O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.52K subscribers
6.87K photos
2.61K videos
9 files
5.81K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
👫 “Yoshlar oyligi” doirasida Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan shijoatli yoshlar haqida “Bizning faxrimiz” deb nomlangan loyiha amalga oshirilgan edi. Loyiha doirasida yoshlarimiz haqida videoroliklar tayyorlanib, yosh kadrlarning tizim rivojiga qoʻshayotgan hissasi namoyish etildi.

Videoroliklarni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin: 👇

📁 Mushtariy Xo'jamova — Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi

🖥 Abdulrahmon Muhitdinov — Raqamli loyihalarni joriy etish va takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔬Sevara Xodjayeva — Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi mudiri

🦮 Xasan Sobirov — Toshkent shahar O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi kinologi

👩‍⚕️ Nafosat Qurbonova — O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi

#iyul_yoshlar_oyligi   #karantin_yoshlari   #bizning_faxrimiz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌶 Andijonda yetishtirilayotgan qalampir Xitoyga eksport qilinadi

🇺🇿🇨🇳O'zbekiston-Xitoy o'zaro tovar almashinuvida qishloq xo'jaligi tarmog'i alohida o'rin egallaydi. 2023-yilning dekabr oyida xitoylik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda “TIANJIAO HONGAN AGRICULTURE HIGHTECH” korxonasi tashkil etilib, korxonaga ajratilgan dala maydonlarida hozirda eksportbob qalampir mahsulotlari yetishtirilmoqda. Olinadigan hosil bozori aniq — mahsulot Xitoy provinsiyalariga eksport qilinadi.

Andijon viloyati O'simliklar karatini va himoyasi boshqarmasi inspektorlati tomonidan mahsulotni Xitoy fitosanitariya talablariga javob beradigan darajada yetishtirish, zararkunanda va begona o'tlardan asrash borasida tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko'rsatilmoqda.

‼️ Shuningdek, mutaxassislar tomonidan qadoqlash korxonasida zarur bo'lgan sharoitlarni yaratish yuzasidan ham tavsiyalar berildi. Xitoy tomoni talablari bajarilganidan so'ng qadoqlash korxonasi maxsus reyestrga kiritiladi va Xitoyga eksport qilishga mo'ljallangan mahsulotlarni qadoqlash huquqiga ega bo'ladi.

#karantin_hudud #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐛Kungaboqar maydonlarida kungaboqar parvonasiga qarshi kurash choralari

🔔 Bugungi kunda aksariyat kungaboqar yetishtirilayotgan maydonlarda kungaboqar parvonasi rivojlanayotganligi kuzatilmoqda. Shu sababli O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, 10-avgustga qadar quyidagi qarshi kurash ishlarini tashkil tavsiya etiladi:

🌱 Kungaboqar parvonasiga qarshi 1:10; 1:5 nisbatlarda brakon entomafagini gektariga 1000 –1500 donadan 2–3 marotaba tarqatish lozim.

🚻 Kungaboqar parvonasiga qarshi gullashdan oldin va keyin foydali hasharotlarga kam zarar beruvchi yoki tanlab ta’sir etuvchi tarkibi Indoksakarb 15% (0,3-0,45 l/ga) yoki kontakt ta’sir qiluvchi Lyambdatsigalotrin 5% (0,25-0,5 l/ga), Sipermetrin 25% (0,2-0,3 l/ga) asosli kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

☎️ Qo'shimcha savollar bilan zarurat yuzaga kelganda "Agroko'makchi" ilovasi orqali O'simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlariga murojaat qilishingiz mumkin

🤳 Mobil ilovani 📱“App Store” va 📱“Play Market” platformalari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin.

#karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Ma'lumki 2024-yilning 1-iyul sanasidan boshlab mamalakatimiz miqyosida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari e'lon qilindi.

Oylik doirasida O'simliklar karantini va himoyasi agentligida ham yong'in xavfsizligiga oid seminar o'tkazildi. Tizim tashkilotlarining xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbir doirasida tushuntirishlar olib borilib, yong'inni oldini olish bilan bog'liq asosiy qoidalar, yong'in yuz berganida bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ketma-ketligiga alohida e'tibor qaratildi.

Ma'lumot uchun, "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari 1-avgustga qadar davom etadi.

#karantin_yangilik #yongin_xavfsizligi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qovun yetishtirilayotgan maydonlarda un-shudring kasalligi

Kasallik tarqalishini oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, 30-iyulga qadar erta va o'rta pishar qovun maydonlarida quyidagi qarshi kurash tadbirlarini o'tkazish tavsiya etiladi 👇

🍈 Qovun yetishitirsh va undan yuqori hosil olish uchun asosan agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida o‘tkazish, ekinni belgilangan muddatlarda ekish, urugʼlarni ekishdan oldin samarali urugʼdorilagichlar bilan ishlov berish va vegetatsiya davrida kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qoʼllash yaxshi samara beradi.

🚻 Qovun dala maydonlarida barglarga kam tasir etuvchi kimyoviy vositalardan

🚩 Mankotseb gold 72% n.kuk. Simoksanil + mankotseb (cymoxanil+mancozeb)

🚩 Mankolaksil 72% n.kuk. Mankotseb + metalaksil M ( mancozeb + metalaxyl M)

🚩 Fundazol 50% n.kuk Benomil ( benomyl ) asosli kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.

🤳 Zarurat yuzaga kelganda qo'shimcha savollar bilan "Agroko'makchi" mobil ilovasi orqali O'simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlariga murojaat qilishingiz mumkin!

📱Mobil ilovani “App Store” va “Play Market” platformalari orqali bepul yuklab olishingiz mumkin

#karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida “O‘zbekiston fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

👫 Loyiha doirasida mamlakatimizda o’rganishlar olib borgan Koreya Respublikasi ekspertlari 7 ta asosiy yo’nalishni belgilab, Agentlik mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borishdi.

🤝 Belgilangan sohalar bo’yicha Agentlik direktoriga o’rganishlar natijasi taqdim etildi hamda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

#Karantin_yangilik #KOICA #xalqaro_hamkorlik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!!!
 
📣 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli saralangan, kalibrlangan va qadoqlangan holda eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari transport kompensatsiyasini toʻliq olish imkoniyatiga ega boʻladi.

🖥 Bunda, mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilishda Agentlikning karantin.uz rasmiy veb saytida elon qilingan qadoqlash korxonalarining birida saralab, kalibrlab va qadoqlab bo’lgandan so’ng, bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspektorini xabardor qilishin lozim.

🔰 Agentlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan ichki fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun arizada:

1- Saralash, kalibrlash va qadoqlash korxona nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxat raqami,
2- Mahsulot qadoqlangan korxonaning joyi,
3-Mahsulotni hajmi,
4-Saralash, kalibrlash, qadoqlash turi va uning soni,
5-Dalolatnomasi (qadoqlash korxonasi bilan eksportchi korxona o‘rtasidagi rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar to‘g‘risida) kabi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

📑 Xalqaro Fitosanitar sertifikati namunasining 17-bandida (Qo‘shimcha ma’lumotlar) – saralash, kalibrlash va qadoqlash korxonasi nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxati raqamini kiritilgan bosa xarajatlar to‘liq kompensatsiya qilinadi.

#Karantin_yangilik #kompensatsiya #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Chegaradan noqonuniy olib o'tilayotgan karantin osti mahsulotlari to'xtatib qolindi👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Bog‘ va tokzorlarda avgust oyida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar 👈

#Karantin_tavsiya #avgust #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — O'simlik zararkunandalariga qarshi kurashish choralari👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Sirdaryo" MTRK — "Sayxunobod tajribasi"👆

#Karantin_yangilik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Xorazm" MTRK — Mahsulotlar karantin ko'rigidan o'tkazilmoqda👆

#Karantin_yangilik

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Karantin ruxsatnomasi va fitosanitar sertifikati bo‘lmagan o‘simliklar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi

#karantin_nazorat

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!!!
 
📣 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli saralangan, kalibrlangan va qadoqlangan holda eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari transport kompensatsiyasini toʻliq olish imkoniyatiga ega boʻladi.

🖥 Bunda, mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilishda Agentlikning karantin.uz rasmiy veb saytida elon qilingan qadoqlash korxonalarining birida saralab, kalibrlab va qadoqlab bo’lgandan so’ng, bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspektorini xabardor qilishin lozim.

🔰 Agentlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan ichki fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun arizada:

1- Saralash, kalibrlash va qadoqlash korxona nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxat raqami,
2- Mahsulot qadoqlangan korxonaning joyi,
3-Mahsulotni hajmi,
4-Saralash, kalibrlash, qadoqlash turi va uning soni,
5-Dalolatnomasi (qadoqlash korxonasi bilan eksportchi korxona o‘rtasidagi rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar to‘g‘risida) kabi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

📑 Xalqaro Fitosanitar sertifikati namunasining 17-bandida (Qo‘shimcha ma’lumotlar) – saralash, kalibrlash va qadoqlash korxonasi nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxati raqamini kiritilgan bosa xarajatlar to‘liq kompensatsiya qilinadi.

#Karantin_yangilik #kompensatsiya #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya   #biohimoya

🦗🦗 Oltinko‘z entomofagining biologik xususiyatlari va biolaboratoriyada ko‘paytirishning ahamiyati.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholini yilning kech kuz, qish va erta bahor oylarida sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlashda himoyalangan maydon, yaʼni issiqxona sabzavotchiligi muhim ahamiyatga ega. Issiqxona sabzavotchiligi qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalqimizni qorli-qirovli kunlarda ham sarhil, servitamin oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga imkon beradi.

🍅 Issiqxonalarda sabzavot ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida mineral o‘g‘itlarni meʼyorda qo‘llash, barcha agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirish lozim. Sababi, ekinlar uchun issiqxonalarda maqbul mikroiqlim sharoit yaratilishi yuqori va sifatli hosil garovi hisoblanadi.

🌿Pomidorga issiqxonadagi harorat kunduzi + 22–25 °C, kechasi + 17–18 °C, havoning nisbiy namligi 75–80% bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Haroratning zarur ko‘rsatkichlardan oshib yoki kamayib ketishi ekinlarning o‘sib-rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun pomidor gullariga maxsus preparatlar eritmalari bilan ishlov berish zarur. Kuzgi-kishki mavsumda issiqxonadagi pomidor ko‘chatlarining o‘suv nuqtasi 7–8 gulshodadan keyin chilpib tashlanishi tavsiya qilinadi. Bu hosildorlik ortishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

🌲 Pomidor ko‘chatini har 5-6 kunda 1 marta, ekilgandan so‘ng nisbiy namlikka qarab sug‘orish talab etiladi. Suvning harorati qishda taxminan 15-16 °C da bo‘lishi lozim. Issiqxonadagi tuproq tahlili natijalariga ko‘ra, tuproqqa qancha miqdorda azot (N), fosfor (R), kaliy (K) berish kerakligini aniqlanadi. Ko‘chatga yoshlik davrida kalsiy (Sa), bor (V), magniy (Mg) li o‘g‘itlar berish yaxshi natija beradi.

#Karantin_himoya #Karantin_tavsiya

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Karantin_tavsiya #bilsizmi?

🌳Daraxtlarga aldamchi belbog'larini bog'lash nima uchun kerak?👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyat boshqarmalari, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislaridan iborat guruh malaka oshirish maqsadida Hindistonning Haydarobod shahrida bo‘lib turibdi.

🇮🇳 Ayni vaqtda Hindistonning Oʻsimliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (National Institute of Plant Health Management – NIPHM) O’zbekistondan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan tanishuv tadbiri bo’lib o’tmoqda

🔬 Ushbu malaka oshirish dasturi ilmiy-tadqiqot faoliyatining eng dolzarb yo‘nalishlarini qamrab oladi:

🕷 Zararkunandalar diagnostikasi – zamonaviy texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi zararkunandalarini aniqlash va ularga qarshi kurashish.

🛡 Fitosanitar xavf tahlili – xavfli zararkunandalar tarqalishini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro strategiyalar.

🔎 Dala nazorati – dala sharoitida zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash usullarini qo‘llash va monitoring qilish.

🗣️ Haydaroboddagi bu o‘quv dasturi zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi bilimlar olish imkoniyatini yaratib, Hindiston tajribasini o‘rganish orqali mahalliy amaliyotga joriy etilishi mumkin bo‘lgan samarali usullarni taqdim etadi.

💬 Ma'lumot uchun o‘quv-seminarlari Hindiston hukumati Tashqi ishlar vazirligining “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” (ITEC) doirasida tashkil etilgan.

📑 O'quv dasturi yakuniga ko'ra malaka oshirgan mutaxassislarga sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshiriladi.

#Karantin_xamkorlik #Hindiston #ITEC
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berib borayotganimizdek, “Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi” doirasida Hindistonning Haydarobod shahrida o‘quv-seminarlarida ishtirok etayotgan 29 nafar Agentlik mutaxassislari zararkunandalar diagnostikasi va ularni xavfini tahlil qilish bo'yicha amaliy tajriba oshirmoqdalar.

#Karantin_yangilik #Karantin_xamkorlik #ITEC

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fumigatsiya jarayoni bo‘yicha amaliy mashg‘ulot

🇮🇳 Hindistonning O‘simliklar salomatligini boshqarish milliy institutida (NIPHM) o‘tkazilayotgan malaka oshirish dasturi doirasida, O‘zbekistonlik soha xodimlari fumigatsiya jarayoni bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

🧪 Amaliy mashg‘ulotlar davomida, ilmiy xodimlar fumigatsiya uskunalarining ishlash tizimi, xavfsizlik choralariga rioya qilish va jarayonni qanday qilib samarali boshqarish kerakligi, mahsulotlarni zararkunandalardan to‘liq himoya qilish uchun fumigatsiya jarayonini amalga oshirish mexanizmini o‘rgandilar.

🌿 Fumigatsiya jarayonida xavfsizlik – bu jarayonning eng muhim qismi. Uskunalarni to‘g‘ri ishlatish va fumigatsiya moddalarini xavfsiz qo‘llash orqali nafaqat mahsulotlar, balki insonlar salomatligi ham himoyalanadi. Ilmiy xodimlar fumigatsiya paytida maxsus himoya niqoblaridan foydalanish, havo almashinuvini to‘g‘ri tashkil qilish va jarayonni nazorat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🔴 Ushbu mashg‘ulot orqali fumigatsiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini saqlashdagi o‘rni, xavfsiz va samarali fumigatsiya usullarini tatbiq etish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi. Bu kelgusida mahsulotlarni eksport qilish va ichki bozorda sifatni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

#Karantin_yangilik #Karantin_hamkorlik #ITEC

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM