O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI
3.52K subscribers
6.87K photos
2.61K videos
9 files
5.81K links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/
Download Telegram
#Yangilik #ilmiy_tadqiqot

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Ombor zarakunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasiga qarashli tajriba maydonida may oyida ekilgan loviya va mosh hosili pishib yetildi.

🌱 Mahsulotlar laboratoriya sharoitida o'rganish maqsadida yig'ib olindi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandga xush kelibsiz!
____
Добро пожаловать в Самарканд!
____
Welcome to Samarkand!


Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Yangilik

Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistondan quruq mevalar va zaʼfaronni import qilishga qiziqish bildirmoqda

Vision Development kompaniyasi bosh direktori Mujahid Xon quruq mevalar va zaʼfaronni O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga olib kelishga qiziqish bildirdi.

U O‘zbekiston kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish asnosida o‘zbek mahsulotlari podshohlikka importini yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanini maʼlum qildi. Mujahid Xon “BMB Trade Group” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, mazkur kompaniya Saudiya Arabistonida dillerlik xizmatini ko‘rsatishga ham tayyorligini aytdi.

Vision Development kompaniyasi bosh direktori 14-sentabr kuni Jiddada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Saudiya biznesmenlari uchrashuviga taklif etildi.

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#PRquarantine #Vakant

📣 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi vakant lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi.

- Fitosanitar xavfni tahlil qilish va baholash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

- Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi
bosh mutaxassis - entomologi;

- Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi yetakchi mutaxassis - gerbologi
.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

📝Hujjatlar 2022-yil 13-sentabrdan
22-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kanalga ulanish
: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Ilmiy_tadqiqot #karantin_zararkunandalari

🔬O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish laboratoriyasida tajriba maydonidan yig'ib olingan loviya ekini hosili o'rganildi.

🔎 Kuzatuvlarda har bir dukkakda 2-10 dona zararkunanda aniqlandi. Ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan dukkakli ekinlarda (mosh, loviya, no’xat) uchraydigan ushbu zararli organizmlarning bioekologiyasi va ularga qarshi ilmiy asoslangan kurash choralari bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.

🐛Tuxum va lichinkalarga qarshi entomofag va boshqa turdagi preperatlar qo’llanilib, ularning samarasi aniqlanadi.

🔎 Keyingi bosqichda zararli organizmlarning g’umbak va imagosiga qarshi kurash choralari ham o’rganiladi.

Maqsad – zararli organizmlarga qarshi samarali, ekologik xavfsiz, zamonaviy kurash choralarini ilmiy asoslagan holda belgilash. Bu esa ekin maydoni egalariga pestitsidlardan xoli foydali mahsulot yetishtirishda asqotadi.

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda SHHT sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilinmoqda.

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube
#Mirziyoyev #sammit #BMT #hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarloni qabul qildi.

Kanalga ulanish: @uzdavkarantinuz

🌐 karantin.uz |Facebook|Instagram|YouTube