik" va "tejamkorlik" degan javoblarni hamma biladi. Haqiqiy sabablar esa ancha qiziqroq:

⛔ "Bu savolga javob bera olmayman". Cloud AI'lar, pullik bo'lsa ham, ko'p mavzuda tormoz bosadi: zaifliklarni tahlil qilish, dori dozalari, kimyo yoki xavfsizlik tadqiqotlari. Mutaxassis uchun bu to'siq. Senzurasi olib tashlangan local model esa "bu mumkin emas" demaydi.

🔞 Uyatsiz kontent. Local hamjamiyatning katta qismi aynan shu uchun yig'ilgan: 18+ rasm-video generatsiyasi va "virtual suhbatdosh" bilan cheklovsiz yozishmalar. Cloud xizmatlar buni darrov bloklaydi, o'z kompyuteringizda esa hech kim to'xtatmaydi.

🎭 Qorong'i tomoni. Xuddi shu erkinlikdan jinoyatchilar ham foydalanadi: soxta intim rasmlar, shantaj uchun deepfake videolar, qarindosh ovozini klonlab pul so'rash. Local'da bloklanadigan akkaunt ham, log saqlanadigan server ham yo'q. Shuning uchun bugun internetdagi rasm, video va ovozga ko'r-ko'rona ishonib bo'lmaydi.

🤐 Kuzatuvchisiz gaplashish. Kimdir o'qishi mumkinligini bilgan odam o'zini o'zi senzura qiladi. Local model bilan esa hech kimga aytmaydigan narsasini so'raydi: qarzi, kasali, uyatli savoli.

📉 "Kecha zo'r edi, bugun nima bo'ldi?" Yangi model chiqishi arafasida eskisi go'yo tomi ketgandek ishlay boshlaydi, degan shubha foydalanuvchilar orasida tez-tez ko'tariladi: javoblar sayozlashadi, xatolar ko'payadi. Kompaniyalar buni rad etadi, lekin tekshirib bo'lmaydi, chunki server ularning qo'lida. Local model esa bugun qanday ishlasa, bir yildan keyin ham xuddi shunday ishlaydi.

🧭 Aqlni ijaraga olmaslik. Fikrlashingizni bitta kompaniyaga bog'lab qo'ysangiz, uning filtri va qadriyatlari bilan o'ylay boshlaysiz. Bir kuni esa narx oshadi, qoida o'zgaradi yoki xizmat shunchaki yopiladi.

📦 Qora kun zaxirasi. Ochiq modellar ertaga taqiqlanishi mumkin deb, hozirdan yuklab qo'yadiganlar bor. Internet o'chsa ham ishlaydigan shaxsiy bilim arxivi.

😅 Va eng halol sabab. Ko'pchilik uchun bularning hammasi chiroyli bahona. Tayyor servis - taksi chaqirishdek gap, local model ko'tarish esa garajda o'z mashinangni yig'ishga o'xshaydi. O'rnatganlarning ko'pi kundalik ishda baribir ChatGPT yoki Claude'ga qaytadi, lekin "bu meniki" degan hissning o'zi yoqadi.

Siz nima deb o'ylaysiz?
❤1👍1
Raya boti texnik imkoniyat darajasida desktop va mobil ilova darajasiga yetkazildi.

Hamma klientlardan foydalanish deyarli bir hil imkoniyatlarni beradi.

@uzdevid
❤2👍1
Bir hil ketma ketlikdagi ishlarni soddalashtiruvchi yangi agent - Macros.

Kompyuteringizga o'rnatasiz, ishni bir marta o'zingiz ko'rsatib berasiz — qolganini o'zi bajaradi.

Screenshot yo'q ❌
Local ishlaydi ✅
Ovozli buyruq bilan ishga tushadi ✅

@uzdevid
🔥2❤1
Dasturchilar pullik mini-ilova yoki agent ishlab chiqib Raya platformasida sotishlari mumkin.

console.raya.uzdevid.com

soqqa taym - bosingizlar

@uzdevid
❤1🔥1
Claude sahiy ekan.

Ko'z tegmasin 3 oydan beri 100$ bepul creditlar beryabti Raya uchun :)

Shu uchun men ham promokodlar beryabman foydalanuvchilarga 😎

@uzdevid
🔥3